Issn: 2181-1695 oak: 01-08/1819/6




Download 199,29 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana11.10.2024
Hajmi199,29 Kb.
#274507
1   2   3   4   5
Bog'liq
MAKTABGACHA TALIM TASHKILOTLARIDA RIVOJLANTIRUVCH

Natijalar qismi. 
Ilk qadam‖ davlat o‘quv dasturi asosida 
maktabgacha ta‘lim tashkilotlarida quyidagi rivojlanish markazlari 
faoliyati yuritilishi nazarda tutiladi: Qurish va konstruksiyalash markazi, 
Syujetli-rolli o‘yinlar va sahnalashtirish markazi, Til va nutq, Ilm-fan va 
tabiat markazi, San‘at markazi. Rivojlanish markazlari bolalarga 
o‘zlarining shaxsiy ko‘nikmalari va qiziqishlaridan kelib chiqqan holda 
ta‘lim-tarbiya jarayonini mustaqil individuallashtirish imkoniyatini 
beradi. Tarbiyachi-pedagoglar rivojlanish markazlarida bolalarning 
yordamchilari rolini o‘ynaydilar, mashg’ulotlar olib boriladigan joyda 
imkoniyatlar kengligini ta‘min etadilar va har bir bola individual 
rivojlanishi darajasini egallay olgan xolda faoliyat turlarini 
rejalashtiradilar. Kun tartibi turli mashg’ulot turlarini o‘zida qamrab 
olishi lozim: kichik guruhlarda birgalikda va tarbiyachi hamkorligida 
yakka tartibda (individual) yoki mustaqil (ular tomonidan tanlagan 
mashg’ulotlarga vaqt ajratish kerak, chunki bolalar ongli tanlab olishni 
o‘rganadilar, o‘z qiziqish va qobiliyatlarini amalga oshiradilar). 
Bolalarning o‘z tanlovlarini amalga - oshirishi, muammolarni hal etishi, 
atrofdagi kishilar bilan birgalikda harakat qilishi, indivdual maqsad 
qo‘yishi va unga erishishni bilishlari lozim. Faollik markazlarini tashkil 
etish va rahbarlik guruhlardagi markazlar shunday tarzda yaratilishi 
kerakki, u bolaga mustaqil tanlash imkonini bersin.Har bir guruhda 5 ta 
markazlar bo‘lib, ularning har birida izlanish va o‘yinlar uchun yetarli 
miqdordagi materiallar saqlanadi. Qurish va konstruksiyalash markazida 
turli xil va shakldagi qurilish elementlari mavjud bo‘lib, bolalar ulardan 
o‘z fantaziyasiga tayangan xolda inshootlar bunyod etadilar: misol 
uchun ko‘rgan tarixiy obidalari, uylar, garajlar, ferma va shu kabilar. 
Qurilish bilan mashg’ul bo‘lgan bolalar bu yerda juda ko‘p narsalarni 
o‘zlashtirib oladilar. U bolalarning matematik qobiliyatlarini 
rivojlantirishga, ijtimoiy ko‘nikmalarni egallashga yordamlashadi, 
muammolarni xal etish tajribasini beradi. Bu yerda, shuningdek, ijodiy 
yondashishni namoyon etish va bajariladigan ishga diqqatni jalb etishni 
o‘rganish mumkin.

Download 199,29 Kb.
1   2   3   4   5




Download 199,29 Kb.
Pdf ko'rish