• 3.4 Ishonchlilikka sinashda baholanadigan xarakteristikalar
  • 3.5 Тajribaviy va seriyaviy (ommaviy) namunalarni sinash
  • Mavzu: ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash




    Download 149.5 Kb.
    bet7/10
    Sana13.04.2023
    Hajmi149.5 Kb.
    #51046
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ma\'lumotnoma 2022 Шарибов Имомжон, Қайтиш 080618, ТЕСТ, 1
    1. Namunalar – agar buyumlar yoki ularning chidamliligini belgilaydigan materiallar xususiyatlari sinalsa (charchash qattiqligi, yemirilishga va korroziyaga qarshi xususiyatlar va h.k.);
    2. Detallar (birikmalar, kinematik juftliklar) – agar konstruktsion va texnologik omillarning shu qism xizmat muddatiga ta’sirini hisobga olish zarurati tug‘ilsa (podshipniklar, tishli g‘ildiraklar, yo‘naltiruvchilar, sharnirlar va h.k.);
    3. Mashina, agregat va uzellar – agar ayrim mexanizm va konstruksiya elementlarining o‘zaro harakati va ularning ish qobiliyati ko‘rsatkichlariga ta’sirini hisobga olish kerak bo‘lsa (uzatmalar qutisi, reduktorlar, dvigatellar, boshqaruv tizimlari va boshqalar);
    4. Mashinamashinadagi hamma agregat, uzel va mexanizmlarning ekspluatatsiya sharoitlari va ish tartibotlaridagi o‘zaro harakati sinalsa (transport vositalari);
    5. Mashinalar tizimi – bir ishlab chiqarish kompleksini tashkil etgan ayrim mashinalarning o‘zaro ta’sirini ishonchlilik ko‘rsatkichlari orqali baholansa (avtotransport korxonasi).
    3.4 Ishonchlilikka sinashda baholanadigan xarakteristikalar
    Ular asosan ikki guruhga bo‘linadi:
    1. Eskirish (buzilish) jarayonlari va buyumlarning buzilganlik darajasi xarakteristikalari. Sinashlarda yeyilish jarayonlarining kechishi, zanglash, shakl o‘zgarishlar, charchash buzilishlari va boshqalar o‘rganiladi. Bu omillar mashina ish qobiliyatini yo‘qotishda asosiy sabablar bo‘lib hisoblanadi.
    2. Buyumning vaqt bo‘yicha chiqish parametrlari o‘zgarishining xarakteristikalari (aniqlik, foydali ish koeffitsienti, yuk ko‘tarish qobiliyati va h.k.). Bu xarakteristikalarning yo‘l qo‘yilgan chegaralardan chiqishi buzilishlarga olib keladi.
    Sinash obyekti qanchalik murakkab bo‘lsa, sinashlar hajmi katta qismining chiqish parametrlarini shunchalik ko‘p baholashga to‘g‘ri keladi.
    3.5 Тajribaviy va seriyaviy (ommaviy) namunalarni sinash
    Ishonchlilikka sinashlarni olib borayotganda ularning hajmini tajribaviy va seriyaviy ishlab chiqarish o‘rtasida shunday taqsimlash kerakki, uning natijasida kerakli ma’lumot olinsin va buyumning konstruksiyasiga tegishli o‘zgartirishlar tezroq kiritilsin. Lekin tajribaviy ishlab chiqarishda ko‘p masalalarni hal qilib bo‘lmaydi, faqat seriya namunalarigina kerakli natijalarni berishi mumkin. Undan tashqari seriya namunalarini ishonchlilikka sinashda quyidagilar hisobga olinishi kerak:
    a) maketni me’yoriga yetkazish natijasida mashinaga kerakli konstrukstion o‘zgartirishlar kiritilganligini tajribaviy tekshirish;
    b) haqiqiy ekspluatatsiya sharoitlarida buyumlarning ish tartibotlari va boshqa tadqiqotlarni kengaytirish;
    d) birinchi seriyaviy namunalarning ekspluatatsiyasi jarayonida buyumlarning buzilish sabablarini aniqlash.
    Tajribaviy namunalarni sinashda sanoqli (hatto bitta buyum bo‘lishi ham mumkin) buyumlar qo‘yiladi, chunki bu buyumlar kam miqdorlarda yaratiladi. Lekin bu sinashlar yetarli emas, chunki oz miqdordagi buyumlardan olingan va yetarli bo‘lmagan ma’lumotga suyangan ishonchlilik ko‘rsatkichlari buyumlar ishidagi haqiqiy holatni aks ettiraolmaydi.

    Download 149.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 149.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash

    Download 149.5 Kb.