• Iqlim-sharoitlari
  • Transport sharoitlari
  • Transport vositasidan foydalanish jadalligi
  • Mavzu: ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash




    Download 149.5 Kb.
    bet2/10
    Sana13.04.2023
    Hajmi149.5 Kb.
    #51046
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ma\'lumotnoma 2022 Шарибов Имомжон, Қайтиш 080618, ТЕСТ, 1
    3.2 Ekspluatatsion omillar
    Ishlash sharoitlari. Buyumning ishonchliligiga ta’sir etuvchi ekspluatatsion omillar guruhiga yo‘l, iqlim va transport sharoitlari, foydalanish jadalligi, haydovchining malakasi va boshqalar kiradi.
    Yo‘l sharoitlari. Yo‘l sharoitlari agregat va detallarning ishiga ta’sir etadi, bunda texnik holat parametrlarining o‘zgarish jadalligi tezlanishi yoki sekinlanishi mumkin. Ular transport vositasining ish tartibotini belgilaydi, bu esa ishonchlilikka ta’sir etadi. Yo‘l sharoitlari yo‘lning texnik toifasi, yo‘l qoplamasining turi va sifati, transport vositasi harakatiga ko‘rsatadigan qarshiligi, yo‘lning eni, burilishlarning radiuslari, ko‘tarilishi va nishabligi bilan belgilanadi.
    Shu sababli “Nizom”da transport vositalari ishlash sharoiti toifasini K1 tuzatish koeffitsienti orqali e’tiborga olinadi.
    Iqlim-sharoitlari havoning harorati, namligi, shamol yuklamasi, quyosh radiatsiyasi darajasi va h.k. lar bilan xarakterlanadi. Bu sharoitlar agregatlarning issiqlik va boshqa ish tartibotlariga, demak, ularning texnik holati va ishonchliligiga ta’sir etadi. Past va yuqori haroratlarning ta’siri ostida konstruksion po‘latlar, metall qotishmalar, plastmassalar, rezina va boshqa materiallarning fizik-mexanik xossalari o‘zgaradi. Moy, yonilg‘i, tormoz va amortizator suyuqliklari, elektrolit va boshqalarning fizik-kimyoviy doimiyliklari (konstantalari) iqlim sharoitlari ta’sirida o‘zgaradi. Shu sababli “Nizom”da transport vositalariga iqlim sharoitlarining ta’sirini e’tiborga olish uchun K3 tuzatish koeffitsienti keltirilgan.
    Transport sharoitlari harakat tezligi, yuk bilan yurish masofasi, yo‘ldan foydalanish koeffitsienti, yuk ko‘tarish qobiliyatidan foydalanish koeffitsienti, tirkamalardan foydalanish koeffitsienti, tashilayotgan yukning turi va boshqalar bilan baholanadi. Transport sharoitini e’tiborga olish uchun “Nizom”da K2 koeffitsienti keltirilgan.
    Transport vositasidan foydalanish jadalligi avtotransport korxonalari turi va ishlab chiqarish vazifalari, yo‘l va iqlim sharoitlari, o‘rtacha va maksimal harakat tezligi, dvigatel quvvatidan foydalanish darajasi, transport vositasining bir kunlik, mavsumiy va yil davomida yurgan yo‘liga bog‘liq.

    Download 149.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 149.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash

    Download 149.5 Kb.