• 3.3 Тexnologik omillar
  • Mavzu: ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash




    Download 149.5 Kb.
    bet3/10
    Sana13.04.2023
    Hajmi149.5 Kb.
    #51046
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ma\'lumotnoma 2022 Шарибов Имомжон, Қайтиш 080618, ТЕСТ, 1
    Haydovchining malakasi. Transport vositasini haydash tushunchasi uni harakatdagi boshqarish jarayoni (ko‘cha qoidalariga rioya qilish, harakatning ratsional tartibotlarini tanlash va h. k) hamda yo‘l sharoitida vujudga kelgan nosozliklarni bartaraf etish va texnik xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga oladi. Kuch uzatmalari va yurish qismi detallariga tushadigan dinamik yuklamalar hamda dvigatelning issiqlik tartiboti transport vositasini haydash sifatiga bog‘liq. Bir toifadagi transport vositalarining bir avtokorxonada, bir xil ekspluatatsiya tartibotlari, texnik xizmat ko‘rsatish, saqlash sharoitlarida har xil ta’mirlararo yo‘l yurganligi va ularning bir-biridan 1.5–2.0 marta farq qilishlari aniqlangan. Demak, bunda asosiy omil-haydovchining malakasidir.
    3.3 Тexnologik omillar
    Buyumning ishonchliligiga ta’sir etuvchi texnologik omillar guruhiga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish sanoati texnologiyasi; texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash, ekspluatatsion materiallar va ehtiyot qismlar sifati va h.k.
    Ishlab chiqarish sanoatining texnologik omillaridan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz:
    1. Mahkamlov birikmalarining ekspluatatsion yuklamalar ta’siri sharoitlarida o‘z ishonchliligini uzoq vaqt davomida saqlab qolish qobiliyati detallarni yuqori sifatli po‘latlardan tayyorlash, ularga ishlov berish, aniqligini oshirish, har xil mahkamlab qo‘yadigan moslamalarni (stopor shaybasi, fiksatorlar, va h. k.) qo‘llash orqali erishiladi. Ayrim detallar legirlangan po‘latlardan tayyorlanib, ularga termik ishlov beriladi (masalan, kardan vali flanetslari, orqa ko‘prik reduktori yetakchi tishli g‘ildiragining boltlari va h.k.).
    2. Mashinasozlik korxonalarida texnik nazoratning yaxshi yo‘lga qo‘yilishi yig‘uv konveyeriga sifatsiz detallarning kelishiga chek qo‘yadi.
    3. Detallarning yeyilishga qarshiligi ularga qanday ishlov berishga, ishqalanayotgan sirtlarning kam yeyilishi esa ularning g‘adir-budurligiga bog‘liq.
    4. Moslashuv davrida sirtlarning chiniqish qobiliyati dastlabki yeyilish sur’atiga ta’sir etadi. Shu maqsadda ishqalanayotgan sirtlar qalay, qo‘rg‘oshin, mis, temir zarrachalari bilan qoplanadi.
    5. Mashinasozlik sanoatida tirsakli vallar bo‘yinlari yuqori chastotali toklar bilan chiniqtiriladi. Bunday chiniqtiruv shatun va o‘zak bo‘yinlari xizmat muddatlarini 3–5 marta uzaytiradi va h.k.

    Download 149.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 149.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: ishonchlilikka ta'sir etuvchi omillar. Buyumlarni ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilikka sinash

    Download 149.5 Kb.