• Kalit so‘zlar
  • Foydalanilgan adabiyotlar
  • Matematika darslarida didaktik prinsiplar va ularning mohiyati




    Download 206.04 Kb.
    Pdf ko'rish
    Sana27.09.2023
    Hajmi206.04 Kb.
    #84523
    Bog'liq
    matematika-darslarida-didaktik-prinsiplar-va-ularning-mohiyati
    1 soatlik dars ishlanma slayd, 14. Qidiruv algoritmlarining qiyosiy tahlili, 7-sinf-informatika-dars-ishlanmasi, 0-16 yoshlar jadvali umumiy, Multi-level speaking, doc 2023-01-31 20-28-12.LOYOHA TAYORCHA, 7-Mavzu Boshlang‘ich sinf matematikadan darsdan tashqari mashg‘, 6-Mavzu, 211-Guruh talabasi M-SH, Global tarmoqdagi ishlarni tashkil etish. Tibbiy-biologik axboro, khjkijgkhj, Fintech, Dilya OBS 1, 4041


    Matematika darslarida didaktik prinsiplar va ularning 
    mohiyati 
     
    Gulnoza Andusharibovna Ollamova 
    Xorazm viloyati, Qo‘shko‘pir tumani, 48-maktab 
     
    Annotatsiya: Har bir fanni o‘qitishda ma’lum bir prinsiplarga tayanib darslar 
    tashkil qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari darslarida ham barcha fanlarnio‘qitish 
    jarayonlarida ham didaktik prinspiplarga tayaniladi. Ushbu prinsiplar o‘zining 
    tuzilishi, mohiyati va samaradorligi bilan bir-biridan farq qiladi. Ushbu maqolada 
    matematika darslarida didaktik prinsiplar va ularning mohiyati haqida so‘z yuritiladi. 
    Kalit so‘zlar: matematika, nazariya, ta’lim, didaktik prinsiplar, metodlar. 
    Didactic principles and their essence in mathematics classes 
    Gulnoza Andusharibovna Ollamova 
    Khorezm region, Koshkopir district, School №48 
    Abstract: In the teaching of each subject, lessons are organized based on certain 
    principles. Didactic principles are relied on in the lessons of general secondary schools 
    and in the teaching processes of all subjects. These principles differ from each other in 
    their structure, essence and effectiveness. This article talks about didactic principles 
    and their essence in mathematics lessons. 
    Keywords: mathematics, theory, education, didactic principles, methods. 
    Asosiy qism 
    Ma’lumki, didaktik prinsiplar ta’lim nazariyasining asosini tashkil qiladi. 
    Shuning uchun ham o‘quv materialini tushuntirish metodlarini tanlashda ta’lim 
    nazariyasi tomonidan ishlab chiqilgan quyidagi didaktik prinsiplarga amal qilish kerak. 
    1. Ilmiylik prinsipi. Bu prinsipning mohiyati shundan iboratki, maktab 
    matematika kursida o‘tiladigan har bir mavzu materiali nazariy jihatdan isbotlangan, 
    ya’ni avvalgi o‘tilgan matematik tushuncha, aksioma va teoremalarga asoslangan 
    holda bayon qilinishi lozim. Ilmiylik prinsipi matematika darsining har bir qadamida 
    kerakbo‘ladi, masalan, o‘qituvchi o‘quvchilarga x
    2
    +1 tenglamani yeching desa, 
    qo‘yilgan bu savol to‘la ilmiy asosga ega bo‘lmaydi, chunki o‘quvchilar bu tenglamani 
    haqiqiy sonlar to‘plamiga nisbatan yechadigan bo‘lsalar, u yechimga ega emas, agar 
    ular bu tenglamani kompleks sonlar to‘plamiga nisbatan yechadigan bo‘lsalar, u ikkita 
    har xil yechimga ega bo‘ladi. Shuning uchun ham matematika darslarida ilmiylik 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    434


    prinsipi quyidagi talablarga javob berishi kerak: 
    1) o‘rganilayotgan har bir matematik tushuncha, ta’rif, aksioma va teoremalar 
    bayon qilinishi jihatidan sodda va aniq ifodalangan bo‘lishi kerak; 
    2) matematika darslarida o‘rganiladigan har bir mavzu materialiga nisbatan 
    o‘quvchilarni tanqidiy qarashga o‘rgatish hamda ularni ana shu nuqtayi nazardan ilmiy 
    fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish. 
    Ana shu nuqtayi nazardan ilmiylik prinsipi maktab matematika kursida 
    o‘rganiladigan dalillarni ular fanda qanday yoritiladigan bo‘lsa, shunga moslab 
    yoritishni talab etadi. 
    2. Ko‘rsatmalilik prinsipi. Ko‘rsatmalilik prinsipi o‘quvchilar tafakkurining 
    aniqlikdan abstraktlikka qarab rivojlanish xususiyatlariga bog‘liqdir. Matematikani 
    o‘qitishdan asosiy maqsad mantiqiy tafakkumi rivojlantirishdan iboratdir, biroq 
    matematikani o‘qitish aniq dalil va obrazlardan ajralmasdir, aksincha, har qanday 
    masalani o‘rganishni shu aniq dalil va obrazlarni tekshirishdan boshlash kerak bo‘ladi. 
    Ko‘rsatmalilik ilmiy bilishlarga qiziqishni oshiradi, o‘quv materialini o‘zlashtirishni 
    osonlashtiradi va matematik bilimlarni mustahkam bo‘lishiga yordamlashadi. 
    3. Onglilik prinsipi. Onglilik prinsipi o‘quvchilarning o‘quv materialini ongli 
    ravishda o‘zlashtirishga, ya’ni ularni turli dalillarni tushuna bilishga hamda bu dalillar 
    orasidagi bog‘lanishlarni va qonuniyatlarni ocha bilishga o‘rgatishdan iboratdir. 
    Matematikani o‘qitishda bu prinsipning muhimligi shundan iboratki, matematikadan 
    olinadigan bilimlar faqat ongli ravishda o‘zlashtirilgandagina o‘quvchilar miqdoriy 
    munosabatlarning xarakterini, matematik figura va ularning o‘zaro joylanish 
    xususiyatlarini bilib oladilar. Agar onglilik prinsipi mavzu materialini o‘zlashtirish 
    jarayonida buzilsa, o‘quvchilarning oladigan bilimlari yuzaki bilim bo‘lib qoladi. 
    O‘quvchilardagi yuzaki bilimlarni quyidagi hollarda ko‘rishimiz mumkin: 
    1. Agar biror o‘quvchiga funksiyaning grafigini chiz deb aytilsa, u koordinata 
    tekisligida ana shu grafikning umumiy ko‘rinishini chizishi, ammo funksiyaning 
    argument qiymatlariga mos qiymatlarni topib bera olmasligi mumkin. 
    2. O‘quvchi miqdorlarning absolut qiymati ta’rifini biladiyu, ammo uni |x|=5 
    tenglamaga yoki |x|<5 tengsizlikka tatbiq qila olmashgi mumkin. 
    4. Aktivlik prinsipi. Bu prinsipning mohiyati shundan iboratki, bunda maktab 
    matematika kursidagi ta’limning har bir bosqichi rivojlantiruvchi xarakterdagi ta’lim 
    asosiga qurilgan bo‘lishi kerak, bu esa o‘quvchilarning aktiv fikrlash faoliyatlarini 
    shakllantirishga xizmat qiladi. Matematika darslarida o‘quvchilarning aktiv fikrlash 
    faoliyatlarisiz bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirishlariga erishib bo‘lmaydi, shuning 
    uchun ham hozirgi zamon maktab matematika kursining asosiy maqsadi 
    o‘quvchilarning matematika darslarida aktiv fikrlash faoliyatlarini shakllantirishdan 
    iboratdir. 
    O‘quvchilarning matematika darslarida aktiv, ongli fikrlash faoliyatlarini hosil 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    435


    qilish uchun mavzu materialini dars jarayonida muammoli vaziyatlar hosil qilish 
    asosida o‘tish maqsadga muvofiqdir. 
    5. Puxta o‘zlashtirish prinsipi. Puxta o‘zlashtirish prinsipi matematik 
    materiallarni puxta o‘zlashtirishga erishishda ayniqsa katta ahamiyatga egadir. 
    Matematik tushunchalar o‘zaro shunday bog‘langanki, majburiy minimumning biror 
    qisminigina bilmagan taqdirda ham o‘quvchilar o‘z bilimlaridan turmushda foydalana 
    olmay qoladilar. Matematikada hisoblash, algebraic ifodalarni ayniy almashtirish, 
    geometrik figuralarni tasvirlash malakalarini puxta egallashning ahamiyati kattadir. 
    Ayniqsa matematikada boshqa fanlardagiga qaraganda ham, dasturning biror qismini 
    yaxshi o‘zlashtirmasdan va malakani yaxshi mustahkamlamasdan turib muvaffaqiyat 
    bilan oldinga siljish mumkin emas. Yuqoridagilardan ko‘rinadiki, o‘quvchilarning 
    matematika fanidan oladigan bilimlari puxta bo‘lishi uchun quyidagi shartlari 
    bajarilishi zarur. 
    1. O‘quvchilarning matematikaga qiziqishlarini shakllantirish. 
    2. Tushuntirilgan 
    mavzu 
    materialini 
    o‘quvchilarning mantiqiy asosda 
    o‘zlashtirishlariga erishish. 
    3. Matematika darslari davomida o‘quvchilarning mantiqiy fikrlash faoliyatlarini 
    hosil qilib borish. 
    6. Sistemalik prinsipi. Matematika darslarida sistemalik prinsipi shundan 
    iboratki, bunda o‘qitishni shu fanning sistemasiga moslab olib borish talab etiladi. 
    Yuqoridagi fan didaktik prinsiplarini mohiyatiga ko‘ra qo‘llab dars jarayonlarini 
    olib borilishi darsning samaradorligini oshirish uchun yetarlicha xizmat qiladi. 
    Foydalanilgan adabiyotlar 
    1. Alixonov S. Matematika o‘qitish metodikasi. Darslik. Toshkent. 2011. 
    2. Hakimova M.H. Matematika o‘qitish metodikasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 
    2020. 
    3. Yo‘ldoshev J.G‘., Hasanov S. Pedagogik texnologiyalar. - T.: “Iqtisod-moliya” 
    nashriyoti, 2009-y.
    4. Azizxodjayeva N.H. “Pedagogik texnologiya va pedagogik maxorat”- 
    Toshkent.: TDPU, 2003. 
    "Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF) September 2022 / Volume 3 Issue 9
    www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
    436

    Download 206.04 Kb.




    Download 206.04 Kb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matematika darslarida didaktik prinsiplar va ularning mohiyati

    Download 206.04 Kb.
    Pdf ko'rish