|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
|
bet | 1/5 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 101,5 Kb. | | #252344 |
Bog'liq 5151400- Texnogen san’at (kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT
SAN’AT VA MADANIYAT INSTITUTI
“Kiritildi”
O‘zDSMI rektori
201 yil __________ «____» _____
|
|
“Tasdiqlayman”
Oliy va o‘rta maxsus
ta’lim vazirligi
201 yil __________ «____» _____
|
IJODIY (KASBIY) IMTIHONLAR DASTURI
VA BAHOLASH MEZONI
5151400- Texnogen san’at (kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi) ta’lim yo‘nalishi uchun
Toshkent 201_
Dastur O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti ilmiy kengashida ko‘rib chiqilgan va ma’qullangan. 201 yil __ iyundagi __-sonli majlis bayoni.
Tuzuvchilar:
A.Xmirov – “Ovoz rejissyorligi va operatorlik
mahorati” kafedrasi o‘qituvchisi
N.Sodiqova – “Ovoz rejissyorligi va operatorlik
mahorati” kafedrasi o‘qituvchisi
SH.Amanmuradov – “Ovoz rejissyorligi va operatorlik
mahorati” kafedrasi o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
A.Ubaydullaev – “Ovoz rejissyorligi va operatorlik mahorati” kafedrasi,
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi,
s.f.n, dotsent
SH. Adilov – O‘zMTRK “Teleradiomarkaz” DUK, ovoz yozish
xizmati boshlig‘i
1.Kirish
5151400 – Texnogen san’at: kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi bakalavrlik ta’lim yo‘nalishiga kiruvchi abiturientlarning ijodiy (kasbiy) imtihoni dasturi hujjatlarni qabul qilish va kirish imtihonlar “O‘zbekiston Respublikasi Oliy o‘quv yurtlariga qabul qilish qoidalari”ga muvofiq o‘tkaziladi.
Ixtisoslik bo‘yicha kirish imtihonlar, har bir ixtisos uchun ta’kidlangan qabul talablariga muvofiq ravishda o‘tkaziladi.
Ixtisoslik bo‘yicha imtihon o‘tkazilishining ketma-ketligi, har bir Oliy o‘quv yurtining qabul komissiyasi tomonidan o‘rnatiladi va har yili qabul qilish qoidalar ko‘rsatiladi.
O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga kirayotganlarga, yil mobaynida va imtihonlar oldidan konsultatsiyalar o‘tkaziladi. Konsultatsiyalarning maqsadi – qabulning shartlari bilan tanishish, shu oliy o‘quv yurtiga kirishni xohlovchilarning qobiliyatini va tayyorgarlik darajasini aniqlanishdir. Konsultatsiyalar mobaynida pedagoglar, abiturientlarni tanlagan ixtisosiga o‘qitish imkoniyatiga qarab, o‘z tavsiyalarini berishadi.
|
| |