Muxokama qismi.
Ushbu markazga tarbiyachilar va bolalar
xoxish-istagiga ko‘ra ko‘plab turli narsalarni – o‘yinchoq mashinalar,
yuk mashinalari, samolyotlar, gazlama bo‘laklarini qo‘shib qo‘yish
mumkin. Syujet-rolli o‘yinlar va dramalashtirish markazida bolalarda
haqiqiy hayotdan olingan kichik namuna ko‘rinishlarini o‘ynashga
xoxish-istak uyg’otish uchun albatta kerakli kiyimlar va boshqa narsalar
bo‘lishi zarur. Bular ularda atrofda nimalar sodir bo‘layotganini anglash,
ularni ajrata olish hamda hayotda o‘z o‘rinlarini tushunib yetishlariga
yordam beradi. Til va nutq markazida kitoblar va eshitish hamda yozish
uchun o‘quv qurollari mavjud bo‘ladi. Bu tinch burchak bo‘lib, unda
bolalar kitoblarni qarab chiqishlari, bir-birlariga o‘qib berishlari
mumkin. Shuningdek, bu yerda tarbiyachi yoki ko‘ngilli yordamchi
bolalarga kitobni ovoz chiqarib berishi mumkin. Unda bolalarga
kitobchalarni o‘z qo‘llari bilan yasash, mavzu(syujet)larni o‘ylab topish
va ijro etish, hikoyalar eshitish taklif etiladi. Ilm-fan va tabiat markazida
boshqotirma va konstruktor kabi bolalar yig’ishi va bo‘laklarga ajratishi
mumkin bo‘lgan narsalar bo‘lishi lozim. Bu yerda, shuningdek,
bolalarning bir xilda taqqoslashlari, turlicha tasniflashlari, sanashlari
uchun yordam beradigan o‘yinlar ham bo‘lishi kerak. Bolalarning tabiat
hodisalari haqida bilib olgan tushunchalari va ko‘chadan topilgan
narsalar bilan mashg’ul bo‘lishlari uchun foydalaniladi. San‘at markazi
bolalarning o‘z ijodiy qobiliyatlarini sinovdan o‘tkazish va amalga
oshirishga rag’batlantiradi, ularga yangi materiallar bilan tanishishdan
qoniqish olish imkoniyatlarini beradi, bolalarning sezish qobiliyatini
boyitadi. Bu yerda bo‘yoq, qog’oz, qaychi, bo‘rchalar, qalamlar,
gazlama bo‘laklari va kesish hamda yelimlash uchun turli qiyqimlar
mavjud. Shuningdek, tabiiy materiallar – yog’och, barg, qum-tuproqni
ham qo‘shib qo‘yish foydadan xoli emas. Markazdagi mashg’ulotlar
ijodiy qobiliyat, so‘z orqali va so‘zsiz muloqot, umumiy va nozik
harakatlanish, aqliy qobiliyatni rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘ladi.
Pedagoglarning vazifasi – bolalarning muloqotga kirishishga bo‘lgan
qiziquvchanligini rag’batlantiruvchi muhitni yaratish va bolalarning
o‘zgaruvchan ehtiyojlariga qarab, o‘z vaqtida kerakli sharoitlarni
moslashtirgan xamda ularni kuzatishdan iborat. Individual yoki kichik
guruhlar uchun topshiriqlar ota-onalar bilan suhbatlashgandan so‘ng,
qaysidir ko‘nikmalarga alohida e‘tibor berish uchun ishlab chiqiladi.
XULOSA.
Xulosa qilib aytganda Maktabgacha ta‘lim
tashkilotlarida tashkil etiladigan rivojlanish markazlaridagi jarayonlar
bolalarning doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘zlashtirishga,
mustahkamlashga yordam beradi. Bolalarni o‘z bilimini mustaqil
ravishda to‘ldirib borish, kechayotgan yangilanish jarayonlariga
munosib moslashib borishga o‘rgatish rivojlanish markazlarining asosiy
maqsadidir. Maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida olib boriladigan
rivojlanish markaz faoliyatlarida bolalarga quyidagilar o‘rgatiladi -
muammolarni eta olish; - ijodiy, tafakkur va ixtirochilik imkoniyatlarini
namoyon etish; - odamlar, jamiyat, mamlakat, atrof-olam to‘g’risida
g’amxo‘rlik qilishni. Oqilona tashkil etilgan sog’lom ijtimoiy-ma‘naviy
muhit bolalarda izlanishga, tashabbus ko‘rsatishga va ijodkorlik
qobiliyatlarini namoyon etishga rag’bat uyg’otadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. O.Q.Tolipov, M.Usmonboyeva. Pedagogik texnologiyalarning
tatbiqiy asoslari.-T.: «Fan»2006 yil, 298b.
2. Egamnazarova Sh. M. ―Tarbiyaviy ishlar metodikasi‖ Ilim ziyo
T.: 2016 y.
3.Ilk qadam‖ davlat o‘quv dasturi. -T.: 2022 yil.
4. Sodiqova Sh.A. Maktabgacha ta‘limda markazlar faoliyati va
uslubiyoti. T.: 2022 yil.
|