• ZAMONAVIY TALIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI Nuritdinova Toshtilla Mo‘minovna
  • O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali




    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet1/8
    Sana27.05.2023
    Hajmi0.87 Mb.
    #65837
      1   2   3   4   5   6   7   8
    Bog'liq
    Nuritdinova Toshtilla Mo‘minovna



    O‘ZBEKISTONDA
     
    FANLARARO
     
    INNOVATSIYALAR

    VA 
    8-
    SON

    ILMIY
     
    TADQIQOTLAR
     
    JURNALI
    20.05.2022
    666 
    BOSHLANG'ICH SINFLARDA OT SO'Z TURKUMI MAVZUSINI O'QITISHDA 
    ZAMONAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING AHAMIYATI 
    Nuritdinova Toshtilla Mo‘minovna 
    Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani
     6 umumiy o‘rta ta‘lim maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi 
    So'z turkumlari ustida ishlash metodikasining lingvistik asosi so'zlarning leksik-
    grammatik, morfologik va sintaktik belgilariga ko'ra turli guruhlarga ajratilishi, ya'ni 
    so'z turkumlari haqidagi ilm hisoblanadi. 
    Boshlang'ich sinflar dasturi o'quvchilarni so'z turkumlari mustaqil va yordamchi 
    so'z turkumlariga bo'linishi bilan maxsus tanishtirishni ko'zda tutmaydi, ammo 
    o'qituvchi bolalarni so'z turkumlarining belgilari bilan amaliy tanishtiradi. 
    So'z turkumlarini o'rganishdagi asosiy vazifa o'quvchilarning og'zaki va yozma 
    nutqini o'stirish, lug'atini yangi ot, sifat, son, fe'l-lar bilan boyitish, o'quvchilar shu 
    vaqtgacha foydalanib kelayotgan so'zlarning ma'nosini aniq tushunishiga erishish
    bog'lanishli nutqda u yoki bu so'zdan o'rinli foydalanish malakasini o'stirish 
    hisoblanadi. Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish uchun so'z turkumlarini o'rganish 
    jarayonida sinonim, antonimlar (atamalar berilmaydi) ustida muntazam ish olib 
    boriladi, o'quvchilar ko'p ma'noli so'zlar, ularning o'z va ko'chma ma'noda ishlatilishi 
    bilan tanishtiriladi. Bunda ta'limni o'quvchilarning shaxsiy tajribalari, bevosita 
    ko'rganlari, radiodan eshitganlari, kitobdan bilib olganlari bilan bog'lash muhim 
    ahamiyatga ega. 
    O'quvchilarda kuzatish, muhim narsalarni sezish ko'nikmalarini shakllantirish, 
    atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish bilan bir vaqtda ularning nutqini o'stirish 
    vazifasi ham amalga oshiriladi. 
    ―Ot" mavzusini o'rganish tizimi maqsadga yo'naltirilgan jarayon bo'lib, 
    bunda shu so'z turkumining umumlashtirilgan ma'nosi va grammatik belgilari aniq 
    izchillikda, bir-biri bilan ilmiy asoslangan bog'liqlikda o'rganiladi, shuningdek
    otdan nutqda to'g'ri foydalanish va to'g'ri yozish malakasini shakllantirish 
    maqsadida bajariladigan mashqlar asta murakkablashtira boriladi. 
    Til hodisasi sifatida otning xususiyatlari, uni o'rganish vazifalari, o'quvchilarning 
    yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda, har bir sinf uchun material hajmi, ularni 
    o'rganish izchilligi belgilangan. 
    Boshlang'ich sinflarda otni o'rganish vazifalari quyidagilar: 
    i. 
    ,,Ot" haqidagi grammatik tushunchani shakllantirish; 
    ii. 
    kim? so'rog'iga javob bo'lgan (shaxs bildirgan) otlardan so'rog'iga javob 
    bo'lgan (narsa, hayvon, jonivor va boshqalarni gan) otlarni farqlash ko'nikmasini hosil 
    qilish; 
    iii. 
    kishilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, hayvonlarga qo'yilgan ornlar va 
    geografik nomlarni bosh harf bilan yozish ko'nikmasini shakllantirish; 



    Download 0.87 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7   8




    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekistonda fanlararo innovatsiyalar va 8- son ilmiy tadqiqotlar jurnali

    Download 0.87 Mb.
    Pdf ko'rish