• Ilmiy rahbar: ______S.Sattarov
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




    Download 162.28 Kb.
    bet1/3
    Sana07.09.2023
    Hajmi162.28 Kb.
    #80616
      1   2   3
    Bog'liq
    doc 2023-01-31 20-28-12.LOYOHA TAYORCHA
    1 soatlik dars ishlanma slayd, 14. Qidiruv algoritmlarining qiyosiy tahlili, 7-sinf-informatika-dars-ishlanmasi, 0-16 yoshlar jadvali umumiy, Multi-level speaking, matematika-darslarida-didaktik-prinsiplar-va-ularning-mohiyati, 7-Mavzu Boshlang‘ich sinf matematikadan darsdan tashqari mashg‘, 6-Mavzu, 211-Guruh talabasi M-SH, Global tarmoqdagi ishlarni tashkil etish. Tibbiy-biologik axboro, khjkijgkhj, Fintech, Dilya OBS 1, 4041

    O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
    TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
    Informatika va matematika” fakulteti «Informatika va uni o`qitish metodikasi» kafedrasi «Informatikani o`qitish texnologiyalari va loyihalashtirish» fanidan
    Himoyaga tavsiya etilsin.
    fakultet dekani ______________ U. Berdiyev
    _____” ___________2022 yil




    Mavzu:Axborot resurslaridan foydalanish zamonaviy usullari
    Himoyaga tavsiya etilsin.
    kafedra mudiri: _________ E. Xoliyarov


    Ilmiy rahbar: ______S.Sattarov

    4-bosqich 19-03 IOM guruh talabasi

    Shaydullayev Asliddin.


    2022-2023 o`quv yili













    Mundarija:
    Kirish
    I-bob. . Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi
    1.1 Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari
    1.2 Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi
    II-bob Axborot va kommunikatsiya sohasi dagi globallashuv
    2.1 Axborot madaniyati tushunchasi.
    2.2 Axborot madaniyatini shakllantirishda zamonaviy usullar
    Xulosa
    Foydalanilgan adabiyotlar





    Kirish
    Kompyuter texnologiyalarining jadal rivojlanishi tufayli odamlar dunyoningistalgan nuqtasida turli xil ma'lumotlarga ega bo'lishadi, ma'lumot almashadilar va real vaqtda muloqot qilishadi. Axborot oqimlarida erkin yo'nalish uchun har qanday profilning zamonaviy mutaxassisi kompyuter, telekommunikatsiya va boshqa aloqa vositalaridan foydalangan holda ma'lumotlarni qabul qilishi, qayta ishlashi va ishlatishi kerak. Ammo buning uchun siz mavjud bo'lgan juda ko'p miqdordagi ma'lumot orqali navigatsiya qoidalarini bilishingiz va ma'lum bir madaniy madaniyatga ega bo'lishingiz kerak.Axborotlashgan jamiyat taraqqiyoti. Yangi axborot texnologiyalarining yaratilishi va ularning jamiyat turli jabhalariga kirib borishi informatikaning yangi sohasi - ijtimoiy informatika fanining ajralib chiqishiga sabab bo’ldi. Ijtimoiy informatika quyidagi masalalarni o’rganadi:
     Axborotlashgan jamiyat taraqqiyotining qonuniyatlari va muammolari;
     Axborot resurslari jamiyat rivojining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
    faktorlari sifatida;
     Axborotlashgan jamiyatda shaxs;
     Axborot madaniyati;
     Axborot xavfsizligi;
    Axborotlashgan jamiyat termini Yaponiyada paydo bo’ldi . Mutaxassislar ushbu termin yuqori sifatli axborot mo’l-ko’l bo’lgan va uni saqlash, taqsimlash va foydalanish uchun barcha vositalarga ega bo’lgan jamiyatni ifodalaydi, deb e’tirof
    etadilar. Axborotlar manfaatdor kishilarga tez va oson hamda qulay shaklda etkazib beriladi.Axborot xizmatlari uchun narxlar shu darajada past bo’lishi kerakki, amiyatning har bir a’zosi undan ehtiyojiga qarab foydalansin. Arademik V.A. Izvozchikov axborotlashgan jamiyat xususiyatlarini ifoda etuvchi quyidagi ta’rifni taklif etgan:
    “Axborotlashgan jamiyat deb, jamiyatning barcha sohalari hamda a’zolari hayoti va faoliyatida kompyuter, telematika va boshqa vositalar aqliy mehnat qurollari sifatida ishlatiluvchi , kutubxonalardan foydalanish, katta tezlik va aniqlikda axborotlarni qayta ishlash, real va prognozlashtirilgan hodisalarni modellashtirish, , ishlab chiqarishni boshqarish, ta’limni avtomatlashtirish va boshqa vazifalarni bajarish imkoniyatiga ega bo’lgan jamiyatga_aytiladi.
    Bunday jamiyatda:
    Hohlagan kishi , gurux yoki ixtiyoriy korxona-tashkilot o’z faoliyati uchun zarur bo’ladigan axborot resurslaridan foydalana jlishi;
     Zamonaviy axborot texnologiyalari va aloqa vositalarining taqdim etilishi;
     Ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy rivojlanish masalalarini echish uchun zarur bo’lgan axborot resurslarini doimiy yangilash va to’ldirish imkoniyatini beruvchi rivojlangan axborot infrastrukturasiga ega bo’lish.
    Axborotlashgan jamiyat darajasiga eng yaqin kelgan davlatlarga AQSh, Yaponiya, G’arbiy Evropa davlatlari kiradi.
    1.1. Insoniyatning axborotlashgan jamiyat sari bosib o’tgan yo’li. Axborot hamisha jamiyat hayotida ham, alohida shaxs hayotida ham muhim o’rin egallagan. Insoniyat tarixida axborotlarni yig’ish, saqlash va uzatish vositalarining pivojlanish jarayoni bir tekis kechmagan va bir necha bor axborot sohasida “Informatsion inqilob” deb ataluvchi global ahamiyat kasb etuvchi hodisalar yuz bergan. Birinchi information inqilob yozuvning kashf etilishi bilan bog’liq. Yozuv insoniyatga bilimlarni to’plash va uni avlodlarga uzatish imkonini berdi.O’z yozuviga ega bo’lgan sivilizatsiyalar boshqalariga nisbatan uqori iqtisodiq va madaniy darajaga erishganligi ma’lum. Bunga misol qilib, Qadimgi Misr, Ikki daryo oralog’i davlatlari,Xitoy kabilarni keltirish mumkin.Bu borada piktografik va ieroglifik yozuvdan alfavitli yozuvga o’tish alohida ahamiyatga ega bo’ldi. Ikkinchi information inqilob (XVI asr o’rtalari) – kitob bosishning ixtiro qilinishi bilan bog’liq.Bu hodisa axborotlarni caqlabgina qolmay, ularni ommaga yoyish imkoniyatini yaratdi.Savodxonlik alohoda tabaqalar doirasidan chiqib, ommaviy tusga kirdi.Bular ilmiy texnika rivojlanish jarayonini tezlashtirdi. Kitoblar bilimlarning alohida mamlakat chegarasidan chiqib, umuminsoniy sivilizatsiya yaratilish jarayonoga turtki bo’ldi. Uchinchi information iqilob ( XIX asr oxiri) aloqa vositalarining taraqqiyoti bilan bog’liq. Telegraf , telefon va radio ma’lumotlarni turli masofalarga operativ uzatish va qabul qilish imkonini berdi.Insoniyat taraqqiyotining aynan shu bosqichi
    “globallashuv” jarayonining debochasi bo’lib qoldi. Axborot uzatish vositslarining taraqqiyoti tezkor va ishonchli aloqa vositalariga muxtoj bo’lgan fan va texnikaning gurkirab rivojlanishiga olib keldi.
    To’rtinchi information inqilob ( XX asrning 70–yillari) mikroprotsessorli texnika va xususan, personalkompyuterlarning paydo bo’lishi bilan bog’liq.Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, axborot revolyutsiyasiga ХХ-asr o’rtalarida kompyuterlarning paydo bo’lishi emas, mikroprotsessorli tizimlarning keng tarqalishi sabab bo’ldi. Ushbu jarayon axborotlarni saqlash va izlash tizimlarini radikal o’zgartirib, kompyuterli telekommunukatsiyalarning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. Aynan to’rtinchi information inqilob “Axborotlashgan jamiyat” rivogiga asos soldi. Axborot katta oqimlarining vujudga kelishi vujudga kelishiga:
     Bilimlarning turli sohalari bo’yicha davriy nashrlarning ko’payib borishi; masalan, ХХ asr boshlarida ilmiy xodim uchun fizika sohasida chop etiladigan 10 tagacha oylik jurnal bilan tanishib borish etarli hisoblangan bo’lsa, asr oxiriga kelib, bu ro’rsatkich 100 ga etdi.
     Ilmiy va amaliy faoliyat natijalari e’lon qilinadigan kitob, xujjatlar, hisobotlar, dissertatsiyalar va boshqalar miqdorining katta tezlik bilan ko’payib borishi. sabab bo’ldi.Yuqorida ta’kidlab o’tilgan XX asr o’rtalaridagi ushbu holatni “Informatsion portlash” deb ham atashadi. Mutaxassislar fikriga ko’ra, 1900 –yilgasha bilimlarning to’planishi va rivojlanishi juda sekinlik bilan brogan bo’lsa, 1900 yildan keyin har 50 yilda 2 baravarga, 1950 yildan keyin har 10 yilda 2 baravarga, 1970 yildan boshlab, har 5 yilda , XX asr oxiridan boshlab har yili 2 baravarga ortib bormoqda. Axborot inqirozi bir qancha salbiy holatlarni keltirib hiqardi. Ular orasida insonning chegaralangan qabul qilish va qayta ishlash imkoniyatlari bilan doimiy ko’payib boruvchi axborot oqimlari o’rtasidagi qarama-qarshilik; foydali axborotlarni o’zlashtirishga halal beruvchi ulkan ortiqcha axborot massasining mavjudligi; axborot tarqalishiga xalaqit beruvchi iqtisodiy, siyosiy va boshqa to’siqlarning mustahkamlanishi muammolarini ajratish mumkin. Axborotlashgan jamiyat vazifalaridan biri – inqiroz oqibatlarini yumshatishdan iborat.
    1.2. Axborotlashtirish. O’zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrdagi “Axborotlashtirish to’g’risida”gi Qonuni 15-moddasida Milliy axborot tizimiga davlat organlarining axborot tizimlari, tarmoq va hududiy axborot tizimlari, shuningdek yuridik hamda jismoniy shaxslarning axborot tizimlari kiradi. Milliy axborot tizimi uning tarkibiga kiruvchi axborot tizimlarining xalqaro axborot tizimlari bilan bir-biriga mosligini hisobga olgan holda yaratiladi. Hozirgi davrda fan va texnikada ko’p qullaniladigan tushunchalardan biritizimdir. Axborot tizimini ishlab chiqarishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hakozo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir. O’zbekiston Respublikasining axborotlashtirish sohasidagi davlat siyosati axborot resurslari, axborot texnologiyalari va axborot tizimlarini rivojlantirish hamda takomillashtirishning zamonaviy jahon tamoyillarini hisobga olgan holda, milliy axborot tizimini yaratishga qaratilgan. Ta’kidlash joizki, milliy axborot tizimiga davlat organlari, shuningdek, yuridik hamda jismoniy shaxslar, tarmoq va hududiy axborot tizimlari kiradi. Axborot tizimi esa axborotni to’plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalaridir. Axborot tizimi tarkibidagi elektron shakldagi axborot, ma’lumotlar banki, ma’lumotlar bazasi axborot resurslarini tashkil etadi. O’zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to’g’risida”gi qonuni (11.12.2003 yil) 19-moddasida ko’rsatilganidek, axborot resurslari va axborot tizimlarini muhofaza qilish avvalambor, shaxs, jamiyat va davlatning axborot xavfsizligini ta’minlash maqsadida amalga oshiriladi. Mazkur qonunning 20-moddasida: “Axborot resurslari va axborot tizimlari, agar ular bilan g’ayriqonuniy munosabatda bo’lish natijasida axborot resurslarining yoki axborot tizimlarining mulkdorlariga, egalariga yohud boshqa yuridik hamda jismoniy shaxslarga zarar yetkazilishi mumkin bo’lsa, muhofaza qilinishi kerak. Davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar davlat sirlari hamda maxfiy sirlar to’g’risidagi axborotni o’z ichiga olgan axborot resurslari va axborot tizimlarining muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”, deb alohida ko’rsatilgan. Davlat organlari axborot tizimlari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin: · Muayyan davlat organi tomonidan maqsad hamda vazifalarini amalga oshirishga xizmat qiluvchi tranzaksiyali va hisobdagi mavjud quyi tizimlar; · Milliy axborot tizimi tarkibidagi, davlat organlari o’rtasida axborot tizimlari orqali ma’lumot almashinishga xizmat qiluvchi quyi tizimlar;
    · Davlat organi faoliyatida boshqaruv va ish jarayonini osonlashtirishga xizmat qiluvchi resurslarni boshqarishning quyi tizimlari;
    · Davlat organlari faoliyatida ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash, saqlash va tahlil qilishga xizmat qiluvchi axborot-tahliliy quyi tizimlar;
    · Elektron hujjat almashinuvining quyi tizimlari;
    · Hujjatlarning elektron arxivini boshqarishga doir quyi tizimlar;
    · Ekspluatatsiyani boshqarish(infratuzilma komponentlarini boshqarish tizimlari)ga oid quyi tizimlar;
    · Davlat organi to’g’risida Internet yoki boshqa kanallar orqali axborot yetkazish, jismoniy va yuridik shaxslar o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlaydigan quyi tizimlar;
    · Axborot xavfsizligini ta’minlaydigan quyi tizimlar;
    · Hujjat tayyorlash va axborot almashish maqsadida davlat organi xodimlari tomonidan foydalaniladigan idoraviy quyi tizimlar. Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish – yuridik vа jismоniy shахslаrning ахbоrоtgа bo’lgаn ehtiyojlаrini qоndirish uchun ахbоrоt rеsurslаri, ахbоrоt tехnоlоgiyalаri hаmdа ахbоrоt tizimlаridаn fоydаlаngаn hоldа shаrоit yarаtishning tаshkiliy ijtimоiy iqtisоdiy vа ilmiy – tехnikаviy jаrаyonidir. Jаmiyatni ахbоrоtlаshtirish jаrаyoni quyidаgi qаtоr muаmmоlаrning hаl etilishini tаlаb etаdi:
    1. Hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаrini jаmiyat fаоliyatining bаrchа tаrmоqlаrigа tаdbiq qilish.
    2. Jаmiyat а’zоlаrini hisоblаsh tехnikаsi vоsitаlаridаn sаmаrаli fоydаlаnishgа o’rgаtish.
    3. Jаmiyat а’zоlаrining turli xil ehtiyojlаrini qоndirishdа ахbоrоt rеsurslаridаn to’lа vа sаmаrаli fоydаlаnishlаrini tа’minlаsh.
    Jamiyatni axborotlashtirishda axborot zaxiralari muhim rol o’ynaydi. Uni talqin etish va muhokama qilish axborotlashgan jamiyatga o’tish davri haqida gap borgan davrdan davom etib keladi. Bu masala bo’yicha ko’plab nashrlar e’lon qilingan, ularda turli fikrlar, tushunchalar o’z aksini topgan. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ma’lumotlarning ulkan oqimida axborotlarni ko’rib chiqish, tahlil etish va oqilona foydalanishni ko'zda tutadi. Axborotlarni tanlash ancha mehnat talab qiladigan, ya’ni qimmat turadigan jarayondir. Hozirgi kunda axborot resurslari murakkab va ko'pqirrali obyekt sifatida namoyon bo’lib, uni quyidagi parametrlar bilan izohlash mumkin:
    · axborotlarning mazmuni;
    · axborotga bo’lgan mulkchilik shakli: jamoatchilik mulki, davlat mulki, jamoa tashkilotlari mulki, yuridik shaxs mulki, jismoniy shaxs mulki;
    · axborotlarga kirish imkoniyatlari: ochiq, yopiq, maxfiy, tijorat siri, xizmat siri, kasbiy sir;
    · axborotlarni taqdim etish shakllari: matn hujjatlari, obzorlar, tarkiblashtirilgan ma’lumotlar – ma’lumotlar ombori, ma’lumotlar banki.
    Bugungi kunda noana’naviy tahdidlar xalqaro moja rolarning qiyofasini utunlay o’zgartirmoqda va informatsion-psixologik xurujlar sezilarli xavf-xatar tug’dirmoqda. Ular armiyamizning negiziga putur yetkazish, avvalo uning ma’naviy-ahloqiy asoslariga ta’sir o’tkazishga urinish va shuningdek, zamonaviy internet texnologiyalaridan foydalanish orqali bizning bunyodkorlik ruhidagi boy madaniyatimiz, ma’naviy qadriyat va an’analarimizga mutlaqo zid bo’lgan uzg’unchi g’oya va tushunchalarni yoshlarimiz ongu tafakkuriga singdirishga qaratilgani bilan ayniqsa xatarlidir.
    I. A. Karimov.
    Axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e’tibor berilmas ekan, u borgan sari kuchayib boradi. Natijada, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy “qurol”ga aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga kelishiga sabab
    bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e’tibor ortib bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati “Xavfsizlik”ka bo‘lgan zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda.
    Bugungi kunda, Insoniyat qo‘lida mavjud bo‘lgan qurol-yarog‘lar Yer kurrasini bir necha bor yakson qilishga yetadi. Buni hammamiz yaxshi anglaymiz. Lekin hozirgi zamondagi eng katta xavf – insonlar ning qalbi va ongini egallash uchun uzluksiz davom etayotgan mafkuraviy kurashdir. Endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo‘layotgan kurashlar ko‘p narsani hal qiladi.
    Kurashning bu turida eng samarali qurol – axborot. Shu bois, axborotni o‘z maqsadlariga xizmat qildirishga intilish keskin tus olmoqda. Axborot, uni uzatish, qayta ishlash va yig‘ish bosqichlari o‘ziga xos xususiyatga ega ekanligi bilan ham ahamiyatlidir. Ya’ni, insonning oddiy, kundalik ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan xatti-harakatlarining asosini ham, dunyo mamlakat larining insoniyat taqdiriga dahldor bo‘lgan qarorlarining manbaini ham axborot tashkil etadi. Bu esa o‘z navbatida g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi.
    Axborot xurujlarining tez-tez uyushtirilayotgani aslida “urush”ga munosabatni o‘zgarganidan, qurolning yangi turi kashf qilinganidan darak beradi. Axborot bilan qurollangan bunday xurujlar davlatlar tomonidan o‘z manfaatlari doirasini kengaytirish maqsadida uyushtirilar ekan, bunday vaziyat mavjud bo‘lmaydi. Hozirda turli usullarda olib borilayotgan mafkuraviy targ‘ibot va tashviqotlarning asl maqsadi - inson qalbi va ongi uchun kurashga qaratilgan. Bu kurash natijasiga ko‘ra uchta asosiy bosqichdan iborat.
    Birinchisi –muayyan axborot inson tomonidan qabul qilinmaydi. Ikkinchisi –axborot inson ongida ma’lumot sifatida saqlanib qolishi va u bundan boshqa bir masala yuzasidan qarorlar qabul qilishda solishtiruvchi manba sifatida foydalanish mumkin. Uchinchisi – axborot fikr yoki g‘oya sifatida inson qalbini egallashi, ma’naviy-ruhiy holatining uzviy qismiga aylanishi hamda bu uning amaliy faoliyati asosini
    tashkil qiluvchi omil bo‘lib qolishi mumkin. Axborot sohasida dunyo miqyosida yuz berayotgan globallashuvning jobiy va salbiy jihatlari juda ko‘p. Ushbu jarayonni o‘rganar ekanmiz, avvalo, globallashuv nima, degan savolga javob topishga harakat qilamiz.
    Global, fransuzcha – global, ya’ni, umumiy, lotincha – globus, ya’ni, shar degan ma’nolarni anglatadi. Uni keng ma’noda, birinch idan, butun yer sharini qamrab oluvchi, ikkinchidan, har tomonlama, to‘liq, yalpi, universal deb tushunish mumkin. Shundan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, globallashuv – kishilik jamiyatidagi mahalliy ahamiyatga molik axborot, madaniy, iqtisodiy, geosiyosiy makonlarning bir tizimga birlashuvi jarayonidir. Yer sharining turg‘un transport yo‘llari bilan birlashtirilishi, axborot texnologiyalari rivojlanishi natijasida axborotning bir zumda butun dunyoga tarqalishi globallashuvning o‘ziga xos ko‘rinishlari, deyish mumkin.Globallashuv jarayonining ijobiy va salbiy jihatlari anchagina. Zero, davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirishda bu jarayon g‘oyat muhim o‘rin tutadi. Ayniqsa,zamonaviy kommunikatsiya va axborot texnologiyalari, ilm-fan yutuqlaridan hammaning birdek bahramand bo‘lishi, yangiliklar va boshqa muhim axborotlar tezlik bilan tarqalishi ijobiy holdir. Turli muammolarni hal etish, aytaylik, tabiiy ofatlarni bartaraf qilish, og‘ir ahvolga tushib qolganida mamlakatlarning bir-biriga o‘zaro yordam ko‘rsatish imkoniyatlari globallashuv jarayonida yanada yuqori darajaga ko‘ta rilishi tabiiy holga aylangan. Insoniyatning shunday mo’jizakor yutuqlaridan ham ba’zi buzg‘unchilar salbiy maqsadlarda foydalanayotganlari taassufli holdir.
    “Ayni paytda hayot haqiqati shuni ko’rsatadiki, har qanday taraqqiyot mahsulidan ikki xil maqsadda ezgulik va yovuzlik yo‘lida foydalanish mumkin. Agarki bashariyat tarixini, uning tafakkur rivojini tarkibiy ravishda ko‘zdan kechiradigan bo‘lsak, hayotda insonni kamolotga, yuksak marralarga chorlaydigan ezgu g‘oya va ta’limotlar bilan yovuz va zararli g‘oyalar o‘rtasida azaldan kurash mavjud bo‘lib kelganini va bu kurash bugun ham davom etayotganini ko‘ramiz. Bugungi kunda zamonaviy axborot maydonidagi harakatlar shu qadar tig‘iz, shu qadar tezkorki, endi ilgarigidek, ha, bu voqea bizdan juda olisda yuz beribdi, uning bizga aloqasi yo‘q, deb beparvo qarab bo‘lmaydi. Ana shunday kayfiyatga berilgan xalq yoki millat taraqqiyotdan yuz yillar orqada qolib ketishi hech gap emas”.
    14 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi professori Abdullajon Begmatov qayd etishicha, ayrim mutaxassislar globallashuvni turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, ma’naviyati, odamlari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir va bog‘liqlikning kuchayishi deb ta’riflaydilar. U fransuz tadqiqotchisi B.Bandining globallashuv jarayoni
    haqidagi quyidagi fikrlarini keltiradi:
    Globallashuv – muttasil davom etadigan tarixiy jarayon;
    Globallashuv – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni;
    Globallashuv – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni.
    Bu ta’riflarda keltirilgan globallashuv jahonda yuz berayotgan turli jarayonlar bilan bog‘liqdir.
    Shu o‘rinda muallif globallashuvning mamlakatlar iqtisodiy siyosati va ma’naviyatiga o‘tkazishi mumkin bo‘lgan ijobiy va salbiy ta’siri haqida so‘z yuritar ekan, Hindistonning mashhur davlat arbobi Mahatma Gandining quyidagi so‘zlarini ta’kidlaydi: “Men uyimning darvoza va eshiklarini doim ahkam berkitib o‘tira olmayman, chunki uyimga toza havo kirib turishi kerak. Shu bilan birga ochilgan eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo‘lib uyimni ag‘dar-to‘ntar qilib tashlashi, o‘zimni esa yiqitib yuborishini ham istamayman”. Globallashuv tarafdorlari globalistlar, deb ataladi. Ular orasida davlat arboblari, siyosatdonlar, sanoatchi va biznesmenlar ko‘proq uchraydi.
    Globallashuv muxoliflari esa aksilglobalistlar nomini olgan bo‘lib, ular orasida ko‘proq so‘l kuchlar, kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotining vakillari bor. MDH hududida aksilglobalistlar Rossiya Federatsiyasi hududida faol harakat olib bormoqdalar. Bu yerda ular turli anjumanlar, seminarlar o‘tkazish uchun to‘planib turadilar.
    XX asr o‘rtalarida globalla shuvning institutsionallashuvi, ya’ni tashkillashuvi kuchaygandan keyin bu jarayonning o‘zi ham keskin tezlashdi va kuchaydi. Institutsionallashuvning kuchayganini Butunjahon savdo tashkiloti,
    Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Jahon banki, Yevropa taraqqiyoti va tiklanish banki ulkan tashkilotlarning vujudga kelgani misolida ham ko‘rish mumkin.Tahlil shuni ko‘rsatadiki, globalizm tarafdorlari ham, dushmanlari ham asosiy e’tiborni iqtisodiyot sohasiga qaratishadi. Globallashuvning ma’naviyatga ta’siri va ma’naviy globallashuv masalalari sotsiologiya, falsafa kabi fanlarda o‘z aksini topishi zarur. Binobarin, qandaydir yot g‘oyalar, oqimlar va mafkuralar ma’naviyatimizga
    vayronkor ta’sir o‘tkazishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Chetdan o‘tkaziladigan har qanday mafkuraviy ta’sirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan avval qanday ta’sirlar ijobiy ma’no kasb etadi-yu, qaysilari ortiqcha ekanligini aniqlab olish zarur.
    O‘rta Osiyo xalqlari madaniyati va ma’naviyati ham Sharq va G‘arbni tutashtirgan karvon yo‘llarida joylashgani sababli ham Sharq, ham G‘arb madaniyatidan bahramand bo‘lgan. Muhimi shundaki, xalqimiz G‘arb va Sharq ma’naviyatidan bahramand bo‘lib ularning ijobiy tomonlarini o‘zlashtiribgina qolmay, ularga ijodiy yondashib yangi cho‘qqilarga ko‘tarildi. Bu fikrning tasdig‘ini ma’naviyatning tarkibiy qismlari bo‘lgan ilmiy bilimlar, diniy e’tiqod, san’at durdonalari misolida ham ko‘rish
    mumkin. Ayrim mutaxassislar globallashuvni aniq voqeliklarga tayangan holda izohlaydilar. Undan kelib chiqadigan xulosalarni izohlash mumkin:
    1.G‘oyalar va madaniyat sohasidagi globallashuv.Yagona axborot makonida
    ilg‘or va insonparvar g‘oyalar o‘zaro yaqinlashib boraveradi. Madaniyat sohasida ham umumbashariy g‘oyalar globallashib borayotgani kuzatilmoqda. u borada O‘zbekiston dunyo taraqqiyotiga xizmat qilayotgan hamda milliy madaniyatimizga mos keladigan madaniy boyliklarga alohida e’tibor bilan
    qaraydi. Ya’ni, turli rivojlangan davlatlar bilan madaniy aloqalarini muttasil rivojlantirib boraveradi.

    Download 162.28 Kb.
      1   2   3




    Download 162.28 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta

    Download 162.28 Kb.