|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti
|
bet | 2/5 | Sana | 24.05.2024 | Hajmi | 101,5 Kb. | | #252344 |
Bog'liq 5151400- Texnogen san’at (kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi)Fanning maqsadi va vazifalari
5151400–Texnogen san’at: kino, televideniye va radio ovoz rejissyorligi bakalavrlik ta’lim yo‘nalishda o’qituvchilarni tayyorlash boyicha ijodiy (kasbiy) imtihonlar abiturientlarning ovoz rejissyorligi ixtisosligining asosiy hisoblangan ovoz rejissyorligi mahorati,akustika asoslari va solfedjio fanlaridan amaliy ko’nikma va malakalarini aniqlash maqsadida o’tgaziladi.
Abiturientlar ixtisoslikning quyidagi asosiy fanlaridan yozma imtihon (fonogramma tahlili) va ijodiy suhbat (og‘zaki savol-javob) ovoz rejissyorligiga oid ishlarni bajaradilar.
OVOZ REJISSORLIGI MAHORATI FANI BO‘YICHA
Ovoz rejissyorligi mahorati fanidan kirish imtihonida yozma ish (biletlar), ijodiy suhbat (og‘zaki savol-javob) va ijodiy ish topshirishi lozim.
Ovoz rejissyorligi mahorati fani bо‘yicha maksimal 93 ballni tashkil etib, shundan:
30 ball yozma ishi uchun;
33 ball ijodiy suhbat uchun;
30 ball mustaqil ijodiy ish uchun beriladi.
Ovoz rejissorligi mahorati faniga qo‘yiladigan talablar
Yozma imtihon:
Yozma imtihon jarayonida abiturient bilet tortadi. Bilet uchta savoldan iborat.Savollar ovoz rejissyorligi san’ati, tarixi va hozirgi rivojlanayotganlik bosqichi, о‘zbek va chet el ovoz rejissyorlarining hayoti va ijodi, texnik jihozlarning turlari, tavsifi, vazifalari, musiqiy cholg‘u asboblarining turlari, xususiyatlari yuzasidan tuzilgan bо‘lib, abiturientlar bilimini aniqlash uchun atroflicha yozma ish topshiriladi.
Ijodiy suhbat (og‘zaki savol-javob):
Ijodiy imtihon jarayonida abiturient og‘zaki javob beradi.Savollar ovoz rejissyorligi san’ati, tarixi va hozirgi rivojlanayotganlik bosqichi, о‘zbek va chet el ovoz rejissyorlarining hayoti va ijodi, texnik jihozlarning turlari, tavsifi, vazifalari, musiqiy cholg‘u asboblarining turlari, xususiyatlari yuzasidan tuzilgan bо‘lib, abiturientlar bilimini aniqlash uchun atroflicha suhbat о‘tkaziladi.
|
| |