|
O’zbekiston republikasi oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
|
bet | 1/12 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 97,23 Kb. | | #159422 |
Bog'liq Korxona foydasi
O’ZBEKISTON REPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
“TARMOQLAR IQTISODIYOTI” KAFEDRASI “Iqtisodiyot” fakulteti “Tarmoqlar iqtisodiyoti” kafedrasi
Ro’yxatga olindi: Ro’yxatga olindi:
<<___>>______2024-yil <<___>>______2024-yil
KURS ISHI
Mavzu: Korxona foydasini shakllantirish va undan samarali foydalanish yo'llari
Ilmiy rahbar:_____________________________________________________________
Bajardi: ________________________________________________________________
Kamissiya a’zolari:______________________
______________________
______________________
Himoyachi natijasi: <<_______>> baho <<___>>___________2024-y
Toshkent-2024-yil
REJA:
Kirish …………………………………………………………………………….
1. Foyda haqida tushuncha ………………………………………………………..
2. Korxona foydasini shakllantirish yo’llari ………………………………………
3. Kompaniya foydasini shakllantirishda yondashuvlar..………………………….
4. Korxona foydasidan samarali foydalanish yo'llari.……………………………..
Xulosa………………………………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar…………………………………………………
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Milliy iqtisodiyotdagi ishlab chiqarish birliklari (korxona, firma) o‘z faoliyati natijalaridan ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Har qanday korxona nafaqat o‘zining tovarini ancha yuqori baholarda sotishga, balki mahsulot ishlab chiqarish va uni sotishga qilinadigan sarf-xarajatlarni kamaytirishga ham intiladi.Tovarlarni sotish baholari asosan korxona faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tashqi sharoitlar bilan belgilansa, ishlab chiqarish sarf-xarajatlari korxonaning ishlab chiqarish va tayyor tovarlarni sotish jarayonlarini tashkil qilish samaradorligi darajasiga bog‘liq. Lekin har qanday tovarni ishlab chiqarish va sotish uchun ma’lum sarf xarajatlar talab etiladi.Korxonalar faoliyat yuritish jarayonida moddiy va pul xarajatlarini sarflaydilar. Korxonalarning umumiy xarajatlari ichida ishlab chiqarish xarajatlari eng katta salmoqga ega. Ishlab chiqarish xarajatlari majmuasi korxonaga mahsulot ishlab chiqarish qanchaga tushushini ko’rsatadi, ya’ni mahsulotning ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladi.
Korxonalar, shuningdek, mahsulotning sotish bo’yicha xarajatlarni, ya’ni ishlab chiqarishщdan tashqari yoki tijorat (tashish, qadoqlash, saqlash, reklama qilish va hokazo) xarajatlarning ham amalga oshiriladilar.
|
| |