• MUNDARIJA
  • KIRISH
  • I.ASOSIY QISM
  • O'zbekiston respublikasi




    Download 148 Kb.
    bet1/11
    Sana19.05.2023
    Hajmi148 Kb.
    #62005
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    XII GURUX ELEMENTLARI, OLINISHI, ODDIY


    O'ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA'LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
    NAMANGAN DAVLAT UNIVERSITETI
    TABIIY FANLAR FAKULTETI
    KIMYO YO’NALISHI KIM-CU-22 GURUX TALABASI
    XOSHIMOVA SHOXSANAMNING
    NOORGANIK KIMYO
    FANIDAN
    “XII GURUX ELEMENTLARI, OLINISHI, ODDIY
    MODDALARNING FIZIK VA KIMYOVIY VA XOSSALARI
    MAVZUSIDA
    KURS ISHI
    TOPSHIRDI: _____________ Sh.Xoshimova

    QABUL QILDI: _____________ A.Nuriddinov


    NAMANGAN 2023




    MUNDARIJA


    KIRISH 6
    I.ASOSIY QISM 7
    I.1.XII gurux elementlari va oddiy moddalarning umumiy tavsifi 7
    I.2 Ruxning tabiatda uchrashi, izotoplari, olinishi, ishlatilishi, birikmalari 9
    I.3 Kadmiyning tabiatda uchrashi, xossalari, ishlarilishi, birikmalari 12
    I.4.Simob haqida umumiy tavsif, simobning olinishi 15
    I.5 Rux, kadmiy va simobning fizik va kimyoviy hossalari 18
    Bu guruhchaga rux, kadmiy va simob metallari kirib, rux guruhchasi nomi bilan ataladi. Ushbu guruhchadagi elementlar atomlarida faqat tashqi elektron qavatdagi elektronlargina valent elektronlar hisoblanadi, shu jihatdan mis guruhchasi elementlaridan farq qiladi. Simob ba’zi birikmalarda bir valentlikni namoyon qiladi 18
    Rux guruhchasi metallarining elektron konfigurasiyalari quyidagicha: 18
    Zn: [Ar]3d10 4s2; Cd: [Kr] 4d10 5s2; Hg: [Xe] 4f14 5d10 6s2 18
    Bu elementlarning hammasi og’ir metallardir, simob odatdagi haroratda suyuq bo’ladi. Bular havoda kam oksidlanadi, odatdagi haroratda suv bilan reaksiyaga kirishmaydi, gidroksidlari kuchsiz asoslardir. Rux gidroksid esa amfoterdir. Ruxdan simobga o’tgan sari yadro zaryadi ortishi bilan qaytaruvchanlik faolligi kamayadi, metallarning bug’lanishi osonlashadi, metallik xossalari esa zaiflashadi. 18
    Odamzod uchun eng avval ruxning jez(latun) nomli qotishmasi (60% Cu va 40% Zndan iborat)malum bo’lgan. Rux toza holda XVIII asrdan boshlab ishlab chiqarilgan. Tabiatda rux faqat birikmalar holida uchraydi. 18
    Kadmiy 1817-yilda Shtromeyer tomonidan kashf etilgan. U ruxning tabiiy minerali-rux karbonatni tekshirish natijasida bu kashfiyotga erishgan. O’sha vaqtda boshqa olim German rux oksidni tekshirish natijasida rux elementini kashf etgan. 18
    Simob qadim zamonlardan beri ma’lum. Xitoyda miloddan 3000yil avval simobni bilishgan. Ovrupoda simob o’rta asrlarda alkimyogarlar qo’lida ефокшифдфк o’tkazish uchun asosiy modda sifatida ishlatilgan. Lekin tarixiy adabiyotda simob haqidagi ma’lumotlar oltin,kumush,mis,qo’rg’oshin va temir haqidagi ma’lumotlardan keyin paydo bo’lgan. Miloddan 300yil avval Teofrast kinovar (HgS.) dan simob olishga muvaffaq bo”lgan. Yatrokimyo davrida tabiblar tibbiyotga tarkibida simob bo’lgan dorilarni kiritganlar.Ilm-fanda,xarbiy ishda simobning vazifasi nixoyatda muhim bo’lgan. 19
    Tabiatda uchrashi va olinishi 19
    Ruxning atom massasi 65,39 (Z-30)ga teng. Uning tabiatda tarqalgan barqaror izotoplari: 64Zn(48,87%); 66Zn(27,81%); 70Zn(4,11%); 68Zn(15,68%) bo’lib, radiofaol izotoplari ichida eng muhimi 65Zn dir. Rux tabiatda birikmalar holida uchraydi, uning eng ko’p uchraydigan birikmasi rux sulfid ZnS (rux aldamasi) va rux karbonat ZnCO3 (galmey) lardir. Ruxning ko’p minerallari polimetall rudalar jumlasiga kiradi. 19
    Rux rudasi flotasion usulda boyitiladi, natijada rux konsentrati hosil bo’ladi. Rux asosan qaytarish va elektroliz usuli bilan olinadi. Qaytarish usulida ruda quydirilib, rux oksidlanadi, 10000S da koks bilan qaytariladi: 19
    2ZnS + 3O2 → 2ZnO + 2SO2 19
    ZnCO3 → ZnO + CO2 19
    ZnO + C → Zn + CO; 19
    ZnO + CO → Zn + CO2; 19
    Qaytarilgan rux bug’i sovitkichda suyuqlikka aylantirilib qoliplarga quyiladi, bunda qo’rg’oshin, mishyak kabi qo’shimchalar bo’ladi. YUqoridagi yo’l bilan olingan rux oksid sulfat kislotada eritiladi, natijada rux sulfat tuzi hosil bo’ladi, uni elektroliz qilib, rux ajratib olinadi. 19
    Fizik- kimyoviy xossalari 20
    Rux och kul rang geksagonal shaklda kristallanadigan metall, nam havoda oksidlanib, sirti oksid parda bilan qoplanadi, hosil bo’lgan parda ruxni yana oksidlanishdan saqlaydi. Rux kislotalar, kuchli ishqorlar, yuqori haroratda suv bilan reaksiyaga kirishadi. Qizdirilganda galogenlar, oltingugurt, fosfor va boshqa metallmaslar bilan reaksiyaga kirishadi. 20
    2Zn + O2 = 2ZnO; Zn +Cl2 = ZnCl2 20
    Zn + S = ZnS; 3Zn + 2P = Zn3P2 20
    3Zn + 2NH3 = Zn3N2 + 3H2 ; Zn + H2O = ZnO + H2 20
    Zn + H2S = ZnS + H2 20
    Rux amfoter xususiyatga ega: 20
    Zn +2HCl +4H2O = [Zn(H2O)4]Cl2 + H2 20
    Zn + 2NaOH + 2H2O = Na2[Zn(OH)4] + H2 20
    Zn + 4NH4OH = [Zn(NH3)4] + H2 + 2H2O 20
    Uning jez Si, 40% Zn), tompak (90% Si,10% Zn), neyzelber (65% Si, 20% va 15% Ni) qotishmalari keng qoʻllanadi 20
    Rux suyultirilgan nitrat kislotada erib, HNO3 ni NH3 ga, konsentrlangan kislotada esa azotni oksidlariga qadar qaytaradi: 20
    4Zn + 10HNO3 = 4Zn(NO3)2 + NH4NO3 + 3H2O 20
    suyul 20
    3Zn + 8HNO3 = 4Zn(NO3)2 + 4H2O + 2NO 20
    kons 20
    4Zn + KNO3 + 7KOH +6H2O= 4K2[Zn(OH)4] +NH3 21
    Rux oʻz birikmalarida 2 valentli. Rux oksid ZnO va rux gidroksid Zn(OH)2 amfoter xossaga ega. Rux gidroksid ishqorlar bilan reaksiyaga kirishganida sinkatlar, Mas, K2[Zn(OH)2], kislotalarda erib rux tuzlarini hosil qiladi. Rux pirometallurgiya va gidrometallurgiya usullari bilan olinadi. 21
    Rux gidrid ZnH2 rux yodidga litiy alanat Li[AlH4] ta’sir ettirish natijasida hosil bo’ladi. 21
    2ZnI2 + Li[AlH4] → 2ZnH2 + LiI + AlI3 21
    U o’z xossalari bilan alyuminiy gidridga o’xshaydi. 21
    Rux oksid ZnO ruxning havoda yonishidan hosil bo’lgan oq kukun holida bo’lib, qizdirilganda sarg’ayadi, suvda erimaydi, kislotalarda erib, tegishli tuzlarni hosil qiladi. ZnO ok moy bo’yog’i tayyorlashda, rezina sanoatida, tibbiyotda ishlatiladi. Rux oksid kobalt tuzlari bilan qattiq qizdirilsa, o’zgaruvchan tarkibli yashil modda hosil bo’ladi. ZnCO3, Zn(NO3)2, Zn(NO2)2 larning parchalashidan ham hosil bo’ladi. Sirlar tayyorlashda, oq boʻyoq, kauchuk, sellyuloza, plastmassa, rezina toʻldirgichlari, tibbiyotda malham va sepma dori sifatida ishlatiladi. Zaharli, uni hidlaganda isitma chiqaradi, bosh ogʻriydi, koʻngil ayniydi va yoʻtal tutadi Rux gidroksid Zn(OH)2 rux tuzlari eritmasiga ishqor ta’sir ettirilganda hosil bo’ladigan amfoter gidroksiddir, u kislotalar va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi, shuningdek ammiak bilan kompleks birikma hosil qiladi: 21
    Zn(OH)2 + 2H+ = Zn2+ + 2H2O 21
    Zn(OH)2 + NaOH = Na[Zn(OH)2] 21
    Zn(OH)2 + 2NaOH = Na2[Zn(OH)4] yoki 21
    Zn(OH)2 + 2Ba(OH)2 = Ba2[Zn(OH)6] 21
    Zn(OH)2 + 4NH3 = [Zn(NH3)4(OH)2] 21
    II.METODIK QISM 22
    II.TAJRIBA QISM 25
    II.1 Ruxning xlorid kislota bilan reaksiyaga kirishishi 25
    XULOSA 28
    FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI 29



    KIRISH


    Rux odamlarga juda qadimdan ma’lum metalldir. Eramizdan avvalgi 1500-yilga taalluqli asori atiqalar ichida ruxdan tayyorlanganlari ham topilgan. Ushbu metallni sof holatda 1746-yilda olmon kimyogari Sigizmund Marggraf ajratib olgan. Ruxni mis bilan qotishmasi latun deyiladi. Latun misdan ham ruxdan ham pishiqroq, zichroq va mustahkamroq bo‘ladi. Latunga yana 12% miqdorda nikel ham qo‘shilsa, hosil bo‘lgan nikelli latun qotishmasining pishiqligi yanada ortadi. Latun dastlab harbiy kiyim-bosh uchun tugmalar va bezak buyumlari tayyorlash uchun ishlatilgan. 80% mis va 20% rux qotishmasidan tayyorlangan latunni golland tillasi deyiladi. Chunki, ushbu qotishmada mis o‘zining qizg‘ish-qo‘ng‘ir rangini yo‘qotib, tillarang tusga kiradi. Harbiylarning pogonlarini bezab turuvchi yulduzchalar aynan shunday qotishmadan tayyorlanadi. Qotishmaga, ya’ni, latunga nikel qo‘shilishi undagi misning rangini deyarli yo‘qqa chiqarib yuboradi. Rux, mis va nikel qotishmasidan iborat latun deyarli kumushrang-oqish tusda bo‘ladi. Masalan, AQSHning 5 sentlik tanga pullari 75% mis va qolgani nikel bo‘lsa hamki, bu tangalar mis rangida emas, balki, oq rangda. Qotishmani rangini o‘zgarib ketishi sababli, nikelli latunni shuningdek neyzilber ham deyiladi. Bu so‘zning ma’nosi ingliz tilida «nikelli kumush», yoki, «nemis kumushi» degani bo‘lib, lekin bu nomlar odamlarni faqat adashtirib, chalg‘itadi xolos. Chunki, qotishma tarkibida mutlaqo kumush yo‘q. Faqat u kumush rangida xolos. Tarkibida 40% rux mavjud bo‘lgan latunni munts-metall deyiladi. Munts-metallning ajoyib xossasi shuki, u zanglamaydi. Shu sababli, bu metalldan kemalarning tag qismi qoplamalarini tayyorlashda va umuman, korroziyadan qat’iy himoyalash kerak bo‘ladigan metalokonstruksiyalarni yasashda foydalaniladi. Rux qo‘llaniladigan yana bir buyum bu – oddiy batareykalardir. Batareykalarda karton qoplamasi ichida rux silindr va uning ichkarisida turli xil boshqa maxsus kimyoviy moddalar bo‘ladi. Ushbu kimyoviy moddalar orasida joylashgan rux va ko‘mir bir-bir bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib, elektr toki ishlab chiqaradi. 

    I.ASOSIY QISM

    I.1.XII gurux elementlari va oddiy moddalarning umumiy tavsifi


    12-gurux elementlariga rux, kadmiy va simob kiradi. Bu elementlarning tashqi qavatida ikkitadan elektron bor, tashqaridan ikkinchi qavatida o‘ntadan elektron bor. Bu elementlarning d-orbitallari elektronlarga to‘lgan.Qaytaruvchanlik xossasi ruxdan simobga qarab kamayadi. Kimyoviy faollik jihatidan 11-gurux elementlari ishqoriy yer metallaridan birmuncha zaif. Asosiy gurux elementlaridan farq qilib atom massa ortishi bilan faollik ortishi o‘rniga teskarisiga, ya’ni kamayadi. Ayni qatorda atom radiusi ortib borsa ham faollik simobda kam. Rux va kadmiy metallari faollik qatorida vodoroddan oldinda joylasgan bo‘lsa, simob faollik qatorida vodoroddan keyin joylashgan. Odatdagi sharoitda rux va kadmiy metallari sirti juda yupqa oksid pardasi bilan qoplangan bo‘lib, bu parda keyingi oksidlanishdan saqlaydi.

    Download 148 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 148 Kb.