Ta'lim jarayonida kompyuterli loyihalash fani integratsiyasi matyaqubov Odilbek Egamberdiyevich




Download 405.65 Kb.
Pdf ko'rish
Sana24.05.2023
Hajmi405.65 Kb.
#64199
Bog'liq
talim-jarayonida-kompyuterli-loyihalash-fani-integratsiyasi
1 ma\'ruza. Kirish, Foydali qazilmalarni ochiq usulda qazib olish to’g’risida tushun-fayllar.org


[209] 
TA'LIM JARAYONIDA KOMPYUTERLI LOYIHALASH FANI INTEGRATSIYASI 
Matyaqubov Odilbek Egamberdiyevich 
Urganch Davlat universiteti “Transport tizimlari” kafedarasi o‘qituvchisi 
encourse1991@gmail.com
 (+998933003467)
Qadirov Islom Rayimbergan o’g’li 
Urganch Davlat universiteti “Transport tizimlari” kafedarasi o‘qituvchisi 
islomqadirov1415@gmail.com
  (+998919991415)
Radjapov Bahodir Sharifboyevich 
Urganch Davlat universiteti “Transport tizimlari” kafedarasi o‘qituvchisi 
Radzapovbahodir0@gmail.com
 (+998999676160) 
Annotatsiya: Mazkur maqolada ta’lim jarayonida oliy o’quv yurtlarida Kompyuterli loyihalash
fanlari integratsiyasi haqida fikr- mulohazalar bildirildi. 
Kalit so`zlar: CAD/CAM/CAE tizimlari, axborot, texnologiya, elektron jadval, modellashtirish. 
Hozirgi davrda olimlar innovatsion ta'lim texnologiyalari tarkibini samarali 
usul va vositalar asosida tizimlashtirib, ularning tub mohiyatini ochib berishga 
erishmoqdalar. Ayniqsa, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarning jadal rivojlanishi
axborot-ta'lim muhitini shakllantirishga va innovatsion darslarni tashkil etishga keng 
imkoniyatlarni ochib bermoqda.Zamonaviy o'qituvchining jamiyatni axborotlashtirish
sharoitida ishlashgatayyorligini belgilab beradigan quyidagi axborot-kommunikativ
salohiyatlar muhim hisoblanadi: kasbiy vazifalarni informatikaning zamonaviy vositalari va
metodlarini axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalangan holda bajara olish
malakasi; kasbiy faoliyatda axborot-kommunikativ texnologiyalardan foydalanish borasida 
tayyorgarlik darajasini real aks ettiruvchi, shakllanib ulgurgan shaxsiy sifatlari; vaziyatni
to'g`ri baholash va pedagogik faoliyatda axborot- kommunikativ texnologiyalardan 
foydalangan holda samarali qarorlar qabul qila oladigan predmet-maxsus bilimlarni tashkil etish 


[210] 
imkoniyatiga ega bo'lish. Matematika fanlarini o'qitishga yangi texnik vositalar, shu
jumladan, kompyuter va boshqa axborot texnologiyalarining jadal kirib kelayotgan hozirgi 
davrida fanlararo uzviylikni ta`minlash maqsadida Kompyuterli loyihalash fani yutuqlaridan 
foydalanish dolzarb masalalardan biridir. Kompyuter texnikalarini ta`lim muassasalariga 
tatbiq etish, o'qitish jarayonini optimallashtirishga keng yo'l ochib beradi. Keyingi o'n yillikda
kompyuterli loyihalash fanini o'qitishda kompyuterlardan foydalanish bir necha asosiy
yo'nalishlarda olib borildi. Bularga kompyuter yordamida ishlab chiqarish jadalligini oshirish,
turli tipdagi loyihalarni ishlab chiqish va rivojlantirish, bilishga oid matematikaviy o'yinlarni
ishlab chiqish va boshqalar kiradi. Ko'p holatlarda vujudga keladigan matematik muammoni 
tez va berilgan aniqlikda hal etish uchun professional matematikdan o'z kasbi bilan bir
vaqtda ma`lum bir algoritmik til va dasturlashni bilishi talab qilinadi. Shu maqsadda yillar 
davomida matematiklar uchun ancha qulayliklarga ega bo'lgan matematik sistemalar 
yaratilgan. Bu maxsus sistemalar yordamida turli sonli va analitik matematik hisoblarni, 
oddiy arifmetik hisoblashlardan boshlab, to xususiy hosilali differensial tenglamalarni
yechishdan tashqari, grafiklarni yasashni ham amalga oshirish mumkin. Kompyuter 
texnologiyasida matnlar, tasvirlar, ovozlar, shakllar va shunga o'xshash boshqa ishlarni amalga 
oshirish imkoniyatlari maxsus dasturlash yordamida juda yengil va tezkorlik bilan hal
etilmoqda. Shuning uchun matematika, fizika, ximiya, biologiya va boshqa fanlarni
o'qitishda kompyuter texnologiyasidan foydalanish ijobiy natijalarni olib kelmoqda. Haqiqatdan
o'qituvchi Windows operatsion tizimi bilan ishlatiladigan Word matn muharriri, Power
Point, Internet, Excel va CAD/CAM/CAE maxsus amaliy dasturlar, multimedia vositalari 
yordamida yengilgina o'z darsini kompyuter texnologiyasidan foydalanib tashkil etishi mumkin.
Buning natijasida o'quvchilarda fanga bo'lgan qiziqish ortadi, o'tilgan mavzuni tushinish,
kerakli tushunchani anglash va o'zlashtirish jarayoni tez kechadi. Elektron jadvallar asosan 
iqtisodiy masalalarni yechishga mo'ljallangan bo'lsada. Uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa 
sohaga tegishli masalalarni yechishga ham, masalan, formulalar bo'yicha hisoblash ishlarini olib 
borish, grafik va diagrammalar qurishga katta yordam beradi. Exceldagi avtomatik to'ldirish 
imkoniyatidan foydalanib sonli qiymatlarni va matn elementlarini kiritishni osonlashtirish
mumkin. Bu imkoniyat ayniqsa funksiya qiymatlarini jadval-lashtirishda katta yordam


[211] 
beradi. Funksiya qiymatlarini ma'lum qadam bilan hisoblash matematikaning juda ko'p 
bo'limlarida uchraydi. Ayni shu imkoniyatlardan foydalanib matematika fakultetidagi talabalar
funksiyalarning grafiklarini hosil qilishlari va shu tariqa ayrim murakkabroq funksiyalarning 
xossalarini ekranda aniq ko'rishlari mumkin. Matlab dasturidagi funksiya va uning 
argumentlarini avtomatik tartibda kiritishga yordam beradi. Funksiyalar algoritmini kodlar 
yordamida kiritish ,funksiyaning yozilishi va uning hamma argumentlarini sintaktik to'g`ri 
tartibda kiritilishini ta'minlaydi. Bu esa o'z navbatida talabalarning funksiyalarning xossalarini
qiynalmay va tezda o'rganishlariga juda katta yordam beradi. O`sib kelayotgan yosh avlodni 
ma'naviy - mafkuraviy jihatdan tarbiyalash ishi faqatgina ta'lim muassasalaridagina olib borilib
qolinmaydi. Balki, bu ish umumjamiyat miqyosida amalga oshiriladi. Bu jarayonda axborot
texnologiyalari, oliy ta’lim,o’rta maxsus ta’lim,oila, mahalla, xuquqiy tashkilotlar, ma'naviy - 
mafkuraviy markazlar, ijtimoiy institutlar, mehnat jamoalarining o`rni ham beqiyosdir. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR VA INTERNET RESURSLARI: 
1. H.T. Omonov, N.X. Xo‘jayev, S.A. Madyarova, E.U. Eshchonov, Pedagogik texnologiyalar 
va pedagogik mahorat - Toshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2009-yil.
2.Azizxojayeva N.N. Pedagogika va pedagogik mahorat- T:,TDPI, Nizomiy 2003-yil. 
3. Avliyoqulov N. Zamonaviy o’qitish texnalogiyalari- T:, 2001-yil. 
4. Yo‗ldoshev J, Usmonov S. Pedagogik texnalogiya asoslari- T:, O’qituvchi 2004-yil. 
 

Download 405.65 Kb.




Download 405.65 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta'lim jarayonida kompyuterli loyihalash fani integratsiyasi matyaqubov Odilbek Egamberdiyevich

Download 405.65 Kb.
Pdf ko'rish