|
Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/6Bog'liq MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCH
Metodologiya.
Tarbiyachi o‘quv materialini bolalarning yosh
xususiyatlarini inobatga olgan holda ularga munosib tarzda yetkazadilar.
Maktabgacha ta‘lim tashkilotlari pedagogik jamoasining o‘rni shundan
iboratki, ular har bir bolaning qiziqishi, qobiliyati va ehtiyojini inobatga
olgan holda mos keladigan maqsadlar qo‘yishlari, bolalardagi tabiiy
qiziqishlarni qo‘llab-quvvatlashlari, ularda borliqni birgalikda
o‘zlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirishlari kerak.
Bola rivojlanishining o‘ziga xosligini inobatga olishda avvalo
shuni tushunib yetish kerakki, barcha bolalar rivojlanishning ma‘lum
bosqichlarini bosib o‘tadilar, biroq bunda har bir bola noyob va
takrorlanmasdir. Tarbiyachilar bolalarni aynan bir xil, o‘xshash narsalar
va faoliyat turlari bilan ta‘minlashlari uchun ularning o‘ziga xos,
boshqalardan ajralib turadigan rivojlanish ko‘rsatkichlari to‘g’risida
to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari lozim. Shuningdek, tarbiyachilar bir xil
yoshdagi bolalarning qobiliyatlari va qiziqishlaridagi farqlarga e‘tibor
bilan munosabatda bo‘lishlari kerakligini mutaxassislar alohida
ta‘kidlashadi. Masalan: Quvnoq matematika: Xon qizini sanaymiz!
Buning uchun siz hovlingizdan bir nechta yapaloq shakldagi toshlarni
bolangiz bilan birga to‘playsiz. Ularning bir nechtasiga Xon qizlarini
rasmini chizib, ularning hollarini sanagan holda joylashtirasiz va boshqa
toshlarga aynan usha sonlarni yozasiz. Qo‘shish, ayirish va barobar
belgilarini ham yozib olasiz. Tayyorlagan xonqizlaringizning qo‘yilgan
hollarini soni bo‘yicha arifmetik ishlanmalar tayyorlab farzandingiz
bilan birga hisoblaysiz. Mantiqiy o‘yin: Raqamli moychechak Kerak
bo‘ladigan jihozlar: A4 formatdagi oq qog’oz, flamaster, rangli stiker
qalamchalari. Oq qog’ozga flamaster orqali moychechak tanasini chizib
olamiz va o‘rtasiga istaganizcha sonlarni yozamiz. Alohida rangli stiker
qalamchalariga shu sonlarni biron belgilar yordamida joylashtiramiz.
Farzandingizdan aynan shu rangli stikerlar orqali moychechak
yaproqlarini shakllantirishini so‘rang (belgilar va sonlar mos kelgan
holda). Rasm chizamiz: Barmoqlarimiz bilan chizamiz. Kerak
bo‘ladigan jihozlar: A4 formatdagi oq qog’oz, rangli bo‘yoqlar,
flamaster. Kerakli rang tanlanib uni barmoqlarimizga botiramiz va
qog’ozga bosib tushiramiz. Tayyor shakllarga flamaster yordamida
ishlov beramiz.
Faollik markazlarini tashkil etishning mazmun-mohiyati «Ilk va
maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat
talablari» va «Ilk qadam» davlat o‘quv dasturining ishlab chiqilishi
uzluksiz ta‘lim tizimida maktabgacha ta‘limni samarali amalga oshirish
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Albatta maktabgacha ta‘limni ham
shaklan, ham mazmunan yangilashga qaratilgan bu kabi innovatsiyalar
ota-onalardan tortib barcha pedagoglar bola tarbiyasi, uning ta‘lim
|
| |