|
Bular quyidagicha aniqlanadi: 1. R'=(P/W)*100
|
bet | 4/12 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 97,23 Kb. | | #159422 |
Bog'liq Korxona foydasi Bular quyidagicha aniqlanadi: 1. R'=(P/W)*100 bu yerda: R' – foyda normasi; P – foyda massasi; W – iqtisodiy yoki ishlab chiqarish xarajatlari; 2. R'=(P/Kavans)*100 bu yerda: R' –foyda normasi; P –foyda massasi; Kavans (Asosiy kapital+Aylanma kapital) –korxona avanslangan mablag‘lari yoki asosiy va aylanma kapitalning o‘rtacha yillik qiymati. Foyda normasi ishlab chiqarilayotgan mahsulot hajmiga to‘g‘ri mutanosib hamda foydalanilgan avanslangan mablag‘lar qiymatiga teskari mutanosibdir. Shu tufayli foyda normasi korxona ish samaradorligini integral ko‘rsatkichi hisoblanadi. Foydaning o‘sishiga, chiqarilayotgan mahsulot umumiy hajmi o‘zgarmagan holda ikki yo‘l bilan: yoki ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish hisobiga, yoki bahoni oshirish hisobiga erishish mumkin. Bahoning o‘sishi ba’zi iqtisodchilarning foyda normasi ko‘rsatgichini bartaraf etib bo‘lmaydigan qusurga ega bo‘lgan va shu sababli samaradorlikni o‘lchash uchun mutlaqo yaroqsiz ko‘rsatgich sifatida tanqid qilishlariga sabab bo‘ldi. 2000 yilda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatib kelgan 169 ming korxonalar yil yakuni bo‘yicha 307,6 mlrd. so‘m foyda olgan bo‘lsa, ulardan 139 korxona 24,7 mlrd. so‘mlik zarar ko‘rgan. Butun olingan foydaning 35 foizi sanoat, 20,3 foizi transport, 11,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanish va 5,2 foizi qurilish korxonalari ulushiga to‘g‘ri kelgan .
2000 yilda Respublikamizda faoliyat ko‘rsatib kelgan korxonalar yil yakuni bo‘yicha olgan foyda Butun olingan foydaning 35 foizi sanoat (ko’k rang) 20,3 foizi transport, (qizil rang) 11,1 foizi savdo va umumiy ovqatlanish (siyoh rang) 5,2 foizi qurilish korxonalari(sariq) Korxonaning faoliyatiga iqtisodiy maqsadga muvofiqligi va uning ishlab chiqarish va iqtisodiy va moliyaviy faoliyatining samaradorligi mutlaq va nisbiy ko'rsatkichlar yordamida baholanishi mumkin. Birinchisi - bu balans varaqasi uning shakllanishi va korxonaning sof foydasi elementlari, ikkinchisining rentabellik ko'rsatkichlari.
|
| |