Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/6




Download 199,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana11.10.2024
Hajmi199,29 Kb.
#274507
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCH

 
 
QO‘QON UNIVERSITETI XABARNOMASI
 
 KOKAND UNIVERSITY HERALD 
 
 ВЕСТНИК КОКАНДСКОГО УНИВЕРСИТЕТА
 
 


65 
olishga tayyorgarligiga zamon talablaridan kelib chiqqan holda 
yondashuvini talab etadi. Bunda tarbiyachilar bola rivojlanishi qanday 
kechayotganligi to‘g’risida aniq tasavvurga ega bo‘lishlari, buning 
uchun esa ularni doimiy ravishda nazorat qilib borishlari zarur bo‘ladi. 
Bunda bola rivojlanishining o‘ziga xosligiga doir, bolalar qiziqishlariga 
javob beruvchi faoliyat turlari, ya‘ni ularning aqliy, ijtimoiy va ma‘naviy 
yetuklik darajasi nazarda tutiladi. Bunday faoliyat turlari bolalarning 
tabiatga qiziqishlariga, tajribadan qoniqish hosil qilishlariga va o‘z 
g’oyalarini tajribada sinab ko‘rish xoxish-istaklariga qaratilgandir. 
Bunda bolalarda paydo bo‘lgan savollarga o‘zlari javob topishiga 
yordam berish muhim ahamiyatga ega. Negaki, savolga javob izlash 
barobarida bolada qiziqish, dalillash va e‘tibor berish avtomatik tarzda 
faollashadi. Bunda tarbiyachining roli savolni soddalashtirmasdan va 
bolani ko‘p axborot bilan chalg’itmasdan uni qoniqtiradigan javob 
topish 
yo‘llarini 
birgalashib 
qidirishdan 
iboratdir. 
Faollik 
markazlaridagi ta‘lim jarayonida bolalarning o‘zlari tegishli rivojlanish 
markazini ixtiyoriy tanlay boshlaydilar. Bolalarni mustaqil guruhlarda 
ishlashi, individuallashtirishda tarbiyachi shunday faoliyat turlarini 
o‘ylab topadiki, unda barchaga birdek ko‘rsatma berilsada, biroq har bir 
bola undan kelib chiqqan holda o‘zi mustaqil ravishda muvaffaqiyatga 
erishishiga 
imkon 
beriladi. 
Individuallashtirish 
darajasini 
optimallashtirish mumkin. Epchillik va topqirlik talab etiladigan faoliyat 
turini tanlagan va bolalarni diqqat bilan kuzatgan holda tarbiyachi 
zaruriyat tug’ilib qolsa topshiriq va materiallarni o‘zgartirishi yoki 
moslashtirishi mumkin. 

Download 199,29 Kb.
1   2   3   4   5




Download 199,29 Kb.
Pdf ko'rish