• Maktabgacha ta`lim muassasasisida (Bolalar bog`chasida)metodik ishlar
  • Taqrizchilar: Nizomiy nomli TDPU ―Pedagogik texnologiyalar‖ kafedra mudiri, pedagogika fanlari doktori Sh.S.Shodmonova
  • .f.n., dots. M.Sh.Rasulova
  • O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta




    Download 2.1 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/116
    Sana28.06.2022
    Hajmi2.1 Mb.
    #24526
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
    Bog'liq
    45raxbarlikkitobipdf(1)
    Oila bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat, QAYTA O\'ZLASHTIRISH 13.10.2022, 16-ma\'ruza slayd, 17-ma\'ruza slayd, axmedov mttv fanidan, suniy intelekt, KIMYO FANIDAN MUSTAQIL ISH, Quvonboyev Asadbek Strategik menejment, Таълим тўғрисидаги Қонун, aaa, scs, Shohobiddinov U Atrabotka hfx 3, 12, 4293755020



    F.R.Qodirova, Sh.K.Tashpulatova 
     
     
     
     
    Maktabgacha ta`lim 
    muassasasisida (Bolalar 
    bog`chasida)metodik ishlar 
    Darslik 
    Toshkent 2011



    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus 
    ta`lim vazirligi 



    F.R.Qodirova, Sh.K.Tashpulatova 
    Maktabgacha ta`lim muassasasisida (Bolalar 
    bog`chasida)metodik ishlar 
    Ushbu darslikda maktabgacha ta`limning asosiy masalalari, jumladan MTM 
    metodistining faoliyati, unga qo’yiladigan kasbiy va malakaviy talablar, pedagogik 
    jamoaga raxbarlik qilish, MTM ta`lim – tarbiya va metodik ishlarni rejalashtirish
    ilg’or tajribalarni o’rganish va tadbiq qilish, turli yosh guruxlarida bolalar hayoti 
    va faoliyatini tashkil etish, maktabgacha ta`limning gigienik asoslari kabilar 
    yoritiladi. 
    Darslik o’rta maxsus kasb - xunar muassasalari maktabgacha ta`lim va 
    maktabgacha, oilaviy va maxsus ta`lim tarbiyachisi yo’nalishlari o’quvchilari 
    uchun mo’ljallangan. Undan oliy pedagogik ta`lim muassasalari o’qituvchi va 
    talabalari ham foydalanishlari mumkin. 
    Taqrizchilar: 
    Nizomiy nomli TDPU ―Pedagogik 
    texnologiyalar‖ kafedra mudiri, pedagogika 
    fanlari doktori Sh.S.Shodmonova 
    Maktabgacha muassasa hodimlarini qayta 
    tayyorlash va malakasini oshirish Respublika 
    O’quv metodika Markazi direktor o’rinbosari
    p
    .f.n., dots. M.Sh.Rasulova
     



    Kirish 
    Jamiyatning ma`naviy takomili unda amalga oshiriladigan ta`lim – tarbiya 
    ishlarining mazmuni, shakl mohiyatiga bog’liqdir. 
    Shu boisdan ham Respublikamizda bosqichma – bosqich amalga 
    oshirilayotgan ta`lim tizimini pedagogik tahlil qilish, bu jarayonni samarali 
    kechishini ta`minlash zarurati yuzaga keladi. O’zbekiston Respublikasining 
    ―Ta`lim to’g’risida‖ gi Qonuni va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ da – ta`lim 
    tizimida kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va 
    ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish vazifalari belgilab berilgan.
    Bu vazifalarni to’laqonli hal etishda o’qituvchi – pedagogning intellektual 
    salohiyati va kasbiy mahorati muhim ahamiyat kasb etadi.
    Mamlakatimizda Oliy va o’rta maxsus ta`limini isloh qilishning asosiy 
    yo’nalishlari o’z mutaxassisligi bo’yicha malakali kadrlar tayyorlash tizimini 
    takomillashtirish, nazariy bilimlarni amaliy tayyorgarlik bilan qo’shib olib borish 
    zarurligi ko’rsatib o’tilgan.
    Bu talablar pedagogika kollejlarining maktabgacha ta`lim yo’nalishida 
    tarbiyachi uslubiyotchilar tayyorlashga ham taaluqli bo’lib, ularda maktabgacha 
    ta`lim muassasalarida metodik ishlar fani ixtisos beradigan o’quv fani hisoblanadi.
    O’quvchi – talabalarga maktabgacha ta`lim muassasalarida olib boriladigan 
    ta`lim – tarbiyaviy, metodik ishlarga umumiy nazariy yondashish masalalarini 
    ochib berar ekan, maktabgacha ta`lim muassasalarida amalga oshiriladigan barcha 
    metodik va ta`lim – tarbiya berish ishining mazmuni, ularni tashkil etish, shakl va 
    metodlarini tanlash qonunuiyatlarini belgilovchi asosiy fan sifatida namoyon 
    bo’ladi. Bu masalalarni hal etishda u ―Maktabgacha ta`lim pedagogikasi‖, ―Oila 
    pedagogikasi‖ fanlarining umumiy ilmiy - nazariy asoslariga, uning 
    metodologiyasiga, ta`lim – tarbiya nazariyasiga tayanadi. 
    Maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlar pedagogika fanining 
    muhim sohasi bo’lib, uslubchi tomonidan metodik ishlarni tashkil etish bilan 
    bog’liq bo’lgan jihatlarni yoritib beradi. U ijtimoiy pedagogika va maxsus 
    metodikalar bilan umumiy ilmiy – nazariy asoslarga ega.
    Maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirishning aniq 
    qoidalari mazkur muammolarga taaluqli maktabgacha pedagogika fanining 
    umumiy nazariy qoidalarga tayanadi.
    Bu xol asosiy ixtisos beradigan kursning zaruriy g’oyaviy – nazariy 
    darajasini ta`minlashga uning mazmunini maktabgacha pedagogika fani tomonidan 
    ishlab chiqilgan asosiy metodologiya va nazariy qoidalar negizida yoritishga 
    imkon beradi.
    Maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlar fanining asosiy 
    qonuniyatlari quyidagilar: 
    1. Maktabgacha ta`limning Davlat xarakteri, uning ta`lim tizimidagi tutgan 
    o’rni, maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining ma`naviy – madaniy va 
    umumkasbiy darajasi, uning liderlik va boshqaruv jihatlari, tamoyillari va 
    xususiyatlari to’g’risida tasavvur va bilimga ega bo’lish. 



    2. Maktabgacha ta`lim muassasasi ishini rejalashtirishning nazariy asoslari, 
    ta`lim – tarbiyaning maqsadi, mazmuni, shaxsni barkamollikka etaklovchi omillar, 
    jamoada sog’lom muhitni yaratish. 
    3. Maktabgacha ta`lim muassasasida bolalar hayotining turli qirralarini 
    tashkil etishda tarbiyachi va uslubchi tomonidan qo’llaniladigan metod va usullar, 
    nazorat shakllari va uni o’tkazish metodikasi. 
    4. O’quv faoliyatini tashkil etish, nazorat va raxbarlikning o’ziga xos 
    xususiyatlari. 
    5. Metodik ishlarning turlari – shakllari, pedagogik, innovatsion 
    texnolgiyalar asosida tashkil etishning qonuniyatlari, imkoniyatlari. 
    6. Maktbgacha ta`lim muassasasining ota – onalar va jamoatchilik bilan 
    xamkorlik ishidagi maktabgacha ta`lim muassasasining bola tarbiyasidagi 
    majburiyatlari, tarbiya va rivojlanish muammolariga uzluksiz yondashish
    bolalarga ta`lim - tarbiya berish, ularni rivojlantirish jarayonlarning birligi o’zaro 
    bog’liqligini amalga oshirish, oilaning ijtimoiy, ma`naviy, iqtisodiy, demografik, 
    amaliy vazifalari, ota-onalar savodxonligini oshirish bilan bog’liq bo’lgan ish 
    shakllarini tanlash imkonini beradi.
    Boblarning izchilligi. Maktabgacha ta`lim muassasasida metodik ishlar 
    kursining o’quvchi-talabalarni kasbiy tayyorlash tizimidagi axamiyati bilan va 
    malakalarini o’zlashtirish vaqtida bolalarni tarbiyalash masalalari ochib beriladi, 
    shuningdek fanlar o’rtasida va fanlar ichida aloqalar o’rnatishga imkon beradi. 
    Darslikda o’quvchi - talabalarning bilimlarni o’zlashtirish va mustahkamlash 
    maqsadida nazorat savollari, tayanch iboralar va test savollari, boblarga tavsiya 
    qilingan adabiyotlar ro’yxati kiritilgan.
    Ushbu darslikning yaratilishida mustaqillik yillarda shu soha bo’yicha 
    shug’ullanib kelgan olimlar va etakchi mutaxassislar tomonidan chop etilgan ilmiy 
    manbalardan foydalanildi. 
    Xulosa o’rnida, maktabgacha ta`lim muassasalarida metodik ishlarni tashkil 
    etish masalalarini qarab chiqishga yaxlit psixologik – pedagogik nuqtai nazardan 
    yondashish talab etiladi, bu esa maktabgacha ta`lim tizimida amalga oshiriladigan 
    metodik ishlarni ilmiy asoslarini kengaytiradi. 



    I BOB. Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisining pedagoglar jamoasi 
    faoliyatidagi o’rni. 
    Reja: 
    1. Maktabgacha ta`limning Davlat xarakteri, uning xalq ta`limi tizimida tutgan 
    o’rni. 
    2. Maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisi, uning huquqi, vazifalari va unga 
    qo’yiladigan talablar. 
    3. Uslubchining liderlik va boshqaruv jihatlari. 
    4. Liderlikka oid nazariyalarning paydo bo’lishi. 
    II. Mavzuning maqsadi. 
    Maktabgacha ta`limni tashkil etishning maqsad vazifalari, ta`lim sohasidagi 
    qonun xujjatlarida maktabgacha ta`limning yoritilishi, maktabgacha ta`lim 
    muassasasi uslubchisi lavozimi, uning ish faoliyati, unga qo’yiladigan asosiy 
    kasbiy talablar, uslubchi tomondan jamoani boshqarish va liderlik jihatlari 
    to’g’risida nazariy bilimlar berish. 
    III. Mavzuning vazifalari. 
    O’quvchilarga maktabgacha ta`lim muassasalarini tashkil etilishi haqida, 
    maktabgacha ta`lim muassasasi uslubchisi ishi bilan tanishishtirish, uslubchining 
    liderlik etakchiligi jamoani boshqara olish jihatlarining pedagogik – psixologik 
    qirralarini o’rganish.
    IV. Tayanch iboralar: Ijtimoiy – davlat tomonidan tashkil etiladigan
    muassasalar
    ―Lider‖ – ―peshqadam - etakchi‖. 
    XTB – Xalq ta`limi bo’limi. 
    simpatiya – yoqtirish 
    antipatiya – yoqtirmaslik 
    destruktiv – buzg’unchi hulqqa ega 
    xarizmatik nazariyasi – liderlik sifatlari nazariyasi 

    Download 2.1 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




    Download 2.1 Mb.
    Pdf ko'rish