• TOSHKENT «IQTISOD-MOLIYA» 2 019 UO‘K KBK Taqrizchilar i.f.d.,prof. M.Saidov;
  • Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot




    Download 1.23 Mb.
    bet1/286
    Sana20.10.2023
    Hajmi1.23 Mb.
    #89090
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286
    Bog'liq
    Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot-hozir.org (1)


    Toshkent moliya instituti mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

    OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI

    OLIY VA OʻRTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI


    MIKROIQTISODIYOT. MAKROIQTISODIYOT


    O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta

    maxsus ta’lim vazirligi tomonidan darslik
    sifatida tavsiya etilgan


    TOSHKENT

    «IQTISOD-MOLIYA»

    2 019
    UO‘K

    KBK
    Taqrizchilar i.f.d.,prof. M.Saidov;

    i.f.d.,prof. F.Karimov

    Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot: Darslik / E.I.Ergashev, I.Bakiva, Sh.Fayziyev, B.Shermuxamedov.. «Iqtisod-Moliya» – T.: 2019, 680 b.
    Mazkur darslik bakalavriat yoʻnalishlarida ta’lim oluvchi talabalarda ishlab chiqaruvchi subyektlar faoliyatini oʻrganish, mamlakat makroiqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil etish va uni dinamikasini qiyosiy taqqoslash hamda davlatning mikroiqtisodiy holati va makroiqtisodiy siyosati va strategiyasini toʻgʻri asoslay olish koʻnikmasini shakllantirishdan iborat.
    Darslikda asosiy e’tibor makroiqtisodiyotning asosiy masalalariga va ularning amaliyotda qoʻllanilishiga qaratilgan. Unda mamlakat makroiqtisodiy siyosatining hozirgi sharoitdagi xususiyatlariga alohida ahamiyat berilgan.
    Oʻquv qoʻllanma Oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining iqtisodiy ta’lim yoʻnalishlari bakalavrlari va oʻqituvchilari, shuningdek, mikroiqtisodiyot hamda makroiqtisodiyot bilan barcha qiziquvchilar uchun moʻljallangan.

    ISBN 978-9943-


    © E.I.Ergashev, I.Bakiva,
    Sh.Fayziyev, B.Shermuxamedov, 2019
    © “IQTISOD-MOLIYA”, 2019

    KIRISH
    Hozirgi sharoitda mamlakatimiz ta’lim tizimida yuz berayotgan oʻzgarishlar yetishib chiqayotgan yosh mutaxassislarni jahon talablariga javob beradigan darajada boʻlishini talab etmoqda. Ayniqsa, bu iqtisodiyot sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashda alohida ahamiyat kasb etadi. Iqtisodiyot sohasidagi mutaxassisliklarni tayyorlashda oliy taʼlim muassasalarida oʻqitiladigan iqtisodiy fanlar muhim oʻrin tutadi.
    2017–2021-yillarda Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasidagi beshta ustuvor yoʻnalishlarda koʻzda tutilgan ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish, yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoʻshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga oʻtkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish, prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini oʻzlashtirish, shu asosda ichki va tashqi bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini ta’minlash, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni ragʻbatlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, iste’mol tovarlar va butlovchi buyumlar importining oʻrnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish1 kabi vazifalar belgilangan boʻlib, bu vazifalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish koʻp jihatdan mamlakatimiz milliy iqtisodiyotining birlamchi boʻgʻini hisoblangan firmalar faoliyati, iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan tarzda tahlil qilish, ularni rivojlantirish omillaridan samarali foydalanish yoʻllarini oʻrganish kabi jarayonlarni tadqiq qilishga bogʻliqdir.
    Shunday jarayonlarni tadqiq qiluvchi fan sifatida “Mikroiqtisodiyot” fani qatnashadi. Talabalarga mazkur fan xususiyatlari doirasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalarini aks ettiruvchi materiallar, qoidalar va xulosalarni puxta oʻzlashtirishlari, kelgusi faoliyatida samarali foydalanishlari hamda ijodiy yondashishlarini ta’minlash fanni oʻrganish oldida turgan asosiy vazifalaridan biridir
    “Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanini oʻqitishning maqsadi bakalavriat yoʻnalishlarida ta’lim oluvchi talabalarda alohida firmalar faoliyati, iste’molchilar xatti-harakati hamda turli resurslar va tovarlar bozorlari holatini alohida olingan holda tahlil etish, ular dinamikasini qiyosiy taqqoslash, davlatning firmalar faoliyatiga bogʻliq siyosatini muvofiqlashtirgan holda qoʻllash va bu boradagi strategiyani toʻgʻri asoslay olish koʻnikmasini shakllantirishdan iborat.
    Fanning maqsadi va vazifalaridan kelib chiqqan holda mazkur oʻquv qoʻllanma talabalarga mikroiqtisodiyotdan turli mavzular, ularga oid masalalarni hal etish uchun koʻnikmalarni shakllantirishda muhim ahamiyatga egadir.
    Bu oʻquv qoʻllanmani tayyorlashda jahonnning yetakchi universitetlarida keng miqyosda foydalanib kelinayotgan adabiyotlar G.Menkyuning “Mikroiqtisodiyot tamoyillari” (N.Gregory Mankiw “Principles of Microeconomics”) hamda R.Pindayk va Rubinfeldning “Mikroiqtisodiyot” kitobidan foydalanilgan va ulardagi asosiy mavzular ushbu oʻquv qoʻllanmaning asosini tashkil etgan. Mazkur oʻquv qoʻllanmadan barcha qiziquvchilar: talabalar, dars olib boruvchi professor-oʻqituvchilar foydalanishlari mumkin.



    Download 1.23 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   286




    Download 1.23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot

    Download 1.23 Mb.