|
O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi
|
bet | 1/5 | Sana | 14.05.2024 | Hajmi | 58,99 Kb. | | #231318 |
Bog'liq Mamaraimova Shahnozaning
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI
TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI BIOTIBBIYOT MUHANDISLIGI, INFORMATIKA VA BIOFIZIKA KAFEDRASI
1-son Davolash fakulteti 1-kurs d23-11- guruh talabasi
Mamaraimova Shahnozaning “ Tibbiyotda axborot texnologiyalari” fanidan “ Pozitsion sanoq tizimlari, turlari va qo'llanilishi”
mavzusidagi bajargan
MUSTAQIL ISHI
Qabul qildi: Qorabekov Avazbek
Toshkent-2023
MUNDARIJA
Kirish ………………………………………………………………………… 3
Sanoq sistemasi tushunchasi va ularning turlari……………………………… 4
Pozitsion sanoq sistemalari...………….……………………………………….6
Sonlarni bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o’tkazish.................................…………………………………………………14
Xulosa …………………………………………………………………………18
Mavzu bo’yicha test savollari………………………………………………….19
Glossari………………………………………………………………………...20
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………………………………. 21
KIRISH
EHM ─ bu elektron raqamli qurilmadir. Elektron qurilma deyilishiga sabab har qanday ma’lumotlar EHM da elektr signallari orqali qayta ishlanadi. Raqamli deyilishiga sabab EHM da har qanday ma’lumot sonlar yordamida tasvirlanadi.
Sonlarni yozish usuliga sanoq sistemasi deb ataladi. Sonlarni yozish uchun har bir sanoq sistemasida o‘ziga xos turli belgilar to‘plamidan foydalaniladi. Foydalanilgan to‘plamdagi belgilar ularning soni, sanoq sistemasini xarakterlovchi asosiy kattaliklardir. Sanoq sistemasida foydalaniladigan belgilar soni sanoq sistemasining asosini tashkil etadi. Berilgan sanoq sistemasida sonlarni yozishdagi foydalanilgan belgilar soniga qarab, o‘nlik, ikkilik, sakkizlik, o‘n oltilik va boshqa sanoq sistemalarni kiritish mumkin.
Shu bilan birga sanoq sistemalarini pozision va nopozision turlarga ajratish mumkin.
O’zbekistonda o’qitish texnologiyalari zamonaviylashtirishni jadallashtirish rivojlangan iqtisodiyotli mamlakatlarga qaraganda yanada dolzarb ahamiyatga ega. Chunki hozirgi kunda milliy ta’lim tiziminnig salohiyatli tizimli rivojlanishining yanada yuqori pog’onasiga ko’tarildi.
O’zbekiston axborot texnologiyalarini tadbiq etish va rivojlantirish uchun talay intellektual axborot zahiralariga ega. Fanlar akademiyasi, oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlari ishlab chiqarish firmalarida kompyuter texnikasi, aloqa, dasturiy va axborot ta’minoti, axborot tizimlari bo’yicha malakali xodimlar ishlamoqda. Xalq xo’jaligining ushbu yo’nalishida O’zbekiston Respublikasi yuqorida belgilab berilgan tamoyillarni amalga oshirar ekan, axborotlashgan jamiyat sari shahdam qadamlar bilan bormoqda. XXI asrda oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining bitiruvchilari yangi sharoitlarga ijodiy va kasbiy yondashishga tayyorlangan bo’lishlari lozim. Shu sababli Respublikamizda ta’lim sohasida ham boshqa sohalardagi kabi katta o’zgarishlar amalga oshirilmoqda.
1. Sanoq sistemasi tushunchasi va ularning turlari
Sanoq tizimi va uning turlari haqida umumiy tushunchalar. Sonlarni tasvirlashda
ishlatiladigan belgilar va qoidalar to‘plamiga sanoq tizimi deb ataladi. Amaliyotda ikki xil,
yani pozitsion va nopozitsion sanoq tizimlari ko‘llaniladi. Sonlarning qiymati undagi
raqamlarining sonda joylashgan o’rniga qarab belgilanadigan sanoq tizimi pozitsion sanoq
tizimi deb ataladi. Masalan, o‘nlik sanoq tizimida o‘nta 0,1,2,...9 raqamlaridan foydalaniladi va
323,233,332 sonlarini tasvirlanishida 2 va 3 raqamlaridan foydalanilsada bu sonlarning qiymati
turlichadir. Raqamlarning qiymati ularni sonda joylashgan o‘rniga bogliq bo‘lmasa, bunday
sanoq tizimi nopozitsion sanoq tizimi deyiladi. Masalan, Rim sanoq tizimi nopozitsion sanoq
tizimiga misol bo‘la oladi. Misol uchun, 88 soni bu tizimda quyidagicha yoziladi XXXUSH,
ya’ni tegishli belgi sonni qanday pozitsiyasi (o‘rni) da turishidan qat’iy nazar har doim bir xil
qiymatni ifoda etadi. Ushbu sanoq tizimi hozirgi paytda turli tarixiy sanalarni yozishda, kitob
boblarini, soat raqamlarini belgilashda qo’llaniladi.
Pozitsion sanoq tizimining nopozitsion sanoq tizimidan qulaylik tomoni shundaki, unda
katta sonlarni qisqa qilib yozish mumkin. Pozitsion sanoq tizimida istalgan son raqamlar
ketma-ketligida yoziladi, butun va kasr qismi vergul bilan ajratiladi. Uz navbatida pozitsion
sanoq tizimi ham turli sanoq tizimlariga bulinadi va ulardan ayrimlari hisoblash texnikalarida
keng qo’llaniladi.
Pozitsion sanoq tizimida sonni yozish uchun qo’llaniladigan turli raqamlarning soni d-
sanoq tizimining asosi deb aytiladi va aksincha sanoq tizimini d asosi shu sanoq tizimida
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbekiston respublikasi sog’liqni saqlash vazirligi toshkent tibbiyot akademiyasi biotibbiyot muhandisligi, informatika va biofizika kafedrasi
|