• Tayanch iboralar
  • 3.1 Ishonchlilikka sinashning maqsadi
  • Mavzu: ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash




    Download 149.5 Kb.
    bet5/10
    Sana13.04.2023
    Hajmi149.5 Kb.
    #51046
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ma\'lumotnoma 2022 Шарибов Имомжон, Қайтиш 080618, ТЕСТ, 1
    Nazorat savollari:

    1. Transport vositasi ishonchliligiga qanday omillar ta’sir etadi?

    2. Qaysi ta’sir etuvchi omillar konstruksion guruhga kiradi?

    3. Qaysi ta’sir etuvchi omillar ishlab chiqarish guruhiga kiradi?

    4. Qaysi ta’sir etuvchi omillar ekspluatatsion guruhga kiradi?

    5. Konstruksiyaning murakkablik darajasi qanday asoslanadi?

    6. Unifikatsiya darajasi transport vositasi ishonchliligiga qanday ta’sir etadi?

    Mavzu-3. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash-2soat


    Reja:
    3.1 Ishonchlilikka sinashning maqsadi.
    3.2 Ishonchlilikka sinashning turlari.
    3.3 Ishonchlilikka sinashning ob’ekti.
    3.4 Ishonchlilikka sinashda baholanadigan xarakteristikalar.
    3.5 Тajribaviy va seriyaviy (ommaviy) namunalarni sinash.
    3.5 Тugallangan va jadallashtirilgan kesma sinashlar.
    3.6 Тajriba natijasining ishonchli bo’lish ehtimolligidan kelib chiqib kuzatuvga qo’yiladigan buyumlar sonini aniqlash usullari.
    Tayanch iboralar: ishonchlilikka sinash; ishonchlilikka sinash obyekti; jadallashtirilgan kesma sinashlar; mashinalar tizimi; namunalar; nazorat sinashlari; parametrik usul; poligon sinashlar; sinash rejalari; stend sharoitidagi sinashlar; tadqiqot sinashlari; tugallangan sinashlar; ekpluatatsion sinashlar.
    3.1 Ishonchlilikka sinashning maqsadi
    Ishonchlilikka sinashning maqsadi – buyumning ishonchlilik darajasini aniqlash va uning son qiymatlarini baholash. Buyumning ishonchlilik darajasini bilish ko‘p masalalarni hal qilishga, ya’ni belgilangan ishonchlilik xarakteristikalarini tasdiqlash, ularni oshirish tadbirlarini ishlab chiqish, unga texnik xizmat ko‘rsatishning oqilona tizimini qo‘llash, buyum samaradorligi va keyingi ekspluatatsiyasining maqsadga muvofiqligi, zaif tomonlarini aniqlash, hisob-kitob, bashorat (prognoz)larni va uning yaratilish texnologik jarayonlari sifatini tekshirishga imkon beradi.
    Sinov natijalari yordamida quyidagi xarakteristikalardan birini olish mumkin:
    1. Buyumning buzilishgacha bo‘lgan xizmat muddati (yurilgan yo‘li)ning taqsimlanish qonuni. Bu xarakteristika to‘liq hisoblanib, asosiy ishonchlilik ko‘rsatkichlarini, jumladan, berilgan vaqt davomida buzilmasdan ishlash ehtimolligini aniqlash imkonini beradi. Lekin bu ish katta statistik material va xarajatlar talab qiladi. Taqsimlanish qonunini faqat sodda buyumlar uchun kam sarf-xarajatlar bilan olish mumkin.
    2. Buyumning buzilishsiz ishlash ehtimolligi berilgan vaqt uchun aniqlanadi, lekin buzilmaslik xarakteristikasi buyumning ko‘proq ishlash davri uchun noma’lum bo‘lishi mumkin. Bunday chegaralangan ma’lumot bo‘yicha ham buyumning ishonchlilik darajasi to‘g‘risida xulosa chiqarish mumkin.
    3. Sinovlarning murakkabligi va uzoq cho‘zilishi buyumning vaqt bo‘yicha chiqish parametrlari o‘zgarishiga baho berish imkoniyatidan mahrum qiladi. U holda har bir parametr bo‘yicha “ishonchlilik zaxirasi” ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi. Bashorat usullarini qo‘llagan holda sinashlarning bu natijalaridan buyumning ishonchlilik darajasini aniqlashda foydalaniladi.
    4. Masalaning murakkabligi tufayli ko‘p hollarda buyumning ishonchlilik darajasini absolut miqdorlarda aniqlash mumkin bo‘lmay qoladi, bu holda uni faqat o‘ziga o‘xshagan buyumning ko‘rsatkichi bilan nisbiy taqqoslashga to‘g‘ri keladi. Natijada sinashlar, buzilmasdan ishlashlik yoki chidamlilik necha marta o‘sdi, degan savolga javob berib, chidamlilikning haqiqiy darajasi to‘g‘risidagi masala hal bo‘lmaydi. Yuqori ishonchli buyumlar uchun sinashlarning usul va hajmlarini aniqlashda faqat vaqt omili asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.

    Download 149.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 149.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash

    Download 149.5 Kb.