• IJODIY (KASBIY) IMTIHONLAR DASTURI VA BAHOLASh M E ZONLARI “MUSIQASHUNOSLIK ASOSLARI ” FANI 515020 1
  • Fanning maqsadi va vazifalari
  • Abituri y ent bilimiga qo‘yiladigan talablar
  • Savollar mazmuni To‘liq javob uchun ball
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat konservatoriyasi




    Download 34.49 Kb.
    Sana02.12.2020
    Hajmi34.49 Kb.

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MADANIYAT VAZIRLIGI
    O‘ZBEKISTON DAVLAT KONSERVATORIYASI


    Tasdiqlayman

    O‘ZDK rektori

    __________________
    «___» _______2019 yil

    Kelishildi”

    O‘zbekiston Respublikasi

    madaniyat vazirligi
    ____________________
    «___» ________2019 yil


    IJODIY (KASBIY) IMTIHONLAR DASTURI

    VA BAHOLASh MEZONLARI

    MUSIQASHUNOSLIK ASOSLARI FANI




    5150201 – San’atshunoslik: musiqashunoslik

    ta’lim yo‘nalishi uchun

    Toshkent – 2019 yil

    Dastur O‘zbekiston davlat konservatoriyasi o‘quv-uslubiy kengashida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan. 2019 yil 31 maydagi 7-sonli majlis bayoni.

    Tuzuvchilar: O‘zDK, “Musiqa tarixi va tanqid” kafedrasi



    professori, s.f.n. I.G.Galushenko

    O‘zDK, “O‘zbek maqomi tarixa va nazariyasi” kafedrasi

    mudiri v.v.b., katta o‘qituvchi A.Zokirov

    Kirish
    Bakalavriat bosqichiga kiruvchi abiturienlar uchun tuzilgan mazkur dastur - bakalavriat ta’lim yo‘nalishining 5150201 – San’atshunoslik: musiqashunoslik ixtisosligi bo‘yicha ijodiy (kasbiy) imtihonlar tarkibiga kiradi.
    Fanning maqsadi va vazifalari

    “Musiqa adabiyoti” fanidan sinovlar dasturining maqsadi - abituriyentlar musiqa san’atiga oid fan tarmoqlarining tizimi haqida, ularning tub xususiyatlarini idrok etish, shakllanishi va taraqqiyot yo‘lini kuzatib o‘rganish, xalq musiqasi, mumtoz-an’anaviy, bastakorlik va kompozitorlik musiqa ijodiyotining ilmiy asoslari haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lganliklarini namoyish etishlari zarur.

    “Musiqa adabiyoti” fanini o‘zlashtirishdan kelib chiqadigan vazifalar - abituriyentlar turli yo‘nalishlarda bilimlarga ega bo‘lganliklarini namoyish etishlaridan iboratdir. “Musiqa adabiyoti” fani yuzasidan abituriyentlar ilmiy yo‘nalishlarning yuzaga kelish sabablari, atamalarning ilmiy jihatdan birdan-bir to‘g‘ri talqinlari, tayanch tushunchalar, musiqashunoslikning rivoj topish yo‘llari hamda shu kunga qadar qo‘lga kiritilgan yutuqlar va amalga oshirilgan muhim tadqiqotlar haqida bilim va ko‘nikmalaraga ega bo‘lishlari lozim. Bundan tashqari abituriyent o‘zining kelajakdagi mutaxassis faoliyatining turli ilmiy yondoshishlarini o‘rganib, shu jumladan ilmiy ishni tashkil qilish usullarini, ilmiy tadqiqotning uslubiyati va texnikasi, adabiyot, nota va boshqa manbalar bilan ishlash uslubi musiqashunoslikda qo‘llaniladigan boshlang‘ich axborot texnologiyalar bilan tanish bo‘lishlari zarur.

    Musiqashunoslik fakultetiga kiruvchi abituriyentlar quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari lozim:

    1. O‘rta maxsus musiqa maktablari va kasb-hunar kollejlariining talabi hajmida jahon xalqlari musiqa adabiyotini, jahon xalqlari musiqiy madaniyatining ko‘zga ko‘ringan hodisalari va bosqichlarini, O‘zbek musiqa adabiyotini, musiqa madaniyati va ijodiyoti namoyandalari (bastakorlar va kompozitorlar) va sohaga oid taniqli chet el va o‘zbek mutaxassislarining ilmiy ishlari va maxsus adabiyotlardan xabardor bo‘lishi kerak. Shuningdek, abituriyent oldiga qo‘yiladigan yana muhim talablardan biri ijtimoiy-siyosiy masalalarda aniq va savodli fikr yurita olish, san’at va madaniyat sohalarida kechayotgan jarayonlardan boxabar bo‘lishi, mustaqil ravishda aniq musiqiy asarni puxta tahlil qila olishi shart.

    «Musiqa adabiyoti» bo‘yicha imtihon o‘zbek va rus tillarida ko‘p ballik tizim asosida baholanadi. Imtihon yozma va og‘zaki shakldan iborat.


    Abituriyent bilimiga qo‘yiladigan talablar
    Abituriyent “Musiqa adabiyoti” fanidan o‘quv dasturi doirasida to‘laqonli bilimga ega bo‘lgan holda og‘zaki ma’lumotlarni mantiqan to‘g‘ri bajarganda, muayyan davr, namoyanda yoki asar xususida to‘laqonli fakrlar bayon etganda shuningdek, fan bo‘yicha bilimlari yuqori badiiy darajada bo‘lganida qo‘yiladi. Talabaning musiqiy tarixiy va tahliliy ma’lumotlarni yorqin, asosli va tushunarli gapirib berish mahorati namoyon bo‘lishi kerak.

    Yozma

    Abituriyentga jahon musiqa adabiyoti va o‘zbek musiqa adabiyotidan 4 ta mavzu taqdim etiladi. Ulardan birini tanlab, uni mazmun-mohiyatini ochib berish talab etiladi. Yozma matnda abituriyent musiqa adabiyoti fanidan tarixiy bilimlarni namoyon etib, yozish qobiliyatiga ham ega bo‘lishi shart. Taxminan tavsiya etiladigan mavzularga misol:

    1. I.S. Bax va zamonoviylik.

    2. Verdi. Rigoletto.

    3. Navoiy va musiqa

    4.M.Burxonovning ijodiy qiyofasi.

    Yozma ishda abituriyent kompozitor ijodini yoki biron musiqa asarining badiiy, estetik va tarixiy ahamiyatini hamda uslubiy jihatlarini ochib berishi kerak. Musiqa akademik litseylari va kollejlari dasturi hajmida musiqa adabiyoti fanidan olingan bilim bo‘yicha barcha vositalardan foydalanish tavsiya etiladi – 63.0 ball. Yozma ishni bajarish bo‘yicha asosiy talablar:

    1. Musiqiy materialni o‘zlashtirganlik darajasi;

    2. Darslikdan tashqari musiqashunoslik adabiyotlardan foydalanishi;

    3. Yozma ish ravon, savodli adabiy tilda bajarilishi;

    4. Mustaqil fikrlash qobiliyati mavjudligi;

    5. Ishning tarkibida: kirish, asosiy qism va xulosalar bayoni;

    6. Ishning hajmi, dastxatda to‘rt betdan kam bo‘lmasligi lozim. Bajarish muddati – 3 soatgacha.
    Ijodiy imtihon abituriyent tomonidan bajariladigan amaliy ish (og’zaki savol-javoblar) quyidagi mezon asosida baholanadi:
    Og‘zaki



    Savollar mazmuni

    To‘liq javob uchun ball

    1.

    Chet el musiqa adabiyoti

    15

    2.

    Rus musiqa adabiyoti

    15

    3.

    O‘zbek xalq va an’anaviy musiqa merosi

    15

    4.

    O‘zbek kompozitorlik ijodiyoti

    15

    Jami

    60

    “Musiqa adabiyoti” bo‘yicha abituriyentlarning to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball- 123 ball.

    Ixtisoslik fanidan ijodiy imtihonlarda qatnashmagan abiturientlar keyingi sinovlarga kiritilmaydi.
    Apellyatsiya tartibi

    Abituriyentlar tomonidan kasbiy (ijodiy) imtixon natijalari bo‘yicha konservatoriya qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay’atiga natijalar e’lon qilingan kunidan boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin. Murojaat mazmunida faqat o‘zining ballari haqida bo‘lsa qabul qilinadi. Lekin boshqa abituriyentlar xaqida yozilgan shikoyat arizalari qabul qilinmaydi.






    Download 34.49 Kb.




    Download 34.49 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o’zbekiston respublikasi madaniyat vazirligi o‘zbekiston davlat konservatoriyasi

    Download 34.49 Kb.