• II. Ishni bajarishdan maqsad
  • III. Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar
  • Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Akkumulyatorlar batareyasining texnik holatini aniqlash I. Ish hajmi




    Download 2.97 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/16
    Sana16.03.2024
    Hajmi2.97 Mb.
    #174657
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
    Bog'liq
    p[]p[]
    3-D sinf, Ma\'ruza 1, zamonaviy avtomobillarda qo\'shimcha yangi tizimlar, Akbaraliyev Hikmatillo, YENGIL AVTOMOBILLARNING TURG\'UNLIK KO\'RSATKICHLARINI TAHLIL QILISH VA HOLATINI YAXSHILASH BO\'YICHA TAKLIFLAR ISHLAB CHIQARISH (Mehmonov Yosinbek), Kom.tar.va admin. 2023-yil Davlatova


    Laboratoriya ishi - №1
    Mavzu: Akkumulyatorlar batareyasining texnik holatini aniqlash 
    I. Ish hajmi: Laboratoriya ishi 2 soat auditoriya vaqtiga va 2 soat mustaqil ishga 
    mo‘ljallangan. 
    II. Ishni bajarishdan maqsad: 
    1. 
    Akkumulyator batareyalarining vazifasi, ish rejimlari va tuzilishini o‘rganish. 
    2. 
    qo‘rg‘oshin kislotali akkumulyator batareyalari uchun elektrolit tayyorlash va 
    zichligini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish. 
    3. 
    Akkumulyator batareyalariga texnik xizmat ko‘rsatish va sinash bo‘yicha amaliy 
    ko‘nikmalar hosil qilish. 
    III. Ishni bajarish uchun zarur bo‘lgan qisqacha nazariy ma’lumotlar
    Akkumulyator batareyalari avtomobil’ va traktorlarda tok manbasi sifatida qo‘llaniladi. 
    Akkumulyator batareyalari qo‘rg‘oshin kislotali va ishqorli turlarga bo‘linadi. Akkumulyator 
    batareyasida kimyoviy energiya elektr energiyasiga aylantirib beriladi. qo‘rg‘oshin kislotali 
    startyorbop akkumulyator batareyalarining tuzilishi 1.1-rasmda keltirilgan. 
    1.1-rasm. Akkumulyatorning umumiy tuzilishi 
    Elektrolit sathi diametri 3-5 mm bo‘lgan shisha naycha yordamida o‘lchanadi (1.2-rasm). 
    Elektrolit sathi me’yoridan yuqori bo‘lmasligi kerak. Aks holda avtomobil harakati davomida 
    elektrolit sachrashi va to‘kilishi mumkin. Elektrolit sachragan avtomobil detallari kuchli 
    korroziyaga uchraydi, elektr o‘tkazgichlarning izolyasiyasi emiriladi. Elektrolit sachragan 
    detallarning yuzalarini 5% li kal’siy soda yoki nashatir spirti bilan tozalanadi. 


    Akkumulyatorlardagi elektrolit sathini me’yoriga keltirish uchun odatda faqat distillangan 
    suv quyiladi. Ba’zi hollarda istisno tariqasida toza yomg‘ir yoki qor suvini ham quyish mumkin. 
    Ammo elektrolit sathini pasayishiga uni sachrashi yoki to‘kilishi sabab bo‘lganligi aniq bo‘lsa, 
    akkumulyatorga zichligi mos keladigan elektrolit qo‘yiladi. 
    1.2-rasm. Elektrolit sathini o‘lchash 
    Elektrolit sathini tekshirish va me’yoriga keltirish har 1-chi texnik xizmat ko‘rsatish 
    (TXK-1) vaqtida, lekin har 15 kunda bir marta amalga oshirilishi zarur. YOzning issiq kunlarida 
    esa bu ishni har 5-6 kunda bajarilishi kerak. 
    Akkumulyatorlarning razryadlanganlik darajasini ikki yo’l bilan aniqlash mumkin: 
    elektrolit zichligi va akkumulyator kuchlanishi orqali. 
    1.3-rasm. Elektrolit zichligini o‘lchash asboblari: 
    a) areometr; b) zichlik o‘lchagich 


    Akkumulyatordagi elektrolit zichligi, odatda, areometr yoki zichlik o‘lchagich bilan 
    o‘lchanadi. elektrolit zichligini areometr (1.3-a, rasm) bilan o‘lchash uchun uning noksimon 
    rezinali surgichi 1 siqiladi va naychasini 5 akkumulyator bankasiga tushiriladi. So‘ngra asta-
    sekin surgichni bo‘shatib densimetr 3 qalqib chiqqunga qadar pipetkaga 2 elektrolit suriladi. 
    SHundan keyin naychani akkumulyatordan chiqarmasdan elektrolitning mavjud haroratdagi 
    zichligi o‘lchanadi. Elektrolitni zichligini haroratga bog‘liqligini hisobga olib, uni quyidagi ifoda 
    yordamida 25 °S ga keltiriladi 
    ).
    25
    (
    7
    ,
    0
    25
    t
    улч





    Bunda 
    25

    – elektrolitning 25 °S ga keltirilgan zichligi, kg/m
    3

    улч

    – elektrolitning mavjud haroratda o‘lchangan zichligi kg/m
    3

    – elektrolitning mavjud harorati, °S. 
    Akkumulyatorning razryadlanganlik darajasi quyidagi ifoda yordamida hisoblanadi: 
    %
    100
    25




    тр
    тз
    тз
    р
    Д




    bunda D
    r
     – akkumulyatorning razryadlaiganlik darajasi, %; 
    r
    tz
     – elektrolitning akkumulyator to‘la zaryadlangandagi zichligi, kg/m
    3

    r
    tr
     – elektrolitning akkumulyator to‘la razryadlangandagi zichligi, kg/m. 
    O‘rta Osiyo iqlim sharoiti uchun yil bo‘yi r
    p13
    q1,25...1,27·10
    3
    kg/m
    3
    , r
    tr
    q1,09..1,11·10
    3
    kg/m
    3
    qiymatlarga teng qilib olinadi. 
    Zichlik o‘lchagichning (1.3-b, rasm) plastmassadan tayyorlangan qobig‘i 6 ichiga massasi 
    turlicha bo‘lgan qalqovichlar 7 joylashtirilgan. Har bir qalqovich to‘g‘risiga unga to‘g‘ri 
    keladigan zichlik qiymati yozilgan. Elektrolit zichligini o‘lchash uchun noksimon rezinali 
    surgich 1 yordamida zichlik o‘lchagich qobig‘i ichiga elektrolit suriladi. Elektrolitning zichligi, 
    yuqoriga ko‘tarilib chiqqan qalqovich orqali aniqlanadi. 
    Akkumulyatorlar batareyasining razryadlanganlik darajasini kuchlanish orqali aniqlash 
    uchun LE-2, LE-3 belgili yuklama sanchqilari yoki E108, E107 (elementlararo tutashtirgichlari 
    yashirin bo‘lgan umumiy qopqoqli akkumulyatorlar batareyasi uchun) belgili akkumulyator 
    sinov asboblari ishlatiladi. E108 belgili akkumulyator sinov asbobi, sig‘imi 40-190 A-soat 
    bo‘lgan akkumulyatorlar. batareyasining ishga yaroqliligini tekshirish imkonini beradi. 
    Tekshirishni boshlashdan avval, sinov asbobidagi kontakt gaykalar yordamida akkumulyator 
    sig‘imiga mos keladigan yuklama qarshiliklari zanjirga ulanadi. Tekshirish vaqtida sinov asbobi 
    oyoqchalarining uchi akkumulyatorning tashqariga chiqarilgan quloqlariga qattiq bosiladi (1.4-
    rasm) va sekund oxirida vol’tmetr ko‘rsatishiga ko‘ra kuchlanish aniqlanadi. 


    1.4-rasm. E-108 belgili akkumulyatorlarning sinov asbobi 
    Ishga 
    yaroqli 
    akkumulyatorning 
    kuchlanishi 
    1,7-1,8 
    V chegarasida bo‘ladi. 
    Kuchlanishning qiymati 1,4-1,6 V chegarasida bo‘lsa, akkumulyatorni zaryad qilish lozim. Agar 
    kuchlanish 1,4 V dan past bo‘lsa, bunday akkumulyatorlarni tekshirish va zarurat bo‘yicha 
    ta’mirlash zarur. Akkumulyatorning alohida bankalaridagi kuchlanishi bir-biridan 0,1 V ga farq 
    qilsa, ular baravarlashtiruvchi usulida zaryadlash lozim. Ba’zan o‘lchash boshlangan daqiqalarda 
    asbob 1,7-1,8 V kuchlanishni ko‘rsatib, o‘lchashning 5 sekundiga kelib kuchlanish pasayib 
    ketadi. Bu akkumulyator plastinalari sulfatlanib qolganligining belgisidir. 

    Download 2.97 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




    Download 2.97 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya ishi №1 Mavzu: Akkumulyatorlar batareyasining texnik holatini aniqlash I. Ish hajmi

    Download 2.97 Mb.
    Pdf ko'rish