O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




Download 28.88 Kb.
Sana19.04.2023
Hajmi28.88 Kb.
#52633
Bog'liq
3-3 Lab
1. Buyuk ipak yo liga bag ishlangan ilmiy tadqiqotlar. Buyuk ipa, Mustaqil ta'lim (1), 2 Taqdimodlar dasturida axborodlarni taqdim etish, gelio, 1650372706, Документ Microsoft Word, 577246, kutubxonaa (2), Дурдона-новый-ТФИ, ранглар, МТ 30711402 - Avtomobil shassisiga texnik xizmat ko\'rsatish va ta\'mirlash, Chilangarlik ishicover 0Gd0N4u, 992, ПАХТАОБОД

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
O‘RTA MAXSUS KASB-HUNAR TA’LIMI MARKAZI
M.T. Hojiyev, S.A. Hamroyeva, A.M. Salimov
TOLA SIFATINI ANIQLASH
TOSHKENT 
«TURON-IQBOL» 
2006

2
Taqrizchilar:


O‘zbekiston «Sifat» paxta tolasini sertifikatlash
markazi bo‘limi boshlig‘i, t.f.n. B.A. Boyxonov,
Yengil sanoat texnologiyasi va jihozlari kafedrasi mudiri,
t.f.n., dotsent X. K. Rahmonov.
M.T. Hojiyev, S.A. Hamroyeva, A.M. Salimov
Tola sifatini aniqlash: o‘quv qo‘llanma. T.: O‘MKHTM, «Turon-Iqbol» 
nashriyoti, 2006. — 192 bet.
Paxta tolasi va uning mahsulotlari sifat ko‘rsatkichlari dunyo standartlari talablariga 
javob berishida, shubhasiz, zamonaviy «Sifat» markazlari va labora toriyalar muhim o‘rin 
tutadi. Ularda kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari, talabalar va shu soha xodimlari paxta va 
uning mahsulotlari sifatini aniqlash usullarini o‘rganadilar.
Qo‘llanmada respublikamizda paxta va uning mahsulotlari sifatini aniqlash ning 
zamonaviy-ilmiy usullari bayon etilgan.
Istiqbolli g‘o‘za navlari, sifatli tola yetishtirish va ishlab chiqarish hamda tola sifatini 
aniqlashning zamonaviy usullari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan.
Qo‘llanma kasb-hunar kollejlari o‘qituvchilari, oliy o‘quv yurt talabalari va shu soha 
xodimlariga mo‘ljallangan.
© «TURON-IQBOL», 2006-y.

3
KIRISH
Respublikamiz mustaqilikka erishgach, paxta tolasi va undan mahsulot 
ishlab chiqarish miqdorini o‘zi belgilash huquqiga ega bo‘ldi. Shu bilan 
birga, biz jahon bozorida iste’molchilarni o‘zimiz tanlash va mahsulotlarni 
haqiqiy qiymatida sotish imkoniyatlarini ham qo‘lga kiritdik.
Dunyo bozorida mahsulotlarni sotish katta imkoniyatlar berish 
bilan birga, ishlab chiqaruvchi zimmasiga mas’ul vazifa, ya’ni ish lab 
chiqarilayotgan mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minla sh ni ham 
yuklaydi. Paxta tozalash, to‘qimachilik va yengil sanoat korxonalari 
tomonidan ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi va uning mahsulotlari sifat 
ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lishi, dunyo stan dartlari talablariga javob berishi 
ularning jahonda xaridorgir bo‘li shining asosiy omilidir.
Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi Liverpul (Angliya), Bremen 
(Germaniya), Gdansk (Polsha) birjalari kabi xalqaro tashkilotlar va 
paxta bo‘yicha xalqaro konsultativ qo‘mitalarga a’zo bo‘lgan. Ular bilan 
hamkorlikda respublikamizda har yili ishlab chiqarilayotgan 1,1—1,2 mln 
tonna paxta tolasi sifatini aniqlash va 0,81 mln tonna tola eksport qilish 
ishlari olib borilmoqda.
Mamlakatimizda to‘qimachilik va yengil sanoatni rivojlantirish hisobiga 
ishlab chiqarilayotgan paxta tolasining 50 % ni qayta ishlash bo‘yicha 
vazifalar belgilandi. Ushbu yo‘nalishda «O‘zbek yengil sanoat» aksionerlik 
kompaniyasi Yevropa ittifoqi, AQSH, Yaponiya, Turkiya, Xitoy va boshqa 
mamlakatlar bilan samarali ishlar olib bormoqda. To‘qimachilik sanoatiga 
investitsiya (sar moya) kiritish hisobiga bir qancha qo‘shma korxonalar 
qurildi. Umuman, paxta tolasini qayta ishlashni oshirish hisobiga milliy 
daromadimiz ham bir necha bor ko‘paydi.
Respublikamizda paxtachilikning eng ko‘p iqtisodiy samara berishini 
ta’minlash uchun paxta tolasi va paxtani qayta ishlashdan olinadigan 
boshqa shu kabi mahsulotlar sifatini belgilash yo‘nali shida Xalqaro tiklanish 
va taraqqiyot banki o‘rtasida paxta loyihasi bo‘yicha konkret tadbirlar 
ishlab chiqildi.

4
O‘zbekiston «Sifat» markazi va viloyatlarda uning hududiy laboratoriyalari 


tashkil qilindi. Ularda paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan 
paxta tolasining toyma-toy sifat ko‘rsat kichlari aniqlanib, sertifikat 
berilmoqda. Bu ishlarda zamonaviy tizimlardan — HVI (High Volume 
Instrument) va laboratoriya asboblaridan foydalanilmoqda. Xuddi shunday 
ishlar, ya’ni paxta tolasi va uning mahsulotlari sifatini aniqlash paxta ter-
minallarida va to‘qimachilik korxonalarida ham amalga oshi rilmoqda.
Bunday zamonaviy markazlar va laboratoriyalar bilan tanishish barkamol 
avlod tarbiyasiga ijobiy ta’sir qiladi. Kasb-hunar kollej o‘quvchilari, talabalar 
va shu soha xodimlari paxta va uning mah sulotlari sifatini aniqlash usullarini 
o‘rganib, shu yo‘nalish bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun 
katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Bunday vazifalarni bajarishda ushbu 
darslikdan foy dalanish, shubhasiz, o‘zining ijobiy samarasini beradi, deb 
o‘ylaymiz.
Ushbu kitobni yozishda mualliflar o‘zlarining ko‘p yillik pedagogik 
faoliyatlaridan, fan yutuqlaridan, ilmiy-amaliy tajriba laridan, stan dartlardan, 
Respublikamizda paxta va uning mahsu lotlari sifatini aniqlashning 
zamonaviy usullaridan foyda landilar. Mualliflar soha bo‘yicha ma’lumotlarni 
to‘ldirishdagi amaliy yordami uchun N. Sali movaga minnatdorchilik 
bildiradilar. Kitob ushbu yo‘nalishda birinchi marta yozilayotganligi bois 
ayrim kamchiliklar bo‘lishi mumkin. Bu borada bildiriladigan har qanday 
fikr-mulohazalarni mualliflar mamnuniyat bilan qabul qilib, kelgusi ishlarda 
inobatga oladilar.

5
I bob 


TOLA ISHLAB cHIQARISHNING
AHAMIYATI
I.1. PAXTA TOLASINI ISHLAB cHIQARISH
Ma’lumki paxta tolasi — to‘qimachilik va yengil sanoat mah sulotlarining 
asosiy xomashyosi hisoblanadi. Shuning uchun ham O‘zbekistonda paxta 
tolasi ishlab chiqarishga katta ahamiyat beri ladi. Shu bilan birga, chet 
elga sotiladigan paxta tolasi va uning mahsulotlari mamlakatimiz valuta 
tushumining asosiy manbala ridan hisoblanadi.
O‘zbekiston 2005-yili paxta tolasi ishlab chiqaruvchi 90 dan ortiq 
mamlakatlar orasida oltinchi o‘rinni egalladi: 1. Xitoy — 6,320 mln tonna; 
2. AQSH — 5,062 mln tonna; 3. Hindiston — 4,080 mln tonna; 4. Pokiston 
— 2,451 mln tonna; 5. Braziliya — 1,250 mln tonna; 6. O‘zbekiston — 1,100 
mln tonna va boshqa mamlakatlar 1,936 mln tonna paxta tolasi ishlab 
chiqargan.
Respublikamizda ishlab chiqarilayotgan paxta tolasi dunyoning 
ko‘pchilik mamlakatlariga, shu jumladan, AQSH, Gretsiya, Rossiya, Angliya, 
Janubiy Koreya, Italiya, Germaniya, Gollandiya, Yaponiya va boshqalarga 
eksport ham qilinadi.
Shuning uchun mamlakatimizda yetishtirilayotgan g‘o‘za turlari va 
ulardan olinadigan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishsak bu 
boradagi fikrlarimiz ancha oydinlashib boradi.
I.2. G‘O‘ZA VA UNING MAHSULOTLARI
Tabiatda madaniy va yovvoyi g‘o‘zalarning turlari, shakllari ko‘p. Ularning 
hammasi bir avlod bo‘lib, lotin tilida «Gossipium» deyiladi. Gossipium 
avlodi gulxayrilar oilasiga mansub. G‘o‘zaga qarindosh bo‘lgan ekinlar: 
kanop, bamaiya, dag‘al kanop, xitoy atir guli, bog‘ gulxayrisi ham shu 
oilaga kiradi.
Gossipium avlodi 35 ta har xil turdan iborat. Bularning yovvoyilari ko‘p 
yillik buta yoki bo‘yi 1 metrdan 10—12 metrgacha boradigan daraxtlar. Ular 
Osiyo, Afrika, Amerika va Avstraliyaning issiq qurg‘oqchil tropik mintaqa 
mamlakatlarida o‘sadi. Bu mamla katlarda yil bo‘yi sovuq bo‘lmaydi. 

6
G‘o‘zaning barcha turlari issiqsevar va yorug‘sevar o‘simliklardir.


G‘o‘za turlari tashqi ko‘rinishi bo‘yicha: tupi va barglari, guli, ko‘sagi va 
chigitining yirikligi, shakli, rangi va boshqa belgilariga qarab juda xilma-
xildir.
Ekilib yurilgan g‘o‘zalarning barcha yovvoyi va yarim yovvoyi turlari uzoq 
yashaydi, ammo tashqi muhitga uncha talabchan emas, qurg‘oqchilikka 
chidamli, sershox (monopadial — o‘suv shoxlari ko‘p), kech pishar buta 
turlarining (semopodial — hosil) shoxlari kalta va ingichka, bargi, guli va 
ko‘saklari, chigiti mayda, tolasi qisqa va kam bo‘ladi.
G‘o‘zaning bugungi turlari birdaniga paydo bo‘lib qolmadi. Ular yovvoyi 
g‘o‘zalarni asta-sekin madaniylashtirib borilishi tufayli vujudga keldi. 
Bunda o‘zbek xalqi olimlarining ham xizmati katta. Mehnatkash, mirishkor 
dehqonlarimiz har yili barcha qiyinchiliklarni bartaraf etib, dalalarda million 
tonnalab paxta hosili yetishtiradilar (I.1-rasm).
Respublikamizda istiqbolli g‘o‘za turlari va seleksion navlari ekiladi 
hamda ulardan mo‘l hosil olinadi (I.2-rasm va I.3-rasm).
Xirzutum va barbadenze g‘o‘za turlari har xil darajada tuklangan
ko‘saklari tik meva bandiga joylashgan. chigiti yirik, uzun tukli, ko‘pincha 
kam tuk va butunlay tuksizlari ham bo‘ladi.
G‘o‘zaning xirzutum turining deyarli barchasi asosiy paxtakor 
I.1-rasm. Paxta dalasi.

7
mamlakatlarda eng ko‘p ekiladi va butun dunyoda yetishtiriladigan paxta 


tolasining 70 foizini tashkil etadi.
G‘o‘zaning barbadenze turi. Bu g‘o‘za turlarining ko‘pi juda uzun, 
ingichka, pishiq ipaksimon tola beradi. Tolasi ko‘pincha 40 mm va uzunroq 
bo‘ladi.
G‘o‘za o‘simligi tashqi (morfologik) ko‘rinishi jihatdan balandligi 0,7 m 
dan 1,5 m gacha, yaxshi shoxlangan bo‘ladi. G‘o‘za tupi asosiy vertikal tana 
va atroflarga yoyilgan shoxchalardan iborat bo‘lib, bu shoxchalarda barglar 
va keyinchalik ko‘sakka ayla nadigan gul shonalari joylashadi. G‘o‘zaning 
ko‘sagi shar shaklida yoki uzunligi 60 mm va eng katta diametri 50 mm 
bo‘lgan tuxum shaklida bo‘lib, uning ichida 5—7 g o‘rta tolali yoki 3—5 g 
uzun tolali paxta bo‘ ladi. Paxta ning har chigitida 7—20 ming dona tola 
o‘sadi.
Paxta tolasining rivojla nishi ikki davrga bo‘linadi (I.4-rasm). Birinchi 
davri 25—30 kun davom etib, bu davrda tola asosan bo‘yiga o‘sib boradi 
va g‘o‘zaning seleksion turiga 
xos bo‘lgan uzunlikka erishadi, 
ikkinchi davri esa 15—30 kun, 
ayrim hollarda 50 kungacha 
davom etib, bu davrda uning 
devorlari ichiga selluloza 
qatlamalari yig‘ilib, tola pisha 
boshlaydi. Shuning uchun 
tolaning pishganlik darajasi 
tola tashqi diametrining ichki 
kanalining diametriga bo‘lgan 
nisbati bilan belgilanadi. Bu 
I.2-rasm. Istiqbolli g‘o‘za.
I.3-rasm. «Oq oltin».
I.4-rasm. Paxta tolasining rivojlanish davrlari: 
1 — tolaning bo‘yiga o‘sish davri;
2 — tolaning pishish davri.

8
nisbat xom tolalar uchun 1,05 ga, rosa yetilgan tolalar uchun ko‘pi bilan 


5 ga teng. O‘rta hisobda tashqi va ichki diametrining nisbati 1,8 dan 2,8 
gacha bo‘lgan tolalar yaxshi yetilgan hisoblanadi.
G‘o‘za ko‘sagi va uning ichidagi chigitlar va paxta tolasining rivojlanishi 
g‘o‘za guli changlangan birinchi kundan boshlanadi. Shu kundan boshlab 
chigit ustki qatlamining ayrim hujayralari uzunasiga o‘sa boshlaydi va 
natijada paxta tolasi vujudga keladi. Paxta tolasi naychaga o‘xshash bir 
o‘simlik hujayrasidan iborat. Ko‘sak ochilganidan keyin tola kanalidagi 
protoplazma quriy boshlaydi, natijada paxta tolasi biroz yassilanib, lentaga 
o‘xshab qoladi va o‘z o‘qi atrofida burala boshlaydi.
Yaxshi yetilgan tola har 10 mm uzunligida 50—80 marta buralishi 
natijasida uning umumiy uzunligi 1—1,5 mm gacha kamayadi. Paxta 
dalalarining hosildorligi va tolaning sifati ko‘p omillarga bog‘liq bo‘lib, 
bular ichida paxtaning seleksion navi, tuproqning unumdorligi, g‘o‘za 
yetishtirishning agrotexnika tadbirlari, iqlim va ob-havo sharoitlari hal 
qiluvchi ahamiyatga egadir.
Paxta urug‘chiligi bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarning asosiy vazifasi 
tezpishar, serhosil, to‘qimachilik sanoati talabiga to‘liq javob beradigan 
yangi g‘o‘za navlari urug‘ini ko‘paytirish hamda xo‘jaliklarni yuqori sifatli 
urug‘lik chigit bilan ta’minlashdan iborat.
Serhosil, tolasining texnologik xususiyatlari talabga javob beradigan, 
kasalliklarga chidamli va boshqa agrotexnika ko‘rsatkich lari yaxshi bo‘lgan 
g‘o‘za navlari rayonlashtiriladi. Rayonlashtirilgan g‘o‘za navlari urug‘chilik 
xo‘jaliklariga berilib, u yerda elita chigit va uning reproduksiyasi olinadi. 
chigit sirtqi qobiq hujayrasidan unib, ikki yarus tolalar bilan qoplangan, 
uzun tolalar tolali chigit massasining 30—40 % ni, qisqa tolalar, momiqlar 
5—10 % ni, chigitning o‘zi esa 56—62 % ni tashkil etadi. chigitdan tolalar 
jin mashinalarida, momiqlar esa linterlarda ajratib olinadi.
Hozirgi kunda ham paxta xalq boyligi hisoblanadi. Ma’lumki, terib 
olingan paxta chigit va tolalardan iborat, har bir dona chigitda esa 12—20 
ming donagacha tola yopishgan bo‘ladi. Agar bu tolalarni mikroskop ostiga 
qo‘yib qarasak, juda ajoyib: sarg‘ish, sapsar, tillarang tovlangan tolalarni 
ko‘ramiz. Paxtadan kiyim-kechak, yog‘, sovun, qog‘oz, kirza, selluloza, spirt, 
kunjara va kraxmal, sinmaydigan oyna va limon kislotasi, yoqilg‘i va chorva 
uchun yem, sun’iy shoyi, glitserin, fotoplyonka ....qariyb 70 xil mahsulot 
olinadi. Paxta xalq xo‘jaligining hamma sohalarida ishlatiladi. Bular esa 
o‘z navbatida 1300 dan ortiq mahsulot ishlab chiqarishda foydalaniladi. 
Shuning uchun paxtani xalqimiz «oq oltin» deb ataydi va g‘o‘za texnikaviy 
ekinlar orasida birinchi o‘rinda turadi.

9
O‘zbekistonda sifatli paxta tolasini yetishtirish uchun istiqbolli g‘o‘za 


navlaridan quyidagilar ekilmoqda: 175F, Oqdaryo, Oqqo‘rg‘on 2, An-
Boyovut 2, Armug‘on, Buxoro 6, Gulbahor, Mehnat, Namangan 77, Omad, 
S 4727, S 4910, S 6524, S 6530, Toshkent 6, Termiz 31, Xorazm 127, Yulduz, 
S 2629, Xorazm 150, Denov, Buxoro 102, Buxoro 8, Surxon 9.
I.3. PAXTA TOLASI SIFATINI ANIQLAYDIGAN LABORATORIYA VA 
MARKAZLAR
Paxta tozalash korxonalarida chigitli paxtani va undan olinadigan 
tayyor mahsulot sifatini aniqlash paxta tayyorlash punktlarining texnologik 
laboratoriyalarini birlashtirgan texnik nazorat bo‘limining (TNB) vazifasiga 
kiradi. Texnik nazorat bo‘limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 
korxona va tayyorlash punktlarida chigitli paxtani qabul qilish, to‘dalarga 
bo‘lish va uni saqlash ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishni tekshirish, paxta 
tayyorlash punktlarida xo‘jaliklardan qabul qilinayotgan va korxonaga 
tayyorlash punktidan kelayotgan chigitli paxtaning sifatini tekshirish; 
quritish-tozalash bo‘limlarining ishini va ularda ishlanayotgan chigitli 
paxtaning sifatini tekshirish; paxta tolasi, momiq va tolali chiqindilar 
toylarining to‘g‘ri ishlashini va to‘g‘ri belgilanishini tekshirish; korxonada 
va tayyorlash punktlarida chigitli paxtaning va tayyor mahsulotning sifatini 
yaxshilash uchun hamma tadbirlar bajarilishini tekshirish; yangi standartlar 
va texnik shartlarni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarning 
bajarilishini tekshirish, sifatsiz mahsulot chiqarilishining sabablarini 
aniqlash.
Korxonaning texnik nazorat bo‘limi paxta tayyorlash punktlarining 
ishiga rahbarlik qiladi va xo‘jaliklarda bajariladigan ishlarga tashkiliy 
metodik jihatdan yordam beradi.
Korxonaning har smenasida chiqariladigan mahsulotning sifatini 
va texnologik mashinalarning ish sifatini nazorat qilish korxona smena 
laborantining vazifasiga kiradi.
Urug‘lik chigit olish uchun mo‘ljallangan paxtaning sifatini, urug‘lik 
chigitni ishlash va saqlash sifatini tekshirish maxsus urug‘chilik 
laboratoriyalar tomonidan bajariladi.
chigitli paxta va undan olinadigan mahsulotning sifatini tekshirish 
ishlarida korxona texnik nazorat bo‘limlarining mas’uliyatini oshirish 
maqsadida har bir viloyat paxta tayyorlash birlashmasida sifat bo‘yicha 
maxsus markaziy laboratoriyalar faoliyat ko‘rsatadi. Ularning vazifasiga 
quyidagilar kiradi:

10
a) paxta tozalash korxonalarida chiqariladigan mahsulotlarning (tola, 


momiq, chigit va tolali chiqindilar) sifatini korxona laboratoriyalarida to‘g‘ri 
aniqlashni nazorat qilish;
b) laboratoriya sinovlarini Davlat standarti va instruksiyalariga muvofiq 
bajarilishini tekshirish;
d) laboratoriya asboblari va o‘lchash qurilmalarining to‘g‘ri ishlashini 
nazorat qilish.
Bir qatorli paxta tozalash korxonasida texnik nazorat bo‘limining ishini 
tashkil qilish tizimi quyidagi I.5-rasmda keltirilgan.
Paxta tozalash korxonalarida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
sifatini aniqlash uchun «Sifat» markazi va viloyatlarda uning hududiy 
laboratoriyalari tashkil qilingan (I.6-rasm).
O‘zbekiston «Sifat» markazi paxta tolasi, momiq, texnik chigit, momiq-
paxta va gigroskopik paxta mahsulotini sertifikatlash va sifatini nazorat 
qilish bo‘yicha mustaqil tashkilot hisoblanadi. «Sifat» markazining bosh 
binosi I.7-rasmda ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston «Sifat» markazi paxta tozalash korxonalarida ishlab 
chiqarilgan paxta tolasi va momiqning har bir toyini tarozida tortishni, 
paxta chigitini ishlab chiqarish, uning miqdori va sifati ustidan nazoratni 
amalga oshiradi.
«Sifat» markazi tomonidan beriladigan muvofiqlik sertifikatlari va 
toyma-toy tarozida tortish dalolatnomalari paxta mahsulotini sotish 
ishlarini bajarishda majburiy hujjat hisoblanadi.
I.5-rasm. Paxta tozalash korxonasida mahsulot sifatini aniqlash bo‘limi.

11
Respublikaning barcha viloyatlarida «Sifat» hududiy laboratoriyalari 


mavjud bo‘lib, ular paxta tolasini toyma-toy sinash, momiq, momiq-paxta 
va paxta chigitining sifatini nazorat qilishni amalga oshiradi. Ularning 
barchasi yuqori unumli HVI 900 rusumli (I.8-rasm) va boshqa zamonaviy 
sinov uskunalari bilan jihozlangan.
O‘zbekiston «Sifat» markazi tolaning yopishqoqligini ScT asboblarida 
baholashni amalga oshiradi. O‘zbekiston paxtasining rayonlashtirilgan, 
yangi va istiqbolli seleksion navlarining iste’mol xossalarini o‘rganish, 
I.6-rasm. O‘zbekiston «Sifat» paxta tolasini sertifikatlash markazining tizimi.
I.7-rasm. «Sifat» markazi.

12
sinov usullarini rivojlantirish, zamonaviy o‘lchash texnikasi va jahon bozori 


talablari asosida paxta mahsulotini klassifikatsiyalash va standartlashtirishni 
rivojlantirish bo‘yicha ilmiy ishlar olib boradi. Tegishli tashkilotlarga 
O‘zbekiston paxta tolasi, momig‘i, texnikchigiti bo‘yicha savdo ishlarini 
bajarishda ularning etalon namunalarini tayyorlab, yetkazib beradi.
O‘zbekiston «Sifat» markazi xorijiy tashkilotlar va o‘zining laboratoriyalari 
uchun xalqaro standartlar va Respublika standarti bo‘yicha paxta 
mahsulotini klassifikatsiyalash va sinovdan o‘tkazish uchun mutaxassislarni 
tayyorlash ishlarini amalga oshiradi.
O‘zbekiston «Sifat» markazi yetakchi Xalqaro Yevropa paxta 
uyushmasining a’zosi hisoblanadi.
Paxta tolasining sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun paxta terminallarida 
va to‘qimachilik sanoati korxonalarida ham maxsus laboratoriyalar tashkil 
qilinadi. Ularda paxta xomashyosi va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar 
sifati aniqlanadi.
TOPSHIRIQ VA NAZORAT SAVOLLARI
1. Paxta tolasi yetishtirishning ahamiyati.
2. O‘zbekistonda to‘qimachilik va yengil sanoatni rivojlantirish.
3. O‘zbekiston «Sifat» markazi va uning vazifalari.
4. O‘zbekistonda ekiladigan istiqbolli g‘o‘za navlari.
I.8-rasm. HVI 900 SA rusumli tola sifatini aniqlash tizimi.

13
5. G‘o‘zadan olinadigan mahsulotlar.


6. Paxta tozalash korxonalarida chigitli paxtadan qanday mahsulotlar ishlab 
chiqariladi?
7. Korxonalardagi laboratoriyalarning vazifasini tushuntiring.
8. Paxta tolasining sifatini aniqlash uchun qanday zamonaviy usullar qo‘llaniladi?
9. Mamlakatimiz dunyoda paxta yetishtirish va paxta tolasini ishlab chiqarish bo‘yicha 
qanday nufuzga ega?
10. Paxta tolasining rivojlanish davrlarini ko‘rsating.
11. Muvofiqlik sertifikati nima?
12. O‘zbekiston «Sifat» markazi qanday tashkilot?
13. Paxta nima uchun xalq boyligi hisoblanadi?
14. «Sifat» markazi hududiy laboratoriyalarining vazifasi.
15. Paxta mahsulotlari xaridorgir bo‘lishining asosiy omillari nimadan iborat?

14
II bob 


PAXTANING SIFAT KO‘RSATKIcHLARINI
ANIQLASH
II.1. PAXTANI BAHOLASH VA SIFATINI ANIQLASH UcHUN NAMUNALAR 
TANLASH
Paxtani baholash va sifatini aniqlashdan asosiy maqsad uning namligini, 
ifloslik darajasini, sanoat navini va sinfini belgilashdir.
Ushbu sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun paxtadan namuna olinadi. 
Namunani olish tartibi va tanlab olish usullari O‘z DSt 643—95 standartida 
aniq ko‘rsatib berilgan. Ushbu standart qo‘lla nilish sohasi bo‘yicha 
bajarilishi majburiydir.
Paxtani baholash va sifatini aniqlash uchun olinadigan namuna larni 
quyidagicha nomlanib, ta’riflash mumkin:
Namuna deb sinash uchun olingan paxtaga aytiladi.
Nuqtadan olingan namuna deganda paxtaning ma’lum joylaridan bir 
paytda olingan paxta miqdori tushuniladi.
Umumlashtirilgan namuna deb nuqtadan olingan namunalar 
yig‘indisiga aytiladi.
O‘rtacha kunlik namunani har bir topshirilgan to‘da uchun alohida 
to‘plangan, birlashtirilgan namuna yig‘indisi, deb aytiladi.
Paxtaning sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha bitta hujjat bilan rasmiy-
lashtirilgan, bir xil seleksiya va sanoat navli, tip va sinfdagi paxta miqdori 
to‘da deb hisoblanadi.
Jamlanayotgan paxtani joylanayotgan paxtaning asosiy belgilari 
bo‘yicha bir xil paxta deb tushuniladi.
Paxta topshiruvchi — paxtani qabul qilish punktlariga topshiruvchi 
(jamoa xo‘jaligi, brigada, fermer) hisoblanadi.
Ta’riflar O‘z DSt 581 va O‘z DSt 615 asosida tuzilgan.
Namuna olish. Paxta tayyorlash punktlarida namuna va nuqtaviy 
namunalar punkt klassifikatori tomonidan topshiruvchi ishtirokida paxtani 
tortishdan oldin qo‘lda olinadi.
Nuqtaviy namunalarni to‘kish joylarida olish ham mumkin.
Keltirilgan paxta to‘dasining har 2 tonnasidan kamida uchta joyidan har 
xil qalinlikdagi joylaridan 100—150 g bo‘lgan namuna olinadi.
Sig‘imi 1 kg bo‘lgan qopqog‘i zich berkitiladigan kichik bankalarga 

15
solingan nuqtaviy namunalar birlashgan namuna hosil qiladi. Olingan 


paxtaning namligini aniqlash mo‘ljallanmagan bo‘lsa, iflosligi to‘kilmaydigan 
oddiy idishga solish mumkin.
Umumlashtirilgan namunalarni sig‘imi 6—8 kg bo‘lgan zich 
berkitiladigan idishlarga solinadi va bir kun davomida, har bir jamlangan 
to‘dalar uchun alohida o‘rtacha bir kunlik namuna to‘p lanadi. O‘rtacha bir 
Download 28.88 Kb.




Download 28.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

Download 28.88 Kb.