• Texnologik operatsiya
  • Oʻrnatish (ustanov
  • Oʻrin (pozitsiya)
  • Texnologik operatsiya – bitta ish joyida bajariladigan texnologik jarayonning tugallangan qismi hisoblanadi. Ish joyi




    Download 6.1 Mb.
    bet1/5
    Sana03.06.2023
    Hajmi6.1 Mb.
    #69468
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    ишлаб чикариш жараёнлари
    Р. Р. Ибраимов “Система с двумя объектами”, The Mobilization State, Microsoft Word Document, 6-laboratoriya variant, БЖД практика, Microsoft Word Document, Ikramov, Fizika sirtqi II qism, мехатроника, амалиеттитул, Презентация-Microsoft-PowerPoint, 2-MA\'RUZA, 9-sinf Sinf soati, 1 Xorijiy investitsiyalar iqtisodiy mazmuni, Amaliy topshiriq

    Texnologik operatsiya – bitta ish joyida bajariladigan texnologik jarayonning tugallangan qismi hisoblanadi.
    Ish joyi - GOST 14.004-83ga muvofiq korxona tuzilmasining elementar birligi boʻlib, u joyda ish bajaruvchilar (ishchilar), xizmat koʻrsatiladigan texnologik jihoz, konveyerning bir qismi, hamda cheklangan sonli mehnat buyumlari va jihozlari vaqtincha joylashgan boʻladi.
    Texnologik operatsiya ishlab chiqarishni hisobga olish va rejalashning asosiy birligi boʻlib hisoblanadi. Operatsiya asosida mahsulot tayyorlashning ish hajmi, vaqt meʼyori va uni belgilash, talab qilinadigan ishchilar, jihozlar, moslamalar va asbob-uskunalar soni va ishlov berishning tannarxi aniqlanadi, shu bilan birga ishlab chiqarishning kalendar rejasi hamda sifatni nazorat qilish va ishni bajarish muddatini ishlab chiqiladi.
    Texnologik operatsiyalardan tashqari yordamchi operatsiyalar (transport, nazorat, tamgʻalash, qirindilardan tozalash va boshqalar)- oʻlchamlarni, mahsulot sirti shaklini, sirtining koʻrinishini va ishlov berilayotgan mahsulotni xususiyatlarini oʻzgartirmaydi, lekin texnologik operatsiyani bajarish uchun zarur hisoblanadi.
    Oʻrnatish (ustanov) texnologik operatsiyaning bir qismi boʻlib, unda ishlov beriladigan xomakiga bir marta mahkamlangan va oʻzgarmaydigan holda ishlov beriladi yoki xomaki bir marta mahkamlangan holda yigʻiladi.
    Valikka tokarlik dastgohida ishlov berish jarayonida valikni birinchi oʻrnatishda uning bir chetiga ishlov beriladi, keyin jilovli xomutni valikning ikkinchi chetiga oʻrnatiladi va valik ikkinchi marta dastgohga oʻrnatilib, ikkinchi chetiga ishlov beriladi. Ushbu ishlov berish operatsiyasi valikni dastgohga ikki marta oʻrnatishda bajariladi.
    Ikkinchi oʻrnatishda ikkita kesuvchi asbob bilan uchta yuzaga bir vaqtning oʻzida ishlov berilgan.
    Oʻrin (pozitsiya) - ishlov berilayotgan xomakining asbob-uskunaga yoki jihozga nisbatan oʻzgarmaydigan holatidir. Buriladigan stol qisqichli dastgohda detalni ikki pozitsiyada ishlov berish jarayonini misol qilib keltirish mumkin.
    Bu yerda: 1,2-ishlov berilayotgan yuzalar, 3-xomaki, 4-freza, 5-dastgohning buriladigan qismi (stoli).

    Download 6.1 Mb.
      1   2   3   4   5




    Download 6.1 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Texnologik operatsiya – bitta ish joyida bajariladigan texnologik jarayonning tugallangan qismi hisoblanadi. Ish joyi

    Download 6.1 Mb.