|
O’zbeksiton respublikasi oliy va o’rta maxsus tailim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo’qon filiali
|
bet | 1/6 | Sana | 13.01.2024 | Hajmi | 17,34 Kb. | | #136720 |
Bog'liq Ustaqil ish-fayllar.org 3WQ2nrsNQltiSezT9OBumjQ61bMNQ6fImUsp26GX, Guava -, 63-sonli buyruq imtihon 26.04.2023, Shavkatova Intizor, 3-sinf ingliz tili 24.School subjects 1, 128-134, 1-Ma\'ruza (14), Falsafa, lVDMn9bK3feoe3TqYbCUuOmgcGzJEpPWL9WTunCh, 2, 14.1 dec, 39295, Ochiq tizimlarda entropiyaning lokal kamayishi. Dissipativ struk-fayllar.org (1), Компьютер тармоқлари узб
Ustaqil ish
O’ZBEKSITON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TAILIM VAZIRLIGI ISLOM KARIMOV NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT TEXNIKA UNIVERSITETI QO’QON FILIALI
Elektronika va Elektrotexnika fakulteti
15-21 EAICHT GURUH
“Nazariy elektrotexnika”
FANIDAN
MUSTAQIL ISH
Topshirdi: Miraxmedov D
Qabul qildi: Polvonov.O
nosinusoidal tok chiziqli elekrt zanjirlari
Reja:
1. Umumiy ma'lumotlar
2. Nosinusoidal tok va kuchlanishlarni Fure trigonometrik qatoriga yoyish
3. Davriy egri chiziqlarning simmetriya xususiyatlari
4. Davriy funksiyalarni grafoanalitik usulda trigonometrik qatorlarga yoyish
5. Nosinusoidal tok va kuchlanishlarning maksimal, effektiv (ta'sir etuvchi) va o'rtacha qiymatlari
6. Nosinusoidal davriy funksiyalar shakllarini tavsiflovchi koeffitsiyentlar
Tayanch so’zlar: Chiziqli elektr zanjirlarida davriy nosinusoidal toklar, Fure qatori, Davriy egri chiziqlarning simmetriya xususiyatlari, grafoanalitik usul, Nosinusoidal davriy funksiyalar shakllarini tavsiflovchi koeffitsiyentlar
Umumiy ma'lumotlar
Biz shu vaqtgacha sinusoidal EYK, kuchlanish va tokli chiziqli elektr zanjirlarini o'rgangan edik. Ammo ba'zi hollarda tok va kuchlanishlar davriy o'zgarsa ham shakli sinusoidadan farq qiladi. Buning asosiy sabablaridan biri manba va iste'molchilar VAXsining nochiziqligidir (generatorlarning magnit sistemalari va transformatorlar o'zaklarining to'yinishi, nochiziq volt-amper tavsifga ega bo'lgan iste'molchilar, elektr yoyli qo'ralar, diodlar, to'g'rilagichlar, tranzistorlar, tiristorlar va h.k.).
Davriy signal (tok va kuchlanish)larning qiymatlari vaqt bo'yicha sinusoidadan farqli bo'lsa, bunday signallar nosinusoidal deb ataladi. Nosinusoidal signal shakli, davri T va eng katta qiymati bilan aniqlanadi. Demak, davriy nosinusoidal tok va kuchlanishlar deb, vaqt bo'yicha davriy ravishda nosinusoidal qonun bilan o'zgaruvchi tok va kuchlanishlarga aytiladi. Nosinusoidal tok asosan elektr zanjirlarining quyidagi uch xil ishlash rejimlarida yuzaga keladi: a) agar chiziqli zanjir nosinusoidal EYK yoki tok manbaidan ta'minlanayotgan bo'lsa; b) agar EYK yoki tok manbai sinusoidal bo'lib, zanjirdagi bir yoki bir nechta elementlarning VAX lari nochiziq bo'lsa; v) agar nochiziq elementlarga ega bo'lgan zanjir nosinusoidal EYK yoki tok manbaidan ta'minlanayotgan bo'lsa.
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
O’zbeksiton respublikasi oliy va o’rta maxsus tailim vazirligi islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti qo’qon filiali
|