• Ekspluatatsion materiallar va ehtiyot qismlar sifati.
  • Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash sifati




    Download 149.5 Kb.
    bet4/10
    Sana13.04.2023
    Hajmi149.5 Kb.
    #51046
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
    Bog'liq
    ma\'lumotnoma 2022 Шарибов Имомжон, Қайтиш 080618, ТЕСТ, 1
    Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash sifati. Texnik xizmat ko‘rsatish shunday bajarilishi kerakki, ishga chiqarilayotgan transport vositalarida hech qanday nosozlik bo‘lmasligi, buning uchun texnik xizmat ko‘rsatishni grafik asosida, hamma ishlarni to‘liq bajargan holda (nazorat-diagnostika, mahkamlash, sozlash, moylash va boshqa ishlar) amalga oshirish talab etiladi.
    Avtokorxonadagi diagnostika vositalari yordamida transport vositalarini ma’lum davriylik bilan diagnostikalash, ularning texnik holatini baholash, kerakli ta’mirlash ishlarining aniq hajmi va xarakterini aniqlash kerak.
    Texnik xizmat ko‘rsatish tartiboti (texnik xizmat ko‘rsatishning ish hajmlari, davriyligi va bajariladigan ishlar ro‘yxati) harakatdagi tarkibning turiga, uning texnik holatiga, ekspluatatsiya sharoitlariga, ekspluatatsion materiallarning sifatiga, haydovchining malakasiga mos kelishi kerak. Texnik xizmat ko‘rsatish davriyligi kichik bo‘lsa, uni tez-tez tashkil etish qiyinlashadi, texnik tayyorgarlik koeffitsienti – at oshadi, ammo transport vositalarining turib qolishlari ortadi va sarf-xarajatlar ko‘payadi. Texnik xizmat ko‘rsatishning katta davriyligi esa transport vositalarining ta’mirlash ishlarini ko‘paytiradi, ya’ni at pasayib ketadi. Demak, har xil ekspluatatsion sharoit uchun o‘zining texnik xizmat ko‘rsatish tartibotlarini ishlab chiqish kerak. Texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlarini yuqori sifat bilan bajarish transport vositasi ishonchliligini ta’minlashdagi birdan-bir garovidir.
    Ekspluatatsion materiallar va ehtiyot qismlar sifati. Ish va saqlash jarayonlarida transport vositasining agregat va mexanizmlari ekspluatatsion materiallar bilan doimiy o‘zaro ta’sirda bo‘ladi (moylar, yonilg‘ilar, sovutish suyuqliklari). Materiallarning xususiyatlari va qo‘llanish sharoitlariga bog‘liq holda ularning o‘zaro ta’siri ham o‘zgaradi: detallarning yeyilishi yoki zanglashi tezlashadi, materiallarning sarfi ortadi va transport vositasining umumiy ish unumdorligi pasayadi.
    Ekspluatatsion materiallarning qo‘llanishi transport vositasining konstruksion va texnologik xususiyatlariga, uning texnik holatiga va ekspluatatsiya sharoitlariga mos kelishi kerak.
    Transport vositasining ishonchliligiga ko‘proq moylash materiallarining sifati ta’sir qiladi. Moyning yeyilishga qarshi xususiyatini oshirish maqsadida unga prisadkalar qo‘shiladi, ular esa detallarning yeyilish sur’atini pasaytiradi.
    Ekspluatatsiya davrida almashtiriladigan ehtiyot qismlar yangi, mukammal (kapital) ta’mirlangan, ishlatilgan, korxonada ta’mirlangan va tayyorlangan hamda transport vositasining boshqa modelidan olingan bo‘lishi mumkin. Shuning uchun ehtiyot qismlar sifati har xil bo‘ladi va transport vositasi ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
    Bularning oldini olish maqsadida har bir korxonada:
    - Texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida sifatli o‘tkazish;
    - ehtiyot qismlarning “asl” nusxasini qo‘yish;
    - ekspluatatsion materiallarning zavod (firma) tomonidan belgilangan turlarini qo‘llash kerak.

    Download 149.5 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




    Download 149.5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Transport vositalariga texnik xizmat ko‘rsatish va joriy ta’mirlash sifati

    Download 149.5 Kb.