• MAVZU: MAKTAB,AKADEMIK LITSEYLAR MATEMATIKASIDA AMALIY MAZMUNLI MASALALARNING O`RNI
  • KIRISH
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




    Download 0.54 Mb.
    bet1/8
    Sana31.10.2023
    Hajmi0.54 Mb.
    #91365
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    2 5427357095995385921
    2-amaliy ish, 1-ma\'ruza, 2-grade cw, Bolalar jismoniy tarbiyasi-fayllar.org, 724764 (1), Mirzayeva S. maqola, mustaqil ish betlik, Ariza qayta topshirish, oktjFzXD4lD7CHi3kekl5VJtpHh4tv1kd6DJCqhK, 1538570177 72499, 1355630600 41121, 34, 6-мавзу. Тақдимот, 8258-Текст статьи-19599-1-10-20230225


    Стандартная версия набора программ WPS Office: httpsps.://www.wcom



    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS
    TA‘LIM VAZIRLIGI

    K U R S I SH I

    MAVZU: MAKTAB,AKADEMIK LITSEYLAR MATEMATIKASIDA AMALIY MAZMUNLI MASALALARNING O`RNI


    BAJARDI: MO‘M 301guruh
    talabasi Mamasoliyeva. Hilolaxon
    ILMIY RAXBAR:





    TOSHKENT-2023



    REJA
    Kirish………………………………………………………………….
    IBOB. Pedagogika nazariyasi va amaliyotida ta‘lim vositalari muammolari

      1. §. Ta‘lim vositasi tushunchasi………………………………….......

      2. §. Zamonaviy tailim vositalari…………………………………………...............................

    II BOB. Matematikani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………......................................................................

      1. §. Algebrani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari………………………

      2. §. Geometriyani o‘qitishda an‘anaviy ta‘lim vositalari…………………. III BOB. Matematikani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari………………................................................................................

      1. §. Algebrani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari…………………….

      2. §. Geometriyani o‘qitishda innovatsion ta‘lim vositalari………………... XULOSA…………………………………………………………………. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR



    KIRISH


    Kurs ishining dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 28-maydagi ―Malakali kadrlar tayyorlash hamda o‘rta mahsus kasb- hunar ta‘limi muaasalarini shunday kadrlar bilan ta‘minlash yanada takomillashtirishga oid chora tadbirlar to‘g‘risida‖gi qarori ta‘lim mazmunini uning samaradorligini yanada yaxshilashga qaratilgan. Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan o‘rta maxsus kasb-hunar kollejlari uchun tayyorlanayotgan pedagog kadrlar sifatini tubdan yaxshilash, ta‘lim muassasalaridagi o‘quv jarayonini zamonaviy talablar asosida qayta tashkil etish va tayyorlanayotgan o‘rta bo‘gin mutaxasislari malakasining raqobatbardosh bo‘lishiga erishish asosiy vazifalaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
    Ushbu vazifalarning samarali bajarilishining asosiy omili o‘quv vositalaridir. Ta‘lim vositalari svilizatsiyaning ajralmas qismi umuminsoniy madaniyatning muhum elementi hamda dunyoni ilmiy o‘rganish tilidir.
    Shiddatli axboratlashuv jarayoni amalga oshib borayotgan hozirgi davrda har bir soha kishisi zamon bilan hamnafas ravishda innovatsion tehnalogiyalarga, innovatsion vositalarga murojaat qilishiga to‘g‘ri kelmoqda shu jumladan matematika fani ham bunday oqimdan chetda qolayotgani yo‘q. O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotida halqning boy ma‘naviy salohiyati va umuminsoniy qadriyatlarga hamda hozirgi zamon madaniyati, iqtisodiyoti, ilmi, texnikasi va texnologiyasining so‘nggi yutuqlariga asoslangan mukammal ta‘lim tizimini barpo etish dolzarb ahamiyatga ega. Ma‘lumki, kadrlar tayyorlash milliy dasturida ilg‘or pedagogic texnologiyalarni joriy qilish va o‘zlashtirish zarurligi ko‘p marta takrorlanib yangi pedagogik va axborot texnologiyalardan foydalanib, talabalarni o‘qitishni jadallashtirish ko‘zda tutilgan.Pedagogik texnologiyaga UNESCO ning bergan ta‘rifini keltiramiz:
    ―Pedagogik texnologiya – bu butun o‘qitish va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘z oldiga ta‘lim shakllarini samaradorlashtirish vazifasini qo‘yuvchi texnik hamda shaxs resurslari va ularning o‘zaro aloqasini hisobga olib, bilimlarni yaratish, qo‘llash va belgilashning tizimli usulidir Bu ta‘rifdagasosiy tushuncha ―tizimli usul bo‘lib, aynan tizimli yondashuv pedagogik texnologiyaning, o‘qitishga boshqa yondashuvlardan farqlanuvchi asosiy belgisi hisoblanadi. Ta‘lim maqsadlari, uning mazmuni, o‘qitish va ta‘lim berish usullari, nazorat va natijalarni baholashni o‘zaro bog‘liklikda loyihalash- ko‘pincha an‘anaviy o‘quv jarayonida yetishmaydigan narsadir.Jaxon pedagogika fani ilmiy – texnika taraqqiyoti ta‘sirini boshdan kechirib, psixologiya, kibernetika, tizimlar nazariyasi, boshqaruv nazariyasi va boshqa fanlar yutuqlarini birlashtirib, hozirgi davrda faol yangilanish innovatsiya jarayonlari bosqichida turar ekan, inson imkoniyatlarini samarali rivojlantirish amaliyotiga boy mahsul bermoqda. Pedagogik texnologiya usullari dastlab o‘qitishning harakatini namunaviy vaziyatdagi belgilangan qoida bo‘yicha o‘zlashtirish talab etiladigan mahsuldor darajasi uchun ishlab chiqilgan. Mahsuldor ta‘lim har qanday ta‘limning zaruriy tarkibiy qismi hisoblanib, u insoniyat jamg‘argan tajribani aniq o‘quv fani doirasida o‘zlashtirish bilan bog‘liq. Ta‘lim oluvchilarda bilim va ko‘nikmalarning ma‘lum ―poydevori hosil qilingandan keyingina ta‘limning natijali va ijodiy yondashish usullariga ko‘chish mumkin.Pedagogik texnalogiya oqimi 70-80 yillarda AQSh da yuzaga keldi va UNESCO kabi nufuzli tashkilot tomonidan tan olindi va qo‘llab – quvvatlandi va hozirgi kunda ko‘pgina mamlakatlarda muvaffaqiyatli o‘zlashtirilmoqda. Ma‘lumki, tubdan farq qiluvchi uchta ta‘lim turlarini ajratish mumkin. Bular: og‘zaki- ko‘rgazmali, texnologik va izlanuvchan-ijodiy ta‘lim turlari hisoblanadi.

        1. Og‘zaki – ko‘rgazmali an‘anaviy bo‘lib, o‘qituvchining axborot berishi,talabalarning bilimlarni qabul qilishi, to‘plashi va xotirasida saqlashi bilan belgilanadi. Ta‘limda og‘zaki-ko‘rgazmali yondashuv juda katta tajribaga ega bo‘lib, qismlarga ajratib ishlab chiqilgan va ta‘lim tizimida ulkan xizmat ko‘rsatdi.Jadal suratlar bilan o‘sib borayot-gan fan va texnika talablari, ta‘lim tizimidagi istlohatlar, raqobotbardosh kadrlar tayyorlash, shaxsni rivojlantirish, uning ma‘lumot olish istaklarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan jamiyat ehtiyojlari o‘qitish usullariga yangicha yondashishni talab qilmoqda

        2. Ta‘limga texnologik yondashuvning umumiy tavsifnomasi qismlarga ajratilmagan holda, ta‘limning juda oddiy mahsuldor darajasi sifati misolida qaraladi. O‘quv ishlari yuqori natijalarga erishishga qaratilgan bo‘lib, yo‘naltirilganlik, mashg‘ul bo‘lish, musobaqalashish va o‘zaro yordamlashish tushunchalari mavjud bo‘ladi.

        3. Izlanuvchan yondashuvdagi maqsad, talabalarda muammoni hal etish, yangi, oxirigacha tugallanmagan tajribani o‘zlashtirish, ta‘sir etishning yangi yo‘llarini yaratish qobiliyatlarini, shaxsiy idrokni rivojlantirishdan iboratdir. Izlanuvchan ta‘lim andozasining ta‘lim mazmuni, tabiat va jamiyat bilan o‘zaro ta‘siri natijasida shaxsda tadqiqotchilik va jadal ijodiy xarakterli faoliyat yo‘li boshlanadi.

    O‘quv jarayonining texnologik shakl modeli va uning amaliy tadbiqi yangilik xususiyatiga ega bo‘lib, an‘anaviy ta‘limni qayta shakllantiradi.
    ―Pedagogik texnologiya so‘z birikmasi asosida ―Texnologiya, ―Texnologik jarayon tushunchasi yotadi. Bu tushuncha orqali sanoatda tayyor mahsulotni olish uchun bajariladigan ishlarning ketma – ketligi haqidagi hujjat, ta‘limda esa fan bo‘yicha uslubiy tadbirlar majmuasi tushuniladi. Pedagogik texnologiyada asosiy yo‘l aniq belgilan-gan maqsadlargaqaratilganlik, ta‘lim oluvchi bilan muntazam o‘zaro aloqani o‘rnatish, pedagogik texnologiyaning falsafiy asosi hisoblangan ta‘lim oluvchining xatti – harakati orqali o‘qitishdir. O‘zaro aloqa pedagogik texnologiya asosini tashkil qilib, o‘quv jarayonini to‘liq qamrab olish kerak. Pedagogik texnologiyada nazarda tutiladigan maqsadlarni qo‘yish usuli,o‗qitish maqsadlari o‘quvchilar harakatida ifodalanadigan va aniq ko‘rinadigan hamda o‘lchanadigan natijalar orqali belgilanadi. Maqsadlar o‘qituvchining faoliyatidan kelib chiqqan holda o‘rgatish, tushuntirish, ko‘rsa- tish, aytib berish va hokazo atamalar orqali qo‘yila-di. O‘quvchining harakatlarida ifodalanadigan vazifalar esa ta‘limining natijalarda ifodalanadi. Natija, talabaning tugallangan xatti –harakatini ifodalovchi keltirib chiqaring, sanab o‘ting, so‘zlab bering tanlang, ko‘rsatib bering, hisoblang kabi atamalar bilan ifodalanishi kerak.Shunday qilib, an‘anaviy o‘quv jarayonlarida asosiy omil – bu pedagog va uning faoliyati hisoblansa, pedagogik texnologiyada birinchi o‘ringa o‘qish jarayonidagi o‘quvchilarning faoliyati qo‘yiladi. Har bir vazifa raqamlanib, u bitta natijani ko‘zlashi lozim. Har bir vazifani shunday qo‘yish kerakki, u o‘qituvchining o‘tadigan darsining bosqichlarini emas, balki, talabaning o‘zini keyin qanday tutishi kerakligiga ishora qilsin. Ma‘lumki, ilg‘or texnologiyalarni qo‘llashda asosiy e‘tibor loyihalash bosqichiga qaratiladi, bunday tizimli yondoshuv asosida o‘quv jarayonini loyihalash, kutilayotgan natija shaklidagi o‘quv maqsadlarini mumkin qadar aniqlashtirish, rejalash- tirilgan o‘quv maqsadlariga kafolatli erishishga undaydi. Biz ushbu mavzuda matematika sohasi uchun innovatsion vositalar bilan tanishib chiqamiz.

    Download 0.54 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.54 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

    Download 0.54 Mb.