O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan




Download 21.01 Mb.
bet1/81
Sana14.06.2023
Hajmi21.01 Mb.
#72664
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
O�zbekiston respublikasi oliy va o�rta maxsus ta`lim vazirligi n
llham komp, Synonyms, OTMlardagi dars jadvalini avtamotlashtiruvchi telegram bot yaratish, PYTHON DJANGO BILAN ILOVALAR ISHLAB CHIQISH, YO‘l xo‘jaligida tannarx, foyda va rentabellik (1), Yo\'l xo\'jaligida boshqaruv tizimini takomillashtirish, 214, 10-sinf 1-simestr yakuniy, Botanikani oʻqitishda pedagogik va axborot texnologiyalaridan 2234, 1 kurs er mavzu, JAHON TARIXI 8, Dasturlash. 6-amaliy ishi, 3, assalom-Navroz-mavzusida-tadbir-ishlanmasi

O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI


NAMANGAN MUHANDISLIK-QURILISH INSTITUTI
Yo’l harakati qoidalari va havfsiz harakatlanish asoslari fani amaliy mashg’ulotlarni o’tkazish uchun
USLUBIY KO’RSATMA



Ushbu uslubiy ko’rsatma 5310600Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi, 5111100 Kasbiy ta`lim (Yerusti transport tizimlari va ularning ekspluatasiyasi) va 5610100Xizmatlar sohasi (avtomobil transporti) ta`lim yo’nalishlari uchun mo’ljallangan.
Muallif A.SH.Nasriddinov
Ushbu uslubiy ko’rsatma Yerusti transport tizimlari kafedrasining _ 2019 yil yig’ilishida ( sonli majlis bayoni) ma`qullangan.

NamMQI ilmiyuslubiy kengashining 2019 yil yig’ilishida (_sonli majlis bayoni) ko’rib chiqildi va foydalanishga tavsiya etildi. (ro’yhat raqami


)

Kirish


Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov yosh avlod ta’lim-tarbiyasi haqida davlatning bosh islohatchilik roli to’g’risida to’xtalar ekan, “Bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tuzishga olib boradigan yo’ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. Yuksak malakali va yuksak ma’naviyatli insondir. Bu fikr ayniqsa yosh avlodga tegishli. Kelajagi buyuk davlat, eng birinchi navbatda, bo’lajak fuqarolarining madaniyati, ma’lumoti va ma’naviyati haqida g’amxo’rlik qilmog’i zarur” ekanligini qayd etadi. 1
Bugun qo’lga kiritayotgan barcha yutuq va marralarimizning omili va zamini
bo’lgan, hammamizni, avvalo, bolalarimizning ongu tafakkurini, hayotga bo’lgan munosabatini tubdan o’zgartirgan Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to’g’risida”gi qonunining o’rni va ahamiyati beqiyos bo’ldi.
Eski tizimning qolip va aqidalaridan holi bo’lgan, mustaqil fikrlaydigan va hayotga qaraydigan, Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun mas’uliyatni o’z zimmasiga olishga qodir kuch sifatida maydonga chiqayotgan bugungi yosh avlodimiz ayni shu dasturlarning, biz amalga oshirayotgan tarbiyaviy ishlarimizning mahsuli, ijobiy ma’nodagi “portlash effekti”ning natijasi bo’ldi.2
Davlatimiz tomonidan farzandlar kamoloti yo’lida qilingan xayrli ishlarni sanab
adog’iga yetib bo’lmaydi. Istiqlolning dastlabki yillarida ekilgan navnihol ko’chatlar bugun o’z mevasini bera boshlagani ham ayni haqiqat. Bu ezgu tadbirlar, islohotlar yanada qat’iyat va izchillik bilan davom ettirilmoqda. Biroq millat ravnaqi, xalq farovonligiga erishishda faqat davlatning sa’y-harakatlarigina kifoya qilmaydi. Buning uchun yurtmizning har bir fuqarosi qaysi soha vakili va kim bo’lishidan qat’iy nazar, o’zining bunyodkorlik salohiyatini ishga solishi, islohotlar mohiyatini chuqur anglab yetishi, bu jarayonlarning faol ishtirokchisiga aylanishi lozim.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2016–yil yakunlari va 2017–yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan

1 Karimov I.A. Asarlar to’plami. 1-24 jildlar. -T.:“O’zbekiston”, 1996-2016.


2Mirziyoev Sh.M.“Erkin va farovon, demokratik O’zbekiston davlatini mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi O’zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag’ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo’shma majlisidagi nutqi. – T.: “O’zbekiston”. 2016. –14 b.
ma’ruzasida “Shuningdek, tajribali pedagog va mutaxassislarni jalb etgan holda, o‘quv reja va dasturlarini tubdan qayta ko‘rib chiqish zarur. Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha murakkab vazifalar turibdi3” deb vazifa qo‘ydilar.
Yuqori samarali zamonaviy ta’lim va innovatsiya texnologiyalarini, ilg’or
xorijiy tajribani keng joriy etgan holda, oliy ta’lim muassasalarining pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo’yicha malaka talablari, o’quv rejalari, dastur va uslublarini tubdan yangilash, oliy ta’lim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining faoliyatini zarur darajada tashkil etish va samaradorligini ta’minlash, global internet tarmog’i, multimedia tizimlari va masofadan o’qitish usullaridan foydalangan holda, ilg’or pedagogika, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalarini egallash va ularni o’quv jarayoniga faol tatbiq etish.

3O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2016–yil yakunlari va 2017– yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruzasi.



Download 21.01 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Download 21.01 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi namangan

Download 21.01 Mb.