• “JADID DRAMALARI POETIKASI VA SAHNALASHTIRISH MASALALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR”
  • Maqolalarni elektron taqdim etish shartlari
  • Payme yoki Click
  • О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan “Jadid dramalari poetikasi va sahnalashtirish masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi




    Download 161,47 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana19.02.2024
    Hajmi161,47 Kb.
    #158699
    Bog'liq
    Axborot xati Jadid drama. O\'zbek tili va adabiyoti (2)



    О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” 
    kafedrasi tomonidan “Jadid dramalari poetikasi va sahnalashtirish masalalari: 
    muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi 
     
    AXBOROT XATI
     
    О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-
    yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF-6097-son Farmoni 
    konferensiyaning o‘tkazilishiga asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi. Shunga muvofiq 
    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan 
    2023-yil 15-aprel kuni “JADID DRAMALARI POETIKASI VA SAHNALASHTIRISH 
    MASALALARI: MUAMMO VA YECHIMLAR” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy 
    konferensiyasini o‘tkazish rejalashtirilgan. 
    Anjuman о‘tkazish zarurligi shundaki, XX asrning boshlari zamonaviy о‘zbek adabiyoti, 
    xususan, dramaturgiyasining boshlanishi hisoblanadi. Bu davrda kо‘plab yozuvchilar milliy 
    tafakkurni rivojlantirish, millatni uyg‘otish, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyani kuchaytirish uchun 
    sahna asarlari yozdilar. Ularning asarlarida muhokama qilinishi lozim bо‘lgan juda kо‘p 
    xususiyatlar bor. Bularni yoshlar yaxshi bilmog‘i lozim. Anjumanning zaruriyati jadid 
    dramaturgiyasining poetikasini о‘rganish va asarlarini sahnaga qо‘yish bо‘yicha muammo va 
    yechimlarni izlash bilan belgilanadi. Shuningdek, Respublikamizning yetakchi olim va 
    mutaxassislarining muammolar va ularning yechimlari bо‘yicha xulosalari tinglanadi hamda 
    takliflar tayyorlanadi. 
    Konferensiya maqolalari quyidagi shu’balar bо‘yicha qabul qilinadi: 

    1-shu’ba. Dramaturgiya va uning poetik tadqiqining dolzarb masalalarini belgilab 
    olish. 

    2-shu’ba. Jadid dramaturgiyasining mavzuiy va g‘oyaviy yо‘nalishlarini aniqlab olish. 

    3-shu’ba. Jadid dramaturgiyasiga lingvopoetik, lingvokonseptual va lingvomadaniy 
    aspektda yondashuv masalalarini muhokama qilish. 

    4-shu’ba. Sahnalashtiriladigan asarlar rо‘yxatini muhokama qilish. 

    5-shu’ba. Sahnalashtirish usul va uslublari bо‘yicha masalalarni muhokama qilish. 
    Konferensiyada ishtirok etishni xohlovchilar o‘z maqolalarini 2023-yil 8 aprelga qadar 
    quyidagi tartibda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” 
    kafedrasiga taqdim etishlari so‘raladi. 
    Maqolalarni elektron taqdim etish shartlari:

    maqolalar 4-7 bet hajmda (elektron shaklda) o‘zbek, qoraqalpoq, rus yoki ingliz 
    tillarida qabul qilinadi. Maqolaning annotatsiyasi va kalit so‘zlari o‘zbek, rus va ingliz tillarida 
    berilishi talab etiladi; 

    maqolalarda foydalanilgan manbalarga snoska qo‘yilishi shart [1, 62]. Foydalanilgan 
    adabiyotlar ro‘yxati maqola so‘ngida ko‘rsatib o‘tiladi; 

    maqola matnlari MS Word 2010 dasturida, Times New Roman 14 shrift, 1,5 
    intervalda puxta tahrir qilingan holda, A4 formatda, yuqori, past va o‘ng tomondan 2 sm, chap 
    tomondan 3 sm qoldirib rasmiylashtiriladi.
    Maqolaning nomi katta harflar bilan qoraytirilib, qog‘ozning o‘rtasida joylashtiriladi. 
    Muallifning ismi, familiyasi, ish joyi, lavozimi o‘ng tomonga keltiriladi. Maqolada berilgan 
    ma’lumotlar va matn mazmunining to‘g‘riligiga muallif javobgar hisoblanadi.


    Tashkiliy qо‘mita ilmiy maqola va badiiy ijod namunalarini tahrir qilish huquqiga ega, 
    ekspertlar xulosasiga kо‘ra talabga javob bermaydigan materiallar qabul qilinmaydi. 
    Tо‘plamda e’lon qilinadigan maqola va tezislar uchun badal puli 80.000 sо‘m. Tо‘lov Payme 
    yoki Click tizimlari orqali 8600042348193359 hisob raqamli kartaga (plastik kartochka 
    Zumriniso Kozimova nomiga ochilgan) yuborilishi mumkin. Tо‘lovni tasdiqlash uchun 
    tо‘lov tо‘g‘risidagi ma’lumot (skrinshot olingan holda maqola yuborilgan +998 90 911 62 63 
    raqamiga yoki 
    https://t.me/+CLcoQo9oyO5hMWFi
     telegram manziliga) yuborilishi sо‘raladi. 
    Konferensiya 2023-yil 15-aprel kuni soat 14:00 da institut rektorat binosi Anjumanlar 
    xonasida o‘tkaziladi.
    Telefon raqamlar: (71) 230 28 10, (90) 911 62 63 – Kozimova Zumriniso Ismoilovna,
    (90) 909 02 73 – Mamatqulova To‘lg‘anoy A’zamjon qizi.
    Manzil: Toshkent shahri, Mirzo Ulug‘bek tumani, Yalang‘och dahasi, 127-A uy. 
    O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi.
    Maqolalarni taqdim etish uchun telegram manzil: 
    https://t.me/+CLcoQo9oyO5hMWFi
      

    Download 161,47 Kb.




    Download 161,47 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan “Jadid dramalari poetikasi va sahnalashtirish masalalari: muammo va yechimlar” mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

    Download 161,47 Kb.
    Pdf ko'rish