Mavzu: ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash




Download 149.5 Kb.
bet1/10
Sana13.04.2023
Hajmi149.5 Kb.
#51046
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ma\'lumotnoma 2022 Шарибов Имомжон, Қайтиш 080618, ТЕСТ, 1

MAVZU: ISHONCHLILIKKA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR. BUYUMLARNI EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA ISHONCHLILIKKA SINASH



Mavzu-3. Ishonchlilikka ta’sir etuvchi omillar -2soat


Reja:
3.1 Konstruksion omillar.
3.2 Ekspluatatsion omillar.
3.3 Тexnologik omillar.
Tayanch iboralar: birxillashtirish (unifikatsiya) darajasi; ishlash sharoitlari; ishonchlilik darajasi; ishlab chiqarish sanoatining texnologik omillari; iqlim sharoitlari; yo‘l sharoitlari; konstruksion omillar; konstruksiyaning murakkablik darajasi; texnologik omillar; transport sharoiti; transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash sifati; transport vositasidan foydalanish jadalligi; foydalaniladigan ekspluatatsion materiallar; haydovchining malakasi; harakat sharoiti; ekspluatatsion omillar; ekspluatatsion materiallar sifati; ehtiyot qismlar sifati.

Ishonchlilikka ta’sir etuvchi omillarni shartli ravishda uch guruhga bo‘lish mumkin: konstruksion, texnologik va ekspluatatsion omillar.


3.1 Konstruksion omillar
Transport vositasining ishonchliligiga ta’sir etuvchi konstruksion omillar guruhiga quyidagilar kiradi: ishonchlilik darajasi; konstruksiyaning murakkablik darajasi; birxillashtirish (unifikatsiya) darajasi.
Ishonchlilik darajasi transport vositasini ishlab chiqarishga va uni texnik soz holatda tutib turishga ketadigan xarajatlarning nisbati bilan baholanadi.
Ishonchlilik darajasiga ta’sir etuvchi asosiy konstruksion omillar:
a) detallarning shakli va o‘lchamlari, detallar sirtlariga tushadigan solishtirma bosimlar, kuchlanishlar, metallning charchash qattiqligi;
b) konstruksiyaning mustahkamligi, detallarning ekspluatatsion yuklamalar ta’siri ostida o‘z shaklini o‘zgartirishi;
d) birikmada ishlayotgan detallar sirtlari va o‘qlarining bir-biriga nisbatan aniq joylashishi;
e) qo‘zg‘aluvchan va qo‘zgalmas birikmalarning ishonchli ishini ta’minlovchi o‘tkazishlarning (posadka) to‘g‘ri tanlanishi;
f) dvigatellarning unumdor moy nasoslari bilan jihozlanishi;
g) moy nasosi yog‘ so‘rg‘ichi to‘rining qabariq holda bajarilishi;
h) moy haroratini pasaytirish va uning eskirishini sekinlatish uchun karterni shamollatish tizimi, moy radiatorlari va moyni sifatli tozalashning qo‘llanishi;
i) dvigatellarda moyni ikkinchi marta tozalaydigan gidroreaktiv yuritmali stentrifugalar ishlatish;
j) tirsakli vallarda moyni markazdan qochirma usulda tozalash uchun maxsus kanallarning yasalishi;
i) haroratni optimal saqlash uchun sovitish tizimida termostatlarning qo‘llanishi, boshqa omillar ham uchraydi.
Transport vositasining ishonchlilik darajasi oshgan sari joriy ta’mirlashga bo‘lgan talab kamayadi, natijada ularni texnik soz saqlash uchun ketadigan sarf-xarajalar ham pasayadi.
Bunday natijaga erishish uchun ko‘pkina izlanishlar, konstruksiyani takomillashtirish, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida sifatli bajarish kerak.
Transport vositasining ishonchlilik darajasi pasaygan sari joriy ta’mirlashga bo‘lgan talab oshib boradi.
Transport vositasining foydalanishdan boshlab bosib o‘tgan masofasi oshgan sari uning ishonchliligi asta-sekin pasayadi. Natijada buyumning buzilishlar oqimi parametri oshib boradi (3.1-rasm ).

ω(L)
0.004



0.003

0.002


0.001







0 20 40 60 80 100 120 140 160 L, ming km
6.1-rasm. Buyumlarning buzilishlar oqimi parametrlarining masofa bo‘yicha o‘zgarishi


Konstruksiyaning murakkablik darajasi. Transport vositasini loyihalayotganda ishonchlilik talablarini har bir uzel va detalning ishlash sxemasini tanlashdan tortib to konstruksiyasini yaratishgacha bo‘lgan davrda hisobga olish kerak. Transport vositasi konstruksiyasi iloji boricha eng kam elementlardan tashkil topgan va nisbatan sodda bo‘lishi kerak. Ishonchlilik nazariyasi nuqtayi nazaridan qaraganda, transport vositasi elementlari ketma-ket birlashtirilgan murakkab tizim hisoblanadi.


Agar transport vositasi har bir elementining buzilishini mustaqil tasodifiy hodisa deb hisoblansa, u holda transport vositasining buzilmasdan ishlash ehtimolligi quyidagicha aniqlanadi:

;

(3.1)

bu yerda: RTV(L) – transport vositasining buzilmasdan ishlash ehtimolligi; Rd(L) – dvigatelning buzilmasdan ishlash ehtimolligi; RI(L) – ilashuv mexanizmining buzilmasdan ishlash ehtimolligi; RUQ(L) – uzatmalar qutisining buzilmasdan ishlash ehtimolligi; Ri(L) – i- agregatning buzilmasdan ishlash ehtimolligi.
Agar hamma agregatlarning ishonchliligi bir xil bo‘lsa,



(3.2)

u holda

;

(3.3)

bu yerda: n – agregatlar soni.
Xuddi shunga o‘xshab agregat, tizim, uzellarning buzilmasdan ishlash ehtimolligi aniqlanadi.

;

(3.4)

bu yerda: R1(L), R2(L), R3(L).... Rj(L) – agregat detallarining buzilmasdan ishlash ehtimolligi; m – agregatdagi detallar soni.
Transport vositasining buzilmasdan ishlash ehtimolligi agregatlar detallarining buzilmasdan ishlash ehtimolligini hisobga olgan holda quyidagicha topiladi:



(3.5)

Transport vositasi elementlarining bir xil ishonchlilik tamoyillarini amalda qo‘llash yoki agregat va detallarni ta’mirlash jarayonida almashtirishlarning xizmat muddati bo‘yicha karrali bo‘lishiga erishish maqsadga muvofiq.

Birxillashtirish (unifikasiya) darajasi. Transport vositasi ishonchliligi unifikatsiyalangan va standartlashtirilgan uzel va detallarni qo‘llash bilan ham oshirilishi mumkin, chunki ular tipik ish sharoitlarida sinovlardan yaxshi o‘tib, o‘zining yuqori ishonchliligini ko‘rsatgan bo‘ladi. Masalan, ular sirasiga podshipniklar, salniklar, elektr jihozlari detallari, normallar va bir qancha standartlashtirilgan detallarni kiritish mumkin. Birxillashtirilgan detallarning qo‘llanishi pirovard natijada texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash jarayonlari uchun ketadigan sarf-xarajatlar hamda talab etiladigan ehtiyot qismlar va mahkamlanadigan detallar ro‘yxatini kamaytiradi.



Download 149.5 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Download 149.5 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash

Download 149.5 Kb.