• Sun’iy intelekt texnologiyalari va ularni rivojlanish bosqichlari.
  • O‘zbekiston respublikasida jinoyatlar profilaktikasi va kriminogen vaziyatni tahlil qilishda sun’iy intellektni qo‘llash uslubi. Reja




    Download 30.31 Kb.
    bet1/6
    Sana22.04.2024
    Hajmi30.31 Kb.
    #204167
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Sun\'iy intrelekt
    ABBOSBEK 22, tarmoq4, algebraik kasrlarni ko\'paytirish va bo\'lish referat, 108137, inves51, Muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari u-fayllar.org, Tursunov Olimboy Panjiboy o’g’li , Fan Operatsion tizimlar 11-maruza. Jarayonlar va oqimlarni reja-fayllar.org

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA JINOYATLAR PROFILAKTIKASI VA KRIMINOGEN VAZIYATNI TAHLIL QILISHDA SUN’IY INTELLEKTNI QO‘LLASH USLUBI.
    Reja.

    1. Sun’iy intelekt texnologiyalari va ularni rivojlanish bosqichlari.

    2. Jinoyatlar profilaktikasi va kriminogen vaziyatni tahlil qilishda sun’iy intellektni qo‘llash va hozirgi xalqaro amaliy tajribalar.

    3. O‘zbekiston Respublikasida jinoyatlar profilaktikasi va kriminogen vaziyatni tahlil qilishda sun’iy intellektni qo‘llashning huquqiy asoslari va uslublari.

    Sun’iy intelekt texnologiyalari va ularni rivojlanish bosqichlari.
    Hozirgi murakkab texnika va texnologiyalar davri insoniyatning barcha sohalarda intelektual qobilyatlarini juda tez sur’atlarda rivojlantirib, yangidan yangi texnologiyalarni kashf qilish va ularni odamlar hayotining ajralmas qismiga aylanib borishini taqazo etmoqda. Shunday texnologiyalardan biri bu sun’iy intelekt (ing. AI) texnologiyasidir. Sun’iy intelekt nima ekanligini tushunishdan avval tabiiy intelekt o‘zi nima ekanligi va uni barcha tirik organizmlarda hayotiy tsikllar haqida tasavvurga ega bo‘lish kerak.
    Intellekt tushunchasi bu - (lotincha intellectus - sezish, idrok etish, tushunish, tushuncha, aql) yoki yangi vaziyatlarga moslashish qobiliyati, tajriba asosida o‘rganish va eslab qolish hamda tushunish qobiliyatidan iborat inson psixikasi sigati asosida mavhum tushunchalarni qo‘llash va atrof-muhitni boshqarishda o‘z bilimlaridan foydalanish hisoblanadi.
    Aql-idrok - bu insonning barcha kognitiv qobiliyatlarini birlashtiradigan umumiy bilish va qiyinchiliklarni hal qilish qobiliyati yani: sezish, idrok etish, xotira, tasvirlash, fikrlash, tasavvur qilishdir.
    Intelekt va aql idrok yer yuzidagi barcha jonzodlarga hos bo‘lgan, murakkab hayot sharoitida yashab qolish va nasl qoldirishga kuch beradigan aqliy tushuncha hisoblanadi. Inson intelekti boshqa jonzodlarga nisbatan ancha yuqori bo‘lganligi sababli rivojlanish evolutsiyasi shiddat bilan o‘sib keladi va shu sababdan intelekt insonga yerda hukumronlik qilish imkoniyatini taqdim etgan.
    Demak inson va boshqa jonzotlar intelekti bu tabiiy intelekt hisoblansa unda sun’iy intelekt nima va uni egasi va ijrochisi kim degan savol o‘rtaga chiqadi.
    Sun’iy intellekt (AI) - bu turli jarayonlarni tushunish, idork etish, vaziyatlarga moslashish hamda qaror qabul qilish uchun aqlli mashinalarni va aqlli kompyuter dasturlarini yaratish fan va texnologiyasidir. Sun’iy intelekt inson intellektini tushunish uchun kompyuterlardan foydalanishga o‘xshash vazifa bilan bog’liq, lekin biologik jihatdan ishonchli usullar bilan cheklanib qolmaydi. Sun’iy intelekt kompyuterning hisoblash quvattidan kelib chiqib qaror qabul qilishda insonning biologik imkoniyatidan yuqori natijalarga erishmoqda.
    Sun’iy intelektning rivojlanishi bosqichlari turli yillarga qarab turlicha texnologiyalarni o‘ziga qamrab oladi.
    Sun’iy intellektning boshlanishi uchun zarur shart-sharoitlarni klassik faylasuflar - Leybnits, Spinoza va Dekart ratsionalizm asoschilari qo‘ygan bo‘lib, ular fikrlashda geometriya aksiomalariga o‘xshash asosiy tamoyillar va ulardan bilimlarni sof mantiqiy deduktiv usul bilan chiqarish mumkin deb hisoblaganlar. Ushbu faylasuflar sun’iy intellekt bo‘yicha tadqiqotlar uchun asos bo‘ladigan jismoniy belgilar tizimi haqida gipotezani shakllantirishga katta hissa qo‘shgan.
    Sun’iy intellekt tizimlarining rivojlanish tarixi 50-yillarning o‘rtalaridan boshlanadi va kompyuter texnologiyalarining rivojlanish darajasi bilan bog’liq. 1950-yilda Angilyalik olim Alan Turing fikrlash mashinalarini yaratish bo‘yicha o‘z maqolasini nashr etadi. 1956-yilda esa Amerikalik olim Jon Makkarti sun’iy intellektga o‘zining ta’rifini taqdim etadi. 1956-1974-yilgacha olimlar sabablarni izlash yoki maqsadli algoritmlar dastlab oddiy qaror qabul qilish usullariga asoslangan “yurish” nomli tizm ishlab chiqilgan. Bunday yondashuvlar murakkab matematik ifodalarni yechish va so‘z qatorlarini qayta ishlash qobiliyatini ta’minladi. So‘zni qayta ishlash tabiiy tilni qayta ishlash deb nomlanadi.
    Ushbu yondashuvlar jumlalarni izohlash va shakllantirish uchun mantiq va qoidalarni shakllantirish qobiliyatiga olib keldi, shuningdek, asosiy kompyuter o‘yinlarida amalga oshirilgan o‘yin nazariyasining boshlanishini belgiladi.
    An’anaviy ravishda biz sun’iy intellekt rivojlanishining 7 bosqichini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin, ularning har biri sun’iy intellekt rivojlanishining ma’lum darajasi va ma’lum bir tizimda amalga oshirilgan paradigma bilan bog’liq.

    Download 30.31 Kb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 30.31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasida jinoyatlar profilaktikasi va kriminogen vaziyatni tahlil qilishda sun’iy intellektni qo‘llash uslubi. Reja

    Download 30.31 Kb.