Buxgalteriya xisobining ishlab chiqarish




Download 21.38 Kb.
bet3/3
Sana02.06.2023
Hajmi21.38 Kb.
#69076
1   2   3
Bog'liq
Buxgalteriya xisobining ishlab chiqarish

Buxgalteriya xisobining ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olib boruvchi schyot ma’lumotlari va boshqa turdagi qo’shimcha ma’lumotlar. 16 Mahsulot (ish, xizmat) larni ishlab chiqarish tannarxi ishlab chiqarish yoki kayta ishlash jarayonida ishlatilgan tabiiy resurslar, xom- ashyo, materiallar, yokilgi, energiya, asosiy vositalar (amortizasiya), Mehnat rusurslari va Boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarining qiymat kurinishini ifoda etadi. Mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga ishlab chiqarishni tashkil kilish uslubi va texnologiyasi bilan belgilangan mahsulotni ishlab chiqarish (ish, xizmatlar bajarish) bilan bevosita bog’liq xarajatlar kiritiladi. Bularga: bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar, bevosita va bilvosita Mehnat xarajatlari, ishlab chiqarish yo’nalishidagi ustama xarajatlar xamda Boshqa bevosita va bilvosita xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishning moddiy xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi: -tashqaridan sotib olinadigan ishlab chikariladigan mahsulot tarkibiga kirib, uning asosini tashkil etadigan yoki mahsulot tayyorlashda (ish bajarishda, xizmat ko’rsatishda) zarur komponent xisoblanadigan xom-ashyo va materiallar; -mahsulotni urash xamda Boshqa ishlab chiqarish zaruriyatlari uchun sotib olingan materiallar, ta’mirlash uchun extiyot qismlar, moslamalar va Boshqa Mehnat buyumlari; -texnologik maqsadlar, binolarni isitish, barcha turdagi energiyani ishlab chiqarish uchun sarflanadigan chetdan sotib olingan yokilgining xamma turlari; -korxonaning texnologik, tarnsport va Boshqa ishlab chiqarish, shuningdek, Xo’jalik zaruriyatlariga sarflanadigan sotib olinadigan barcha turdagi energiya; -tabiiy kamayishining me’yor chegarasidagi moddiy resurslarning kamomadi va bo’zilishlaridan yukotishlar; Ishlab chiqarishdagi mex;natga x;ak to’lash xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi: -korxonada kabul qilingan Mehnatga xak to’lash shakl va tizimlariga muvofiq ishbay xaklari, tarif stavkalari va mansab okladlari asosida xakikiy bajarilgan ishlar uchun ishlab chiqarishdagi xisoblangan ish xaqi; -natura shaklida xak to’lash tartibi bo’yicha beriladigan mahsulot qiymati; -amaldagi tartiblarga ko’ra rag’batlantiruvchi to’lovlar, jumladan, ishlab 17 chiqarish natijalari uchun mukofotlar (natural mukofotlarni kushgan xolda) ta’rif stavkalari va okladlarga kasb maxorati uchun qo’shimcha ustama to’lovlar, amaldagi konunchilikka muvofiq kup yillik xizmatlari uchun (shu Xo’jalikda bir ixtisoslikdagi ish staji uchun) ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan takdirlanishlar, mukofotlar, kasb maxorati uchun ta’rif stakalar va okladlarga nisbatan) ustama to’lovlar, xarakatdagi konunchilikka muvofiq kup yillik xizmatlari uchun ishlab chiqarish xodimlariga beriladigan takdirlashlar; - ish rejimi va mehnat sharoitlari bilan bog’liq tovon to’lovlari, jumladan, tungi ish vakti, ish vaktidan so’nggi ish uchun to’lovlar. Amaldagi Nizomga muvofiq xo’jalik yurituvchi subyektlarning barcha xarajatlari quyidagi guruxlarga ajratiladi: 1) Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kushiladigan xarajatlar; A) Ishlab chiqarish tannarxiga kushilmaydigan xarajatlar, ammo, davr xarajatlariga kushiladigan xarajatlar (asosiy faoliyatdan kurilgan foydani aniqlash uchun); 2) Korxonaning umumxo’jalik faoliyatidan kurgan foyda yoki zararini aniqlashda xisobga olinadigan moliyaviy faoliyat xarajatlari. 3) Favkulodda zarar (solik to’lashga kadar aniklanadigan foydani xisoblashda ishtirok etadigan). Xo’jalik yurituvchi subyektlarning xarajatlarini yukoridagi tarkib bo’yicha guruxlanganda,xar bir gurux xarajatlari quyidagicha turkumlanadi: 1. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga qo’shiladigan xarajatlar quyidagicha turkumlanadi: a) Bevosita va bilvosita moddiy xarajatlar; b) Bevosita va bilvosita mehnat xarajatlari; v) Ishlab chiqarishdagi ma’muriy xarajatlar. 2. Davr xarajatlari quyidagicha turkumlanadi: a) Sotish bo’yicha xarajatlar; b) Boshqaruv xarajatlari; 18 v) Boshqa muomala xarajatlari va zararlar. 3. Moliyaviy faoliyat bo’yicha xarajatlar quyidagicha turkumlanadi: a) Foizlar bo’yicha sarflar; b) Chet el valyutasi kursi o’zgarishidan kurilgan zarar; v) K,immatli kog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni kayta baholashdan kurilgan zarar; g)Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarf xarajatlar. 4. Favkulotda zararlar odatda turkumlanmaydi. Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish xarajatlari. Mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq xarajatlarga ishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Ularga quyidagilar kiradi: - Moddiy xarajatlari; -Mehnat xaki xarajatlari; -Ishlab chiqarish bilan bog’liq ma’muriy xarajatlar. Bevosita moddiy xarajatlari mehnat xaki bilan birgalikda dastlabki xarajatlarni tashkil etadi. Mehnat xaki va ishlab chiqarish xarakteridagi ma’muriy Boshqaruv xarajatlari birgalikda konversiya xarajatlarini tashkil etadi. Moddiy xarajatlari konversiya xarajatlari bilan birgalikda tulik ishlab chiqarish tannarxini tashkil etadi. Noishlab chiqarish xarajatlari. Ishlab chiqarish bilan bog’liq bulmagan barcha xarajatlarga noishlab chiqarish xarajatlari deb ataladi. Ular tarkibiga Sotish bilan bog’liq xarajatlar, ilmiy tekshirish va tadkikot xarajatlari, umumiy va ma’muriy Boshqaruv xarajatlari, Boshqaruv xarajatlari, olingan kredit uchun foiz to’lovlari va Boshqa ishlab chiqarish bilan bog’liq bulmagan, xarajatlar kiritiladi. Mahsulot tannarxini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar quyidagilarni tashkil etadi. 1. Bir so’mlik tovar mahsuloti uchun qilingan xarajat; 19 2. Takkoslanadigan mahsulot tannarxi; 3. Mahsulot birligining tannarxi.


Xulosa
Mahsulot tannarxiga kushilishiga ko’ra: • mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan xarajatlar; • mahsulot ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlar. Yuzaga chiqish o’rni bo’yicha: • bo’lim bo’yicha qilingan xarajatlar; • sex bo’yicha qilingan xarajatlar; • uchastka bo’yicha qilingan xarajatlar va xakozo. Sotish xajmiga xisobdan chiqarilishiga ko’ra: • mahsulot ishlab chiqarish xarajatlari; • davr xarajatlari. Davriga ko’ra: • joriy davr xarajatlari; • kelgusi davr xarajatlari. Soliqqa tortiladigan foyda summasini aniqlashda xisobga olinishiga ko’ra: • Soliqqa tortiladigan bazaga kayta kushiladigan doimiy tafovutlar; • Soliqqa tortiladigan bazaga kushiladigan davri bo’yicha tafovutlar; • Soliqqa tortiladigan bazani aniqlashda xisobga olinmaydigan xarajatlar. Mahsulot xajmining o’zgarishiga muvofiq: • o’zgaruvchan xarajatlar; 20 • o’zgarmas xarajatlar. Mahsulot tannarxiga kushilishiga karab: • to’g’ri xarajatlar (bevosita); • egri xarajatlar (bilvosita). Moliyaviy natijalarga daxlsizligi bo’yicha: • mahsulot tannarxiga kushiladigan xarajatlar; • foyda xisobidan koplanadigan xarajatlar. Tahlil etishda o’rganish obyekti va maqsadidan kelib chikkan xolda korxona xarajatlarining u yoki bu turkumi bo’yicha o’zgarishlar va o’zgarish sabablariga baho beriladi. Taqqoslash yoki kiyosiy o’rganish da joriy davr va utgan yil ma’lumotlari, biznes reja ko’rsatkichlari, O’rtacha ko’rsatkichlar va tarmoq bo’yicha Boshqa ma’lumotlar olinadi. Taqqoslashda ko’rsatkichlar bo’yicha mutlok o’zgarishlar nisbiy ko’rsatkichlarni qo’llash orqali to’ldiriladi
Download 21.38 Kb.
1   2   3




Download 21.38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Buxgalteriya xisobining ishlab chiqarish

Download 21.38 Kb.