O‘zgaruvchanlik shakli




Download 0,69 Mb.
Sana22.05.2024
Hajmi0,69 Mb.
#250044
Bog'liq
9-sinf. BIOLOGIYA. Umumta\'lim. СHSB-4 (variant) (1)






9-sinf. CHSB-4 (demovariant)

Sinf_____ Ism, familiya_______________________________________ Sana__________


1. "O‘zgaruvchanlik shakli" jadvalini ko‘rib chiqing va tegishli atamani tanlab bo‘sh katakchani to‘ldiring (bilish -2,5 ball).



O‘zgaruvchanlik shakli

O‘zgaruvchanlikka misol




Jigarrang ko‘zli ota-onadan ko‘k ko‘zli qizning tug‘ilishi

modifikatsion

Quyon mo‘ynasi rangining mavsumiy o‘zgarishi

A) kombinativ
B) mutatsion
C) ontogenetik
D) genotipik
2. Drozofila pashshalarida ko‘z rangi X xromosomaga birikib irsiylanadigan belgi
bo‘lib, ko‘zning qizil rangi oq rang ustidan dominantlik qiladi. Qizil ko‘zli erkak pashsha genotipini aniqlang. (bilish -2,5 ball).
A) XaXa
B) XAXa
C) XAY
D) XaY

3. Qaysi qatorda noallel genlarning o‘zaro ta’siri tavsifi va ularning turlari to‘g‘ri berilgan? (bilish -2,5 ball)





Noallel genlarning o‘zaro ta’siri tavsifi

Noallel genlarning o‘zaro ta’siri turlari

1

Allel bo‘lmagan bir nechta genning bitta belgining rivojlanishiga o‘xshash ta’sir ko‘rsatishi

Noallel genlarning polimer ta’siri

2

Allel bo‘lmagan genlarning organizmda yangi belgining rivojlanishiga olib keluvchi o‘zaro to‘ldiruvchi ta’siri

Noallel genlarning komplementar ta’siri

3

Noallel genlarnining biri ikkinchisi ustidan ustunlik qilishi

Noallel genlarning o‘zaro polimer ta’siri

4

Kumulyativ va nokumulyativ turlarga bo‘linadi.

Noallel genlarning epistaz ta’siri

A) 1,2
B) 2,3
C) 3,4
D) 2,4
4. Gemofiliya genini tashuvchi ayol (XHXh) sog‘lom erkak (XHY) bilan turmush qursa, jami farzandlar orasida sog‘lom o‘g‘il bolalarning tug‘ilish ehtimolini aniqlang (qo‘llash -4,5 ball).
A) 25%
B) 50%
C) 75%
D) 100%
5. Qora gomozigota (A) silliq yungli (b) va oq (a) geterozigota to‘lqinsimon yungli (B) urg‘ochi va erkak dengiz cho‘chqalari chatishtirilganda F1 avlodning genotiplari nisbatini aniqlang (qo‘llash -4,5 ball).
A) 100% АаBb
B) 50% АаBb : 50% Aabb
C) 25% AaBb : 50% Aabb : 25% Aabb
D) 50% AaBb : 50% аaВb
6. Tovuqlar patining rangli bo‘lishi С geniga bog‘liq. Bu genning retsessivi с esa rang hosil qilmaydi. Boshqa xromosomada joylashgan I gen С gen faoliyatiga to‘sqinlik qilib oq rangni yuzaga chiqaradi. i geni esa С geniga ta’sir ko‘rsatmaydi. Oq patli tovuq va xo‘rozlarning genotiplarini aniqlang (qo‘llash -4,5 ball).
1) CCII 2) CCIi 3) CcII 4) CCii 5) ccII 6) CcIi 7) Ccii
A) 3,4,5
B) 1,2,7
C) 1,4,6
D) 3,5,6
7. Odam irsiyatini o‘rganish usullari va ularning mohiyati o‘rtasidagi muvofiqlikni aniqlang.



Odam irsiyatini o‘rganish usullari

Odam irsiyatini o‘rganish usullarining mohiyati



1) biokimyoviy usul
2) sitogenetik usul
3) molekular genetik
4) geneologik usul



a) DNK tuzilishi va funksiyasi tadqiq qilinadi
b) odamlarning nasl-nasabini o‘rganiladi
c) xromosomalardagi o‘zgarishlar o‘rganiladi
d) dominant va retsessiv belgilarning nasldan-naslga o‘tish qonuniyatlari o‘rganiladi
e) qondagi qand miqdori aniqlanadi



A) 1-c; 2-e; 3-a; 4-d


B) 1-a; 2-c; 3-e; 4-b
C) 1-a; 2-e; 3-a; 4-b
D) 1-e; 2-c; 3-a; 4-d
8. Mutatsion o‘zgaruvchanlikka xos xususiyatlarni aniqlang (qo‘llash -4,5 ball).

1

Irsiylanish xususiyatiga ega

2

Guruhli xarakterga ega

3

Gen doirasidagi bitta yoki bir nechta nukleotidning almashinishi

4

Odamlarda ultrabinafsha nurlar ta’sirida melanin pigmenti sintezlanishi

5

Xromosomalar sonining ortishi

6

Organizm genotipi o‘zgarmagan holda fenotipining o‘zgarishi

7

Ortiqcha barmoqqa ega bolaning tug‘ilishi

A) 2,4,6
B) 3,5,7


C) 1,3,6
D) 1,2,5
9. Klaynfelter sindromi (a) va Daun sindromi (b) belgilarini aniqlang (qo‘llash -4,5 ball).
1) autosomalar sonining o‘zgarishi bilan bog‘liq
2) jinsiy xromosomalar sonining o‘zgarishi bilan bog‘liq
3) gen kasalligi
4) xromosoma kasalligi
5) bemor 44 ta autosomaga ega
6) bemor 47 ta xromosomaga ega
7) bemor 45 ta autosomaga ega
A) а – 1, 6; b – 3, 6
B) а – 2, 3; b – 4, 7
C) а – 4, 5; b – 1, 7
D) а – 2, 4; b – 3, 6



10. Sizga “Qovoq urug‘lari uzunligi modifikatsion o‘zgaruvchanligining egri chizig‘i” grafigi taqdim etilgan. Mazkur grafikni tahlil qilish asosida chiqarilgan to‘g‘ri xulosalarni aniqlang (tahlil va mulohaza – 5,5 ball).
1) belgining o‘rtacha ko‘rsatkichlari keng tarqalgan
2) urug‘larning maksimal o‘lchami 14-15 mm
3) 10, 11, 17 mm o‘lchamdagi urug‘larning takrorlanish chastotasi bir xil
4) urug‘larning o‘lchami ularning genotipiga bog‘liq
5) eng minimal va maksimal o‘lchamdagi urug‘larning namoyon bo‘lish chastotasi bir xil



A) 4,5
B) 2,5


C) 1,3
D) 1,2

Kalit:


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

bilish -2,5 ball

bilish -2,5 ball

bilish -2,5 ball

qo‘llash -4,5 ball

qo‘llash -4,5 ball

qo‘llash -4,5 ball

qo‘llash -4,5 ball

qo‘llash -4,5 ball

qo‘llash -4,5 ball

tahlil va mulohaza – 5,5 ball

A

C

A

A

B

D

D

B

C

C

Download 0,69 Mb.




Download 0,69 Mb.