• 3. Transport vositalarini ishlash qobilyatini Ekspluatatsiya jarayonida o`zgarish sabablari. 4. Transport vositalarini texnik holatiga ta`sir etuvchi omillar.
  • Transport vositalarini texnik holatini ekspluatatsiya jarayonida o`zgarishi
  • Avtomobillarning texnik xolatini ekspluatatsiya jarayonida o'rganishi




    Download 115 Kb.
    bet1/8
    Sana27.03.2024
    Hajmi115 Kb.
    #178966
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    AVTOMOBILLARNING TEXNIK XOLATINI EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA O\'RGANISHI
    Ishlab chiqarish texnologiyalari Raimboyev Alpomish, AQSG bahti, Elektrotexnika va elektronika TEST yangi, 4-20, YO’L HARAKATI QOIDALARI VA HARAKAT XAVFSIZLIGI ASOSLARI, KURS ISHI SRS-523 gr , 5-KURS-Mavzu, 1-amaliyot.kvadrat va kubik tenglamalar, 749, ozbek tilida publitsistik uslub, Lekciya 14 , l55444, 888855, у55555, 7788778

    AVTOMOBILLARNING TEXNIK XOLATINI EKSPLUATATSIYA JARAYONIDA O'RGANISHI
    Reja:


    1.Transport vositalarini texnik holati va ishlash qobilyati, ularni Ekspluatatsiya jarayonida o`zgarishi.
    2. Transport vositalari texnik holatini tasnifi.
    3. Transport vositalarini ishlash qobilyatini Ekspluatatsiya jarayonida o`zgarish sabablari.
    4. Transport vositalarini texnik holatiga ta`sir etuvchi omillar.
    5. Konstruktiv, texnologik va Ekspluatatsion omillar.
    6. Texnik holatga ta`sir etuvchi omillarni transport vositalarini samaradorligiga ta`siri.

    Tayanch so`z va iboralar


    Texnik holat. Ishlash qobilyati. Texnik holat tasnifi. Ishqalanish. Yeyilish tasnifi. Yeyilish turlari. Yeyilish mexanizmi. Texnik holatni ekspluatatsiya jarayonida o`zgarishi. Texnik holatga ta`sir etuvchi omillar. Konstruktiv omil. Texnologik omil. Ekspluatatsion omil. Yo`l va tabiiy-iqlim sharoiti. YOnilg`i-moylash mahsulotlari sifati. Haydovchi malakasi. Yuk turi va tashish sharoiti. Transport vositalarini ishlash samaradoligiga omillarni ta`siri.




    Transport vositalarini texnik holatini ekspluatatsiya jarayonida o`zgarishi

    Ekspluatatsiya jarayonida tashqi muhitni bir qator omillari (yuklama, tebranish, namlik, havo oqimi, avtomobilga tushgan chang va iflosliklar, harorat va boshqa ta`sirlar) avtomobillarga ta`sir koprsatadi va uning texnik holatini yomonlashishiga olib keladi. Bunda detallar yeyiladi va shikastlanadi hamda ular bir qator xususiyatlari (bikrligi, plastikligi va boshqalar) o`zgaradi.


    Avtomobillarni texnik holatini o`zgarishi uning tarmoq va mexanizmlarini ishlash sharoiti, tashqi muhit ta`siri va avtomobillarni saqlashga hamda tasodifiy omillarga bog`liq. Tasodifiy omillarga avtomobil detallarini yashirin nuqsonlari konstruktsiyani toliqishi va boshqalar taalluqlidir.
    Ekspluatatsiya sharoitida avtomobillarni texnik holatini o`zgarishiga asosiy sabablardan yeyilish, plastik deformatsiya, charchashdan shikastlanish, korroziya (zanglash) hamda detal materialini fizik-kimyoviy o`zgarishidir (eskirishi).
    Eyilish-bu detallni shikastlanishi va uning sirtidan materialni ajralishi va (yoki) ularni ishqalanishida qoldiq deformatsiyani to`planishidir, bular o`zaro ta`sirlagi detallarni shaklini va va o`lchovini doimo o`zgartirishi bilan namoyon bo`ladi.
    Eyilganlik-bu detal sirti o`lchovini, shaklini va holatini o`zgarishi koprinishida paydo bo`luvchi yeyilish natijasidir. yeyilganlik mkm/km, mkm/moto-soatlarda o`lchanadi.
    Ishqalanishni uch turi mavjud: quruq, suyuqlik va aralash muhitda. quruq ishqalanishda ishqalanayotgan sirtlar bir-biri bilan ta`sirda bo`ladi (misol, tormoz kolodkalarini tormoz barabanlariga ishqalanishi, ilashish muftasi yetaklovchi diskini maxovika ishqalanishi va hokazo). Bu turdagi ishqalanish ishqalanayotgan detal sirtlarini jadal yeyilishi bilan kuzatiladi. Suyuqlik (gidrodinamik) ishqalanishida ishqalanayotgan detal sirtlari orasida moy qatlami hosil qilinadi, bu moy qatlami ishqalanayotgan detal sirtlari mikronotekisliklaridan katta bo`lib, detal sirtlarini kontaktda bo`lishiga yo`l qo`ymaydi (misol, tirsakli val podshipniklari), bu detallar sirtini yeyilishini kamaytiradi. Amalda avtomobil mexanizmlari ishlash jarayonida bu ikkita ishqalanish turi almashib turadi va bir-biriga o`tib aralash ishqalanish turini hosil qiladi.
    Abrazivli, okisidlanishdan, charchashdan, eroziyadan yeyilish hamda qotib qolishdan, freting va freting korroziyadan yeyilish turlari mavjud.
    Abrazivli yeyilish-bu ishqalanish sirtidagi qattiq zarrachalarni kesishi yoki tirnashi natijasidir. Bunday zarrachalar tashqaridan detallarni ishqalanuvchi sirtlari orasiga chang va qum koprinishida (misol, tormoz kolodkasi ustqo`ymasi va barabani orasiga) yoki ochiq ishqalanuvchi tarmoqlardagi (shkvorenli birikmalar, ressor sharnirlari) moylash materiallari tarkibiga tushib ularni yeyilishini oshiradi. Abrazivli yeyilish boshqa yeyilish turi bilan birgalikda avtomobillarni deyarli hamma ishqalanuvchi detallarida uchraydi.

    Download 115 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 115 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Avtomobillarning texnik xolatini ekspluatatsiya jarayonida o'rganishi

    Download 115 Kb.