• 1-rasm. Bino va inshootlarning ekspluatatsion ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar. A - tabiiy va texnogen omillar .
  • B - sub’ektiv omillar.
  • 2. Bino va inshootlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va texnogen omillar.
  • Bino va inshootlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va texnogen omillar




    Download 148 Kb.
    bet1/2
    Sana27.03.2024
    Hajmi148 Kb.
    #178917
      1   2
    Bog'liq
    Bino va inshootlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va texnog
    Amaliy mashg‘ulot №4., 1669866475, TDIU SF, WEP DASTURLASH 5-MUSTAQIL ISH, Antropogen omillarni o’simlik dunyosiga ta’sirini baholash, KUrsovaya(107), 1. Elektrolitik dissotsilanish nazariyasi, What T, Reja sanoat transportining turlari va ularning tavsifi-fayllar.org, минтака, Mavzu, 12-AMALIY, Ekspert tizimlarini boshqaruvdagi o\'rni va ularni iqtisodiyot ta-fayllar.org, Eksport tizimlarining boshqaruvdagi o`rni va ularni iqtisodiyot -fayllar.org, Iste’mol va jamg‘arma va investisiyalar topshiqlar

    BINO VA INSHOOTLARGA SALBIY TA’SIR KO‘RSATUVCHI TABIIY VA TEXNOGEN OMILLAR.


    1. Bino va inshootlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi hududiy omillarni tasniflash.

    Binolarning me’yoriy xizmat davrlarining haqiqiy xizmat davrlariga mos kelmasligi ularning ekspluatatsion ishonchliligi masalalarini chuqurroq o‘rganishni talab qiladi. Buning uchun bino konstruksiyasiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni o‘rganish zarurdir. Bunga ko‘ra qurilish konstruksiyalarida defektlar, shikastlanish va deformatsiya holatlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi loyihalash, qurilish va ekspluatatsiya jarayonida yo‘l quyiladigan xatoliklar, tabiiy va texnogen omillarning ta’sirlari shartli ravishda A va B guruh omillariga ajratiladi (1-rasm).





    1-rasm. Bino va inshootlarning ekspluatatsion ishonchliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar.
    A - tabiiy va texnogen omillar.
    O‘z navbatida “A” tashqi va ichki turlarga bo‘linadi. Tashqi omillarga: A1 - iqlim ta’siri; A2 - dinamik ta’sirlar; A3 - ta’sir qiluvchi muhit va h.k.lar. Ichki omillarga: A4 - texnologik (funksional) ta’sirlar kiritiladi.
    B - sub’ektiv omillar.
    B1 - loyihalash jarayonida; B2- konstruksiya va materiallarni korxona sharoitida tayyorlash, tashish va ularni saqlash sharoitida (defektli elementlar); B3 - qurilish jarayonida; B4 - ekspluatatsiya jarayonida yo‘l quyiladigan xatoliklar.
    Bu omillarning turlari va ularning ta’siri shunchalik xilma-xilki, ekspluatatsiya jarayonida bino konstruksiyasining fizik emirilishiga olib keluvchi bunday sabablarning barchasini bir vaqtning o‘zida aniqlash va hisobga olish murakkab vazifadir.
    2. Bino va inshootlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va texnogen omillar.

    “A” guruhiga kiruvchi omillar mos ravishda tashqi va ichki turlarga bo‘linadi [68].


    Tashqi omillarga: A1- iqlim ta’siri; A2- dinamik ta’sirlar; A3- gidrogeologik jarayonlar; A4- ta’sir qiluvchi muhit; A5- boshqa turdagi tabiiy va texnogen ofatlar kiradi.
    Ichki omillarga: A6- texnologik (funksional) omillar kiradi.
    B-antropogen omillar, mos ravishda: B1- harbiy harakatlar ta’sirida vayron bo‘lish; B2- terraktlar natijasida vayron bo‘lish; B3- sub’ektiv omillar. O‘z navbatida B3- sub’ektiv omillar, mos ravishda: B31- loyiha oldi bosqichi; B32- loyiha bosqichi; B33- konstruksiyalarni zavod sharoitida tayyorlash, tashish, saqlash bosqichi; B34- qurilish-montaj boqichi; B35- ekspluatatsiya boqichi; B36- me’yoriy bazadagi kamchiliklar.
    Mazkur muammo bo‘yicha adabiyotlar tahlili tekshirilgan binolar bo‘yicha olingan ma’lumotlar shuni ko‘rsatadiki, binolarning ekspluatatsion ishonchliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillar har-xil bo‘lib, ularni eksplutatsiya bosqichida hisobga olish juda qiyin bo‘lgan amaliy masaladir.
    Ekspluatatsiya mobaynida muhim bo‘lgan bunday ko‘p sondagi omillarni o‘rganish va binolarning ekspluatatsiya sifatini baholash maqsadida masalaning echimiga tizimli yondoshuv orqali erishish mumkinligi taklif qilinadi.
    “A” va “B” omillarni alohida-alohida ko‘rib chiqamiz [68].
    Iqlim ta’siri (A1),
    bu erda A11- harorat; A12- namlik; A13- quyosh radiatsiyasi; A14- shamol ta’siri;A15 - yog‘ingarchilik miqdori - yomg‘ir, qor, dul, tuzli, kislotali yomg‘irlar; A16 - momaqaldirok energiyasi; A17 - gruntning muzlashi va h.k.
    Dinamik ta’sirlar (A2 ,
    bu erda A21- zilzila; A22- texnogen ta’sirlar (transport yuki ta’siridagi titrashlar va h.k.); A23- portlash ta’siri va h.k.

    Download 148 Kb.
      1   2




    Download 148 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bino va inshootlarga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy va texnogen omillar

    Download 148 Kb.