• 3.7 Tajriba natijasining ishonchli bo‘lish ehtimolligidan kelib chiqib kuzatuvga qo‘yiladigan buyumlar sonini aniqlash usullari
  • Sinash rejalari
  • Tugallangan va jadallashtirilgan kesma sinashlar




    Download 149.5 Kb.
    bet8/10
    Sana13.04.2023
    Hajmi149.5 Kb.
    #51046
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ma\'lumotnoma 2022 Шарибов Имомжон, Қайтиш 080618, ТЕСТ, 1
    3.6 Tugallangan va jadallashtirilgan kesma sinashlar
    Transport vositalarining ishonchlilik xususiyatlari ko‘rsatkichlarini ekspluatatsiya jarayonida aniqlash uchun ularning ma’lum miqdorlarini olib sinov (nazorat) o‘tkaziladi. O‘tkazilish muddati bo‘yicha ishonchlilikka sinashning ikki usuli mavjud:

    • tugatilgan sinovlar;

    • jadallashtirilgan kesma sinovlar.

    Tugatilgan sinovlarda ishonchlilik parametrlarini baholash sinovga qo‘yilgan barcha buyumlarning buzilishidan keyin o‘tkaziladi.
    Tezlashtirilgan (kesma) sinovlarda ishonchlilik parametrlarini baholash hamma buyumlar buzilishini kutmasdan o‘tkaziladi, chunki sinovlar ekspluatatsiya jarayonida o‘tkazilganligi sababli ularning davomiyligi bir necha yilga cho‘zilib ketishi mumkin. Tezlashtirilgan sinovlar bo‘yicha shuni ta’kidlash lozimki, agar buyumlarning resursi kichik bo‘lsa, u holda ishonchlilik parametrlarini baholashni tugallangan sinovlar kabi o‘tkazish kerak, chunki sinov davrida ushbu buyumlarning hammasi ishdan chiqadi. Tezlashtirilgan sinovlar natijalariga ishlov berishning maxsus usullari mavjud.
    3.7 Tajriba natijasining ishonchli bo‘lish ehtimolligidan kelib chiqib kuzatuvga qo‘yiladigan buyumlar sonini aniqlash usullari
    Ishonchlilikka sinash har xil rejalar orqali tashkil etiladi. Sinov o‘tkazish rejalari ma’lum qoidalarga bo‘ysunadi va tegishli muddatlarda olib boriladi. Sinash rejalari birmuncha ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga oladi, masalan, nazorat ostidagi buyumlar soni; buzilgan buyumlar almashtiriladimi yoki yo‘qmi; sinov qachon to‘xtatiladi yoki sinovni davom ettirish uchun qo‘shimcha buyumlar qo‘yiladimi va h.k.
    Sinash rejalari:
    1. [NUN] – tugallangan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qo‘yilgan, kuzatuvlar hamma buyumlar ishdan chiqqungacha olib boriladi. Buzilgan buyumlar yangilari bilan almashtirilmaydi. Sinovlar natijasida unga qo‘yilgan buyumlarning ishlash muddatlari aniqlanadi (t1,t2 ,….,tN);
    bu yerda: N – kuzatuvga qo‘yilgan buyumlar soni; U – buzilgan buyumlar yangilari bilan almashtirilmaydigan rejalar; N – kuzatuv davrida buzilgan buyumlar soni.
    2. [NUZ] – tugallanmagan sinash rejasi. Kuzatuvga N buyumlar qo‘yilgan, kuzatuv natijasida buzilishlar soni va buyumning ishlash muddatlari (t1,t2 ,,…,tR) aniqlanadi hamda buzilmagan buyumlarning sinash davrida ishlagan muddatlari (t1,t2…tN-R) e’tiborga olinadi.
    bu yerda: Z – buzilgan buyumlarning oxirgi holatgacha va buzilmagan buyumlarning sinash davrida ishlash muddatlari.
    To‘liq tugallangan [NUN] sinovda kuzatuvga qo‘yiladigan buyumlar soni etarli darajada bo‘lishi va kerakli aniqlikni ta’minlashi zarur.
    Kuzatuvga qo‘yiladigan buyumlar sonini aniqlashda quyidagi ma’lumotlar oldindan beriladi: ruxsat etilgan xatolik qiymati d=0,05; 0,10; 0,15; 0,20 ga, ishonch ehtimolligi a=0,8; 0,9; 0,95; 0,975; 0,99 ga teng bo‘lishi, ayrim vaqtlarda esa buzilishlarning taqsimot qonuni berilishi mumkin.
    Ruxsat etilgan nisbiy xatolik quyidagi ifoda orqali aniqlanadi:

    ;

    (3.1)

    bu yerda: LYuCh – arifmetik qiymatning bir tomonlama ishonch ehtimolligi yuqori chegarasi, ming km; – o‘rtacha arifmetik qiymat, ming km.
    Kuzatuvga qo‘yiladigan buyumlarning eng kam sonini quyidagi usullar bilan aniqlash mumkin.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 149.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Tugallangan va jadallashtirilgan kesma sinashlar

    Download 149.5 Kb.