O‘zbekistonda so‘nggi 15 yil ichida kengaytirilgan ko‘priklarning anchagina qismi ularning rekonstruksiyasini loyihalashdagi xatoliklari natijasida yuk ko‘taruvchanligi kamaygan. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi M




Download 15.32 Kb.
Sana20.04.2024
Hajmi15.32 Kb.
#202613
Bog'liq
O
2-маьруза асбестцемент буюмлар, Banklar va bank tizimi Reja, 5-amaliy PDV, O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi b (1), Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti pedagogika (1), MTA 2-amaliy ish topshiriqlari , 4 Iqtisodiyot nazariyasi Uslubiy ko\'rsatma kurs ishi bo`yicha 2022, 1679738860 (1), amaliy 1, Urinova Kamola, Anvarjonov Bunyod, 111, далолат қатнаш ўқувчи ва далолатнома 2020, tabiiy fan dars soatlarining taqsimi, 25-Ekologiya-huquqi-lot-Xolmominov-Toshkent-2014-

O‘zbekistonda so‘nggi 15 yil ichida kengaytirilgan ko‘priklarning anchagina qismi ularning rekonstruksiyasini loyihalashdagi xatoliklari natijasida yuk ko‘taruvchanligi kamaygan. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi M.T. O‘rozboyev nomidagi Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti laboratoriya mudiri Neʼmatulla Nishonov O‘zAga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Bugungi kunda ekspluatatsiya qilinayotgan asosiy ko‘priklar 1970–1980-yillarda qurilgan. Oxirgi 15 yil ichida kengaytirilgan ko‘priklarning anchagina qismi ularning rekonstruksiyasini loyihalashdagi xatoliklari natijasida yuk ko‘taruvchanligi kamaygan”, — deydi mutaxassis.
Uning so‘zlariga ko‘ra, respublikada hozirgi kunda 14 331 ta ko‘prik inshootlari mavjud. Shundan 7 628 ta ko‘prik umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida, 6 703 ta ko‘prik shahar, qishloq va ichki xo‘jalik yo‘llarda joylashgan.
O‘zbekistonning umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarida 7000 dan ortiq avtoyo‘l ko‘priklari (shu jumladan, temir-beton va tosh ko‘priklar — 93 foiz, metall ko‘priklar — 7 foiz) ekspluatatsiya qilinmoqda.
Prezidentning 2022-yil 28-yanvardagi “2022—2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi farmonida respublikadagi mavjud 1 512 ta taʼmirtalab ko‘priklar va boshqa sunʼiy inshootlarini bosqichma-bosqich qayta qurish va taʼmirlash vazifalari belgilab berilgan.
“Odatda ko‘prik qurishda asosan yig‘ma temir-beton elementlaridan foydalaniladi. Yaʼni ko‘prik konstruksiyalari zavodda tayyorlanib, obyektga olib kelib yig‘iladi. Hozirgi kunda O‘zbekistonga yangicha monolit ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlar qurish texnologiyasi kirib keldi.
Poytaxtimizning Qushbegi mavzesida qurilgan yangi yo‘l o‘tkazgich Toshkent shahridagi eng uzun ko‘prik hisoblanadi. Uning uzunligi 788 metr. Ushbu ko‘prik monolit texnologiya asosida qurilgan. Uning tayanchlariga alohida harakatlanuvchi, yaʼni siljuvchi tizimlar o‘rnatilgan. Ko‘prikning ustidagi monolit qismida zilzila sodir bo‘lganda alohida siljish imkoniyati mavjud. Monolit, yaʼni yaxlit qurilishi, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning zilzilaga bardoshliligini oshiradi”, — deydi Neʼmatulla Nishonov.
Uning ta’kidlashicha, Samarqand shahridagi yangi bog‘ oldida qurilgan ko‘prik ham hozirgi kunda eng zamonaviy texnologiyalar asosida, mustahkam qurilgan ko‘priklar qatoriga kiradi. Hozirgi kunda shahardagi tirbandliklarni kamaytirish uchun bunday texnologiya asosida ko‘plab yo‘l o‘tkazgichlar va ko‘priklar qurilmoqda.
Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi institutida ko‘priklarni zilzilaga bardoshliligini taʼminlash bo‘yicha ilmiy va amaliy ishlar bajarilmoqda. Bu sohada Toshkent davlat transport universiteti olimlari ham ko‘plab izlanish olib bormoqda.
Download 15.32 Kb.




Download 15.32 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekistonda so‘nggi 15 yil ichida kengaytirilgan ko‘priklarning anchagina qismi ularning rekonstruksiyasini loyihalashdagi xatoliklari natijasida yuk ko‘taruvchanligi kamaygan. Bu haqda O‘zbekiston Fanlar akademiyasi M

Download 15.32 Kb.