• Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi
  • Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi. O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chikariladigan. Buxgalteriya xisobining ishlab chiqarish




    Download 21.38 Kb.
    bet1/3
    Sana02.06.2023
    Hajmi21.38 Kb.
    #69076
      1   2   3
    Bog'liq
    Buxgalteriya xisobining ishlab chiqarish




    Reja

    1. Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi.

    2. O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chikariladigan.

    3. Buxgalteriya xisobining ishlab chiqarish.


    Uchaska, sex, ishlab chiqarish zavod maxsulatining tannarxi va uni pasaytirishning manbalari va omillari

    Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi shakllanishining nazariy va xukukiy asoslari. 1.1.Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi moxiyati va uning xuquqiy asoslari. Mamlakatimiz bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o’tayotgan xamda bugungi kundagi jaxon moliyaviy-iktisodiy inkirozi kechayotgan bir sharoitda mamlakatda raqobatbardosh mahsulot (ish, xizmatlar) ishlab chiqarish katta ahamiyatga ega. Buning uchun mamlakatda iste’molchilar extiyojini kondira oladigan arzon xamda sifatli mahsulot ishlab chiqarish lozimdir. Bunda asosiy kuriladigan masalardan biri mahsulot tannarxini urganib uni imkon kadar pasaytirishdan iborat. Mahsulot tannarxi - shu mahsulotni ishlab chiqarish uchun ketgan barcha bevosita va bilvosita xarajatlarning qiymat ifodasidir. Maxslot (ish, xizmat) tannarxi - mahsulot ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yokilgi, energiya, asosiy vositalar, Mehnat resurslari, va Boshqa xarajatlarning qiymat bahosi. Sanoat korxonalarda mahsulot tannarxi xisobi Vazirlar maxkamasining 1999 yil 5 fevraldagi mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va va sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida NIZOM ga muvofiq amalga oshiriladi. Mahsulot tannarxi tarkibiga quyidagi xarajatlar kiritiladi. Bu xarajatlar korxona mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashib mahsulot tannarxini shakllantiradi:  Moddiy xarajatlar;  Mehnatga xak to’lash xarajatlari;  Ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar;  Amartizasiya xarajatlari;  Boshqa xarajatlar. Moddiy xarajatlar - ishlab chiqarishning asosiy xarajatlaridan biri bo’lib, mahsulot (ish, xizmat) larga qarab jami ishlab chiqarish xarajatlarining 60-80 % atrofida bo’lishi mumkin. Moddiy xarajatlar o’z ichiga xom ashyo va materiallarga 7 qilingan xarajatlarni o’z ichiga oladi. Xom ashyo va materiallarga qilingan xarajatlar deyilganda, mahsulot sotib olgandan to korxonaga olib kelgunga kadar barcha komission va vositachilik xarajatlar tushuniladi. Moddiy xarajatlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: • Texnologik maqsadlar va xo’jalik extiyojlariga sarflanadigan yokilgi va energiya xarajatlari; • Yarim tayyor mahsulotlarni sotib olinishi; • Mahsulotga tara va upakovka uchun xarajatlar; • Arzon va tez eskiruvchan inventarlarning eskirishi; • Tabiiy resurslardan foydalanish bilan bog’liq soliqlar va ajratmalar; • Ichki ishlab chiqarish bilan bog’liq brakdan yuqotishlar; • Ishlab chiqarish jarayonida xizmat qiladigan transport xarajatlari; • Ishlab chiqarishda ishtirok etadigan boshqa xarajatlar. Mehnatga xak to’lash xarajatlari - bu korxonaning asosiy ishlab chiqarish jarayonida qatnashuvchi ishchi va xodimlar mehnat xaqlari, jumladan rag’batlanttiruvchi va kompensasion to’lovlar uchun xarajatlardir. Mehnatga xaq to’lash xarajatlari o’z ichiga quyidagilarni oladi: • Lavozimdagi okladi, tarif stavklaraiga muvofiq anik bajarilgan ishlar uchun to’lovlar; • Ishchilarga ma’lum bir tartibda berilgan mahsulot qiymati; • Ishlab chiqarish natijalari uchun okladga qo’shimcha mukofot va ustamalar; • Ishchilarga tekin ko’rsatiladigan kommunal xizmatlar, oziq ovqat, uy- joy xaqini to’lash uchun xarajatlar; • Ishchilarga to’lanadigan boshqa ko’rinishdagi xarajatlar. Mahsulot tannarxi shakllanishida ta’sir etuvchi xarajatlardan biri ijtimoiy sug’urta fondiga ajratma xisoblanadi. Bu ajratma korxonada shakllanadigan ish xaqi fondiga nisbatan xisoblanadi. Korxonada qancha ish xaqi fondi shakllansa, shu summaga nisbatan 25 foiz ajratiladi. Bunda 25 % dan 24,8 % i davlat pensiya fondiga o’tkaziladi, 8 0, 1% i bandlik fondiga, kolgan 0,1 % i kasaba uyushmalari fondiga o’tkaziladi. Umuman olganda bu 25 %li ajratma davlatning iqtisodiyotni tartibga solib turishda xamda davlat pensiya fondini shakllantirishda foydalaniladi. Ish xaqi fondi ishchilarga mehnat xaqi to’lash uchun shakllansada, lekin unga qo’shimcha tarzda korxonaning o’zi bu fondga nisbatan ijtimoiy sug’urta fondiga ajratma to’lashga majburdir. Shuning uchun amaliyotda korxonalar ishchilarga ish xaqi xisoblashda albatta bu ajratmani xam xisobga oladi. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiruvchi boshqa xarajatlar. Bu xarajatlarga korxona mulkini majburiy sug’urta kilish, belgilangan tartibdagi safar xarajatlari, kadrlar tayyorlash bo’yicha xarajatlar, aloqa xizmatlari uchun to’lovlar, brak tufayli kelib chiqadigan yo’qotishlar, yong’indan saqlash va qo’riqlash xarajatlari, ijara xarajatlari va boshqa barcha ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar. Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona) o’z faoliyati natijalaridan ko’prok daromad olishga xarakat qiladi. H,ar qanday korxona nafaqat o’zining tovarini ancha yukori baholarda Sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni Sotishga kilinadigan sarf- xarajatlarni kamaytirishga xam intiladi. Tovarlarni Sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog’liq bo’lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf- xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni Sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog’liq. Lekin xar qanday tovarni ishlab chiqarish va Sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’molchilarga yetkazib berishga kilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materillar, yonilgi va energiya uchun qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizasiyasi, ish xaqi va ijtimoiy sug’urtaga ajratmalar, foiz to’lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo’lib 9 қадоқлаш, саралаш, транспортга ортиш, ташиш ва сақлаш харажатлари қўшимча муомала харажатлари хисобланади. Муомала харажатларининг бу турлари ишлаб чиқариш харажатларига яқин туриб, товар қийматига киради ва унинг қийматини оширади. Харажатлар товарлар сотилгандан кейин олинган пул тушум суммасидан қопланади.o’rganish mumkin: bevosita ishlab chiqarish xarajatlari va muomala xarajatlari. Bevosita ishlab chiqarish xarajatlari deganda mahsulotni bevosita ishlab chiqarish uchun kilinadigan barcha sarflar (ish xaqi, xom ashyo va material sarflari, amortizasiya va x.k) tushuniladi. Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda mikdoriga kam. Muomala xarajatlari tushunchasi tovarlarni Sotish jarayoni bilan bog’liq bo’lib, shu tovarlarni ishlab chiqaruvchidan olib, iste’molchiga yetkazilguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki guruxga bo’linadi: qo’shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni o’rash, chizmada korxonada mahsulot ishlab chiqarish xamda muomala xarajatlari va ularning tarkibini ko’rishimiz mumkin. Demak bunda ishlab chiqarish xarajatlariga yukorida ta’kidlaganimizdek xom ashyo materiallari, yoqilgi va moylash xarajatlari, ish xaqi 10 xarajatlari, amartizasiya xarajatlari, amartizasiya xamda boshqa xarajatlar kiritilgan. Muomala xarajatlari davr xarajatlari ham deb ataladi. Sof muomala xarajatlari (sotuvchi maoshi va boshqalar), marketing (iste’molchilik talabini o’rganish), reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan koplanadi. Hozirgi zamon sarf-xarajatlar g’oyasi bo’yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. Shunga ko’ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo’linadi. Tashqi xarajatlar korxona o’zi uchun zarur resurs va xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir. Bunday xarajatlarga yollanma ishchilar ish xaqi, xom ashyo va materiallar uchun to’lovlar, kredit uchun foiz to’lovlari, ijaraga olingan yer uchun renta, transport xizmati va boshqa xar xil xizmatlar uchun to’lovlar kiradi. Tashqi xarajatlar to’lov xujjatlari bilan rasmiylashtiriladi, shu sababli buxgalteriya xarajatlari deb xam ataladi. Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslar foydalanish bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Bunday xarajatlar pul to’lovlari shaklida chiqmaydi. Shu sabali ichki xarajatlar darajasini baholash o’z resurslari qiymatini shunga o’xshash resurslarning bozor baholariga taqqoslash orqali amalga oshiriladi. Mazkur korxona doirasida tadbirkorlik faoliyatini ushlab turish uchun zarur bo’lgan to’lov-normal (me’yoridagi) foyda xam, renta va ish xaqi bilan birga xarajatlarning tarkibiy qismi xisoblanadi. Sarf xarajatlar ichki va tashqi xarajatlarga ajratish, korxona iktisodiy faoliyati samaradorligini oshirish yo’llarini qiyosiy tahlil kilish imkoniyatini beradi. Ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga bog’liqlik darajasiga karab doimiy va o’zgaruvchi xarajatlar ham farqlanadi. Ishlab chiqarish xajmining o’zgarishiga (kiskarish yoki ortishi) bog’liq bo’lmagan tovarlarning xajmiga ta’sir etmaydigan xarajatlar doimiy xarajatlar deyiladi. Doimiy xarajatlar ishlab chiqarish xajmiga bog’liq bo’lmaydi, uning o’sishiga xam bevosita ta’sir etmaydi va ishlab chiqarishning har qanday, xatto nolinchi xajmida xam mavjud bo’ladi. Bunga korxonaning to’lov majburiyatlari (zayomlar bo’yicha foiz va boshqa), soliqlar, amortizasiya ajratmalari, ijara xaqi, qo’riqlash xizmatiga to’lov, uskunalarga xizmat ko’rsatish sarflari, boshqaruv xodimlari maoshi va shu kabilar kiradi. 12
    Download 21.38 Kb.
      1   2   3




    Download 21.38 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Sanoat korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish tannarxi. O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chikariladigan. Buxgalteriya xisobining ishlab chiqarish

    Download 21.38 Kb.