|
O’zbekiston Respublikasi oliy ta’lim,fan va innovatsiyalar vazirligi andijon davlat pedagogika instituti
|
bet | 1/11 | Sana | 14.06.2024 | Hajmi | 322,22 Kb. | | #263571 |
Bog'liq Bolalarni miqdor va tartib sanoqqa ōrgatish sanoq bōlimi yuzasidan kōrgazmali qurol yasash.
O’zbekiston Respublikasi
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
Andijon davlat pedagogika instituti
Maktabgacha ta’lim fakulteti
“Maktabgacha ta’lim” kafedrasi
Maktabgacha ta’lim “SIRQI” ta’lim yo’nalishi
“Matematik tassavurlarni shakillantirish” fanidan
KURS ISHI
M avzu: : Bolalarni miqdor va tartib sanoqqa ōrgatish sanoq bōlimi yuzasidan kōrgazmali qurol yasash.
Bajardi: 3-kurs 306-guruh talabasi:
_______________________. ________
Ilmiy rahbar: _____________. ________
Andijon 2024
Mavzu: Bolalarni miqdor va tartib sanoqqa ōrgatish sanoq bōlimi yuzasidan kōrgazmali qurol yasash.
I.Kirish.
II.Asosiy qism:
Bolalarda son- sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish sanashga o’rgatish.
Bolalarda miqdor va son sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish.
Bolalarni sanashga va koʻrgazmali qurollar yasashga oʻrgatish.
III.Xulosa.
IV.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1.K I R I SH
Ta’limda pedagogik texnologiyalarning asosiy maqsadi -o‘qitish tizimida bolani mashg’ulot jarayonining markaziga olib chiqish, bolalarni mashg’ulot materiallarini shunchaki yod olishlaridan, avtomatik tarzda takrorlashlaridan uzoqlashtirib, mustaqil va ijodiy faoliyatini rivojlantirish, mashg’ulotning faol ishtirokchisiga aylantirishdir.
Shundagina bolalar muhim hayotiy yutuq va muammolar, tashkil etilgan mashg’ulotlarning amaliyotga tadbiqi bo‘yicha o‘z fikriga ega bo‘ladi, o‘z nuqtai nazarini asoslay oladi. Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega.
Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi; tarbiyachi-pedagoglar o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
bolalar tomonidan mashg’ulot predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
bolalarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
bolalarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g’oyalarining ustuvorligiga erishishni kafolatlashi zarur.
Hozirda yangi metodlarni yoki innovatsiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etish haqida gap borganda interfaol usullarining mashg’ulot jarayoniga qo‘llanilishi tushuniladi. Interfaollik bu -o‘zaro ikki kishi faolligi, ya’ni mashg’ulot jarayoni o‘zaro suhbat tariqasida dialog shaklida (kompyuter aloqasi) yoki bola-tarbiyachining o‘zaro muloqoti asosida kechadi. Interfaollik -o‘zaro faollik, harakat, ta’sirchanlik, bolava tarbiyachi muloqotlarida sodir bo‘ladi. Interfaol usulning bosh maqsadi -mashg’ulot jarayoni uchun eng qulay vaziyat yaratish orqali bolaning faol, erkin fikr yuritishiga muhit yaratishdir.
Maktabgacha ta’lim yo‘nalishining bakalavriat talabalari uchun Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyasi kursidan ma’lum bo‘lgan «Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarda miqdor va son -sanoq haqidagi bilimlarni shakllantirish, sanashga o‘rgatish» mavzusini o‘qitish bo‘yicha ayrim mulohazalar keltiriladi va uslubiy ko‘rsatmalar beriladi.
|
| |