O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chikariladigan




Download 21.38 Kb.
bet2/3
Sana02.06.2023
Hajmi21.38 Kb.
#69076
1   2   3
Bog'liq
Buxgalteriya xisobining ishlab chiqarish

O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chikariladigan tovar mikdorini oshishiga yoki kamayishiga ta’sir qiladi va ishlab chiqarish xajmi o’zgarishiga bog’liqlikda o’zgaradi. Unga xom ashyo, material, yonilgi-transport xizmati, ishchilar ish xaqi va shu kabilarga kilinadigan sarflar kiradi. Ishlab chiqarishning xar bir darajasida doimiy va o’zgaruvchan xarajatlar yigindisi umumiy yoki yalpi xarajatlarni tashkil qiladi. Mahsulot birligini ishlab chiqarishga kilinadigan sarf xarajatlarni xisoblash uchun O’rtacha umumiy, O’rtacha doimiy va O’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar tushunchalaridan foydalanadi. O’rtacha umumiy xarajatlar yalpi (umumiy) xarajatlarning ishlab chikarilgan tovar mikdoriga nisbatiga teng. O’rtacha doimiy xarajatlar doimiy xarajatlarni ishlab chikarilgan mahsulot mikdoriga bulish yuli bilan aniklanadi. O’rtacha o’zgaruvchan xarajatlar o’zgarvchi xarajatlarni ishlab chikarilgan mahsulot mikdoriga bulish yuli bilan aniklanadi. Eng yukori darajada foyda olishga erishish uchun tovar ishlab chiqarishning zarur mikdorini aniqlash zarur. Bunda iktisodiy tahlil vositasi bo’lib qo’shimcha . xarajat tushunchasi xizmat qiladi. Avvalo qo’shimcha xarajat deb, keyingi kushilgan mahsulotlarning xar bitta birligini ishlab chiqarish bilan bog’liq qo’shimcha . xarajatlarga aytiladi. Kushimacha xarajatlarni xar bir navbatdagi chikarilgan qo’shimcha mahsulot birligi uchun aniqlash mumkin. Korxona foydalanadigan kuplab resurslar mikdori, ya’ni jonli Mehnat, xomashyo, yonilgi va energiya sarflari tovar xajmining o’zgarishiga tez va oson ta’sir qiladi. Boshqa resurslar sarfi ta’sirida tovar xajmi o’zgarishi uchun uzoq vakt talab kilinadi. Masalan, og’ir sanoat tarmoqlarining ishlab chiqarish quvvatlari ancha uzoq vakt oralig’ida mahsulot mikdorini o’zgartirishiga ta’sir kilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olishga vakt omili, ya’ni xarajat qilingan pirovard natijasi olinguncha o’tgan davr sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Shu sababli vakt omilidan kelib chikib, ishlab chiqarish xarajatlarini kiska va uzoq muddatli davrda aloxida tahlil kilinadi. 13 Korxona ishlab chiqarish xajmini o’zgartirish uchun kiska muddatli davrda faqat o’zining o’zgaruvchi xarajatlari mikdorini o’zgartirishi mumkin. Bu kiska muddatli xarajatlardir. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshoatlari maydoni, mashina va uskunalar mikdori) doimiy bo’lib koladi, xamda bu davr faqat ulardan foydalanish darajasini o’zgartirish uchun yetarli bo’lishi mumkin. Uzoq muddatli davr - bu korxonaning ishlab chiqarish quvvatlarini xam o’z ichiga olgan, bugun band bo’lgan resurslari mikdorini o’zgartirish uchun yetarli bo’lgan davrdir. Bu davr davomida Boshqa tarmoqlar faoliyat kilib turgan korxonalar mazkur tarmoqka kirib kelishi mumkin. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki, ishlab chiqarish quvvatlarining o’zgarishi takozo qilingan kiska va uzoq muddatli davr davomiyligi ayrim tarmoq va korxona xususiyatidan kelib chikib farqlanish mumkin. Masalan, yengil sanoat tarmogida kiyim kechak ishlab chikaradigan kichkina firma, bir necha qo’shimcha tikuv mashina urnatish bilan o’zining ishlab chiqarish quvvatlarini kiska vaktda (bir necha kunda) oshirish mumkin. Og’ir sanoat tarmoqlarida yangi quvvatlarni ishga tushirish uchun bir necha yil talab kilinadi. Okibat natijasida barcha xarajat turlari o’zgaradi va o’zgaruvchi mikdorlar bo’lib koladi. 1.2. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi va uning tarkibiy tasniflanishi. Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida eng asosiy masalalardan biri mamlakatda jaxon talablariga javob beradigan, sifatli, raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish xisoblanadi. Bunda ko’riladigan asosiy maqsad arzonrok xamda raqobatbardosh, sifatli mahsulotlar ishlab chiqarishdan iborat. Buning uchun ishlab chikarilayotgan mahsulot tannarxi o’rganib, uni imkon qadar pasaytirish katta ahamiyatga ega. Mamlakatimizda mahsulot (ish, xizmat)lar xisobi 1999 yil 5 fevraldagi 54- sonli karoriga ilova Mahsulot(ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va Sotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’ri sidagi 14 Nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Bugungi kunda amalda bo’lgan ushbu Nizomga muvofiq mahsulot (ish, xizmat)ni ishlab chiqarish xarajatlari tarkibiga kiradigan moddalar sirasiga o’zgartirishlar kiritilgan. Mahsulot tannarxiga kiritiladigan xarajatlar tarkibini aniqlashdan maqsad: 1. Buxgalteriya xisobi schyotida jami xarajatlar tug’risida to’liq va aniq ma’lumotlarga ega bo’lish, korxona faoliyatini rentabelligi va bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatbardoshliligini aniqlash; 2. Mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxini anik xisob-kitobini kilish; 3. Mahsulot tannarxiga kiritilmaydigan xarajatlarni aloxida tarkiblash va ularni moliyaviy natijaviylikka boglash; 4. Ishlab chiqarish xarajatlarini yuzaga chikishi va javobgarlik markazlari bo’yicha xisobga olish va nazorat kilish; 5. Solik to’lanadigan bazani anik xisob-kitobini yurtish va bu orqali ishlab chiqarish xarajatlari xamda korxona sarflarini Boshqarishni tashkil etishdan iboratdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida Xo’jalik yurituvchi subyektlarning ishlab chikarayotgan mahsulotlari tannarxini tahlil kilishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratiladi: • Ishlab chiqarish xarajatlarini o’rganish va ularning holati ga baho berish; • Mahsulot tannarxini pasaytirish bo’yicha belgilangan rejani bajarilishi va dinamikasini nazorat kilish; • Ishlab chiqarish xarajatlarini iktisodiy elementi va kalkulyasion moddalari bo’yicha o’rganish va ularga baho berish; • Mehnat unumdorligi bilan ish xaqi xarajatlari urtasidagi nisbatni o’rganish ; • Tannarxning o’zgarish sabablarini aniqlash va unga ta’sir etuvchi omillarni mikdor jixatidan xisoblash; • Ayrim turdagi mahsulot tannarxini xarajat moddalari bo’yicha tahlil etish; • Tannarxni pasaytirish bo’yicha mavjud imkoniyatlarni aniqlash va xakozo. 15 Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va cotish xarajatlarining tarkibi xamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risidagi Nizomga muvofiq ishlab chiqarish xarajatlarini xisobga olishning umumiyligi ta’minlangan. Buning yakunida mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va cotish xarajatlarini rejalashtrish, tahlil etish va nazorat kilishga imkoniyat tugiladi. Mazkur Nizom buxgalteriya xisobi maqsadlarida va Soliqqa tortish maqsadlarida xarajatlarni xisoblash tartiblaridagi farqlanishlarini xisobga olib ishlab chikilgan. Bunda tahlil kilishning asosiy maqsadi Xo’jalik yurituvchi subyektlarning bozor iqtisodiyoti sharoitlarida raqobatga bardoshligini aniqlashdir. Nizomda buxgalteriya xisobi bo’yicha foyda bilan Soliqqa tortiladigan foyda urtasidagi tafovutlarga izox berilgan. Soliqqa tortiladigan foyda buxgalteriya xisobidagi foydadan farq kilishining sababi shundaki, davlat solik siyosatiga muvofiq amaldagi solik konunchiligi bo’yicha korxona xarajatlarining bir qismi Soliqqa tortiladigan bazaga kirmaydi. Nizomda moliyaviy natijalarni shakllantirishning asosiy koidalari va xarajatlarni guruxlash berilgan. Birinchi ilovada korxona xisobot davridagi balans foydasini xisoblashda chegiriladigan, lekin Xo’jalik subyektining Soliqqa tortiladigan bazasiga kushiladigan xarajat moddalari berilgan. Ikkinchi ilovada xarajatlar amalga oshirilishi paytida Soliqqa tortiladigan bazadan chegirilmaydigan, lekin keyingi davrlarda chegiriladigan xarajatlar ruyxati berilgan (vakt bo’yicha farqlanishlar). Uchinchi ilovada foydasi emas, daromadi Soliqqa tortilayotgan korxonalar uchun qo’shimcha chegirilmaydigan xarajatlar ruyxati berilgan. Bugungi kunda xo’jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlari tannarxini tahlil kilishda asosiy axborot manbalari bo’lib quyidagilar xisoblanadi: • Xo’jalik subyektlarining biznes reja ma’lumotlari; • 5-S “Korxona sarf-xarajatlari to’g’risida”gi xisoboti ma’lumotlari; • 1-T “Mehnat xisoboti” ma’lumotlari; •
Download 21.38 Kb.
1   2   3




Download 21.38 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zgaruvchi xarajatlar ishlab chikariladigan

Download 21.38 Kb.