Alfraganus university




Download 20.17 Kb.
Sana28.04.2023
Hajmi20.17 Kb.
#54687
Bog'liq
Mirzayeva S. maqola
2-amaliy ish, 1-ma\'ruza, 2-grade cw, Bolalar jismoniy tarbiyasi-fayllar.org, 724764 (1), mustaqil ish betlik, Ariza qayta topshirish, oktjFzXD4lD7CHi3kekl5VJtpHh4tv1kd6DJCqhK, 2 5427357095995385921, 1538570177 72499, 1355630600 41121, 34, 6-мавзу. Тақдимот, 8258-Текст статьи-19599-1-10-20230225

“AL FARG’ONIY ILMIY ME’ROSI,ILM-FAN TARAQQIYOTIDAGI HISSASI,BUGUNGI KUNDAGI O’RNI”

Mirzayeva Salomat Mirmuhsin qizi

“ALFRAGANUS UNIVERSITY”universiteti iqtisod fakulteti moliya va moliyaviy texnologiya yo’nalishi talabasi

Annotatsiya: ”Al Farg’oniy ilmiy me’rosi,ilm-fan taraqqiyotidagi hissasi,bugungi kundagi o’rni” ushbu maqolada -IX asrda yashab ijod qilgan Ahmad Al Farg’oniyning “Baytul Hikma”bilan bog’liqligi;uning “Kitob Fi Usul ilm an-Nujum’’risolasini besh nom ostida saqlanishi;Hindiston, Qohira,Olmoniya,Berlin va Parijda saqlanayotgan qo’lyozmalari hamda “Astronomiya negizlari” asari va boshqa asarlari va fandagi yutuqlarini manbalarga tayangan holda qisqacha yoritishga harakat qilingan.


Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

  1. A.Nosirov, X.Hikmatullayev “Ahmad Farg’oniy” “Fan” nashriyoti 1996

  2. A.Isirov ,A.Nsirov “O’rta osiyolik qirq olim” T.; “O’zbekiston fanlar akademyasi”1961

  3. S.Boboyev “Ahmad Farg’oniy” “Tafakkur” nashriyoti 2011

  4. R.Shamsutdinov Vatan tarixi .1- kitob .-T.: Sharq 2010

Saxovatli keng tuprog’imiz ,O’zbekiston nomini faxr va g’urur his-tuyg’usi bilan uzoq-uzoq avlodlarga ko’z-ko’z qilishga arzigulik ulug’siymo va allomalardan biri Ahmad Al Farg’oniydir.Al Farg’oniy Farg’onada tavullud topgan va IX asrda yashab ijod qilgan.Olimning ismi fan tarixida mashxur bo’lishiga qaramasdan ,uning hayoti va ilmiy faoliyati haqida ma’lumot beruvchi tarjima hujjatlar deyarli yo’q.Filolog olim Aziz Qayumovning ma’lumotlariga qaraganda Ahmad Al Farg’oniyning ijodiy faoliyati Bag’dod bilan ulug’ mutafakkir olim Muhammad Ibn Muso al -Xorazmiy rahbarligida faoliyat ko’rsatgan “Baytul Hikma “bilan bog’liqdir.Ahmad Farg’oniy arab atamashinosligining paydo bo’lishi va ilmiy taraqqiyotiga hissa qo’shgan.Bag’dod va Damashqdagi rasadxonlar qurilishiga shaxsan o’zi qatnashgan. Bag’dodning Raqoq nomi bilan ataluvchi mavzesida qurilgan rasadxona qoshida tashkil etilgan falakiyotshunoslik maktabiga rahbarlik qildi.Ahmad Farg’oniy zamondosh,kasbdosh olimlar va shogirdlari bilan hamkorlikda Ptolemey “Yulduzlar jadvali”dagi ma’lumotlarni tekshirish ishlarini olib bordi.Uning falakiyotshinoslikka oid ilmiy-tadqiqot ishlari ijodiy samara berdi.Ahmad Fargoniyning oltita kitobi dunyoga ma’lum va mashhur. “Kitob Fi Usul ilm an-Nujum”(“Falakiyot ilmining usullari haqida kitob”).Bu risolaning asl qo’lyozmalari matni bir xil bo’lsa-da,besh nom ostida saqlanadi .Ya’ni Al-Majistiyga bag’ishlangan “Falakiyot risolasi”, “Falak sferalari sabiyati”, “Al Majistiy” (Ptolemeyning “Almagest” asari), “Ilm al-haya” ( “Falakiyot ilmi”) deb ataladi.Bu nodir qo’lyozmalar Angliya, Fransiya, AQSH , Marokash, Misr va Sank-Peturburgda saqlanmoqda.


Olimning “Al-Farg’oniy jadvallari” , “Usturlob bilan amal qilish haqidagi kitob” Hindistonda, “Oy Yerning ustida va ostidabo’lganida vaqtni aniqlash”risolasining qo’lyozmasi Qohirada, “Yetti iqlim hidi” asarining qo’lyozmasi to’rtta nusxasi Berlin va Parijdadir.


Ahmad Farg’oniy bu asardagi ilmiy kashfiyotlari bilan jahon fani va madaniyati taraqqiyotidagi ulkan va munosib hissa qo’shdi.Uning 812-yilda Quyosh tututilishini oldindan bashorat qilishi,yerning dumoloq shar shaklida ekanligini ochganligi olimga shuhrat keltirdi.Misrda yashagan vaqtida Nil daryosi suvini o’chaydigan asbob yasagan. Bu asbob tutash idishlar qoidasiga asoslangan va hozirgacha bu asbob saqlanib kelinmoqda.Farg’oniyning falakiyotga oid ilmiy asarlaridan biri “Samoviy harakatlar va yulduzlar fanining majmuasi“ haqida kitobdir.Bu asar “Astronomiya negizlari “deb ham ba’zi manbalarda keltirilgan. Ushbu asar qo’lyozmalari dunyo kutubxonalarining deyarli barchasida bor.Bu asar astronimiyada arab tilida yozilgan birinchi asardir.XII asrda lotin tiliga,XIII asrda esa ko’gina Yevropa tillariga tarjima qilingan.Bu asarda Farg’oniy o’zi yashagan davrdagi falakiyoga oid bilimlarni tartibga soladi.O’zining yangi xulosa va natijalari bilan boyitdi.Falakiyot ilmiga oid asboblar,quyosh soatlari haqida yozdi. Osha davr an’anasiga muvofiq mamlakatlarni yeti iqlimga bo’lib o’rgandi va joylarning geografiyaga oid koordinatalarini sharqdan g’arbga yo’nalishda berdi.Falakiyotga oid bilimlar manbai hisoblanmush bu asar Yevropada Kopernikkacha bo’lgan falakiyot ilmidan asosiy qo’llanma bo’lib xizmat qildi va o’zidan keying olimlarga katta yordam berdi.
“Astronomiya aoslarihaqidagi kitob”asaridan bir necha asrlar davomida Yevropa universitetlarida astronomiya fani bo’yicha asosiy darslik ba qo’llanma sifatida foydalanilmoqda.Chunki bu kitob zamonasidagi astronomiya haqidagi eng muhim va zarur bo’lgan ilmlarni o’z ichiga olgan bo’lishi bilan birga astronomiyadan eng soda darslik hamdir.Unda murakkab geometric shakllar va matematik formulalar ,hisoblashlar keltirilgan.Bu esa astromiyadan boshlang’ich bilimlarni o’zlashtirishni ancha osonlashtiradi.Balki buyuk Regiomontan asarning shu xususiyatini anlab,o’zining universitetlaridagi ma’ruzalari uchunqo’llanma sifatida Farg’oniyning ana shu asarini tanlagandur.
Farg’oniyning stereografik proyeksiyalar nazaryasini undan ming yil keyin buyuk matematik Eyler XVIII asrda geografiyaga oid xaritalar tuzish nazaryasiga tatbiq qildi va “Katta geografik xarita’ni tuzishda ishlatdi.Undan kompleks o’zgaruvchan miqdorlar tekisligi,noekvklid geometriyalar ,Lobachevskiy tekisligining Beltrami-Kleyn proyeksiyasi kosmografiyalarning zaminida ham Farg’oniyning shu nazaryasi yotadi.Farg’oniy asarlari loyin,olmon,ingliz,fransuz,rus va boshqa tillarga tarjima qilingan.Mustaqillik sharofati bilan bilan allomaning 1998-yili 1200 yillik yubileyi nishonlandi.Farg’oniyga atab Quvada bog’ barpo etildi,allomaning haykali o’rnatildi.Uning ijodiy merosini o’rganildi.O’zbekiston birinchi Prezidenti Islom Karimovning sa’y harakati bilan Misr poytaxti Qohirada Ahmad Farg’oniyga atab haykal o’rnatildi.
Xullosa shuki Ahmad Farg’oniy bajargan ilmiy tadqiqot natijalari qaysi fan sohasida bo’lishidan qat’iy nazar g’oyatda puxta va nihoyatda mukammal bo’lgan.Shu boisdan uning asarlari fan olamida shuhrat qozongan.XII asrdanoq alloma asarlarining lotin tiliga tarjima qilinishi va Yevropaga tarqalishi shu fikrlarning isbotidir.Yevropaliklar Ahmad Farg’oniyni “Alfraganus “ ataganlar.Hatto bu nomni dante ham ehtirom ila tilga olgan .Umuman olganda Ahmad al-Farg’oniy insoniyatga o’zidan keyin cheksiz ilm-ma’rifat qoldirdi.
Download 20.17 Kb.




Download 20.17 Kb.