• Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar
  • “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar. Reja




    Download 32.08 Kb.
    bet1/5
    Sana23.11.2022
    Hajmi32.08 Kb.
    #31501
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Komilova “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar.
    Zamanagoy basqariwdiń funkcional shólkemlestiriwshilik duzlisi, 8-sinf ingliz tili, 5-SINF ona tili, AKTlardan 2021 yil uchun testlar

    Mavzu: “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar.




    Reja :

    • “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar.

    • O'zbekiston ekologiyasining buzilishi

    • Paxta monokulturasi, Gallachilikning ahvoli

    Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar.


    O‘zbekistonda “O‘zbeklar ishi”, “paxta ishi” deb atalgan jinoiy ishlar to‘qib chiqarildi. Moskvadan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi O‘zbekistonning boshiga tushgan kulfat bo‘ldi. Guruh a’zolari hech kim bilan hisoblashib o‘tirmay odamlarni qamash bilan shug‘ullandilar. Oddiy dehqondan tortib O`zKP MQ kotiblari va hukumat a’zolarigacha bo‘lgan xodimlarni qamash uchun birovlardan zo‘rlab yozdirib olingan bir parcha qog‘ozning o‘zi kifoya edi. O‘zbekistonda qonunchilik buzildi, o‘zboshimchalik va qatag‘onchilikning yangi davri avj oldi. Ming-minglab iqtidorli, rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlar, mirishkor paxtakorlar, ter to‘kib mehnat qilgan halol kishilar qamoqqa olindi. Hibsga olingan respublika partiya va davlat organlarining rahbarlari esa Moskva qamoqxonalariga tashlandi. Tergov xodimlari 30-yillarda ishlatilgan yaramas usullardan foydalanib, hibsga olinganlarni qiynab, boshqalar ustidan to‘qilgan aybnomalarni ularning qo‘li bilan qaytadan yozdirib olardi va “aybnoma” tobora ko‘p begunoh odamlarni qamashga asos bo‘lib xizmat qilardi.


    Butun SSSRda bo‘lganidek, O‘zbekistonda ham kamchiliklar, qo‘shib yozishlar, poraxo‘rlik illatlari va boshqa jinoyatchiliklar bor edi, albatta. Lekin bu illatlarni O‘zbek xalqi emas, balki sovet hokimiyatining ijtimoiy-siyosiy tuzumi keltirib chiqargan edi.
    O‘zbekiston fuqarolari o‘z haq-huquqlarini himoya qilishni so‘rab tuman, viloyat va respublika partiya va sovet organlariga murojaat qildilar. Yuz minglab fuqarolar O`z KP MQga, mahalliy hokimiyat organlariga o‘z haq-huquqlarining, qonuniy manfaatlarining buzilganlagini shikoyat qilib koridorma-koridor, eshikma-eshik turtinib yurdilar. Norozilik ayniqsa xotin-qizlar orasida ko‘paydi. 1986-1987 yillarda respublikada 270 nafar ayol o‘zini-o‘zi yondirib yubordi. Bu holat ularning sha’ni qadr-qimmatining toptalishi, haq-huquqlarining buzilishiga nisbatan songgi norozilik ifodasi edi.
    Xalqning juda boy tarixi va madaniyatini, o‘lkaning o‘ziga xos noyob xususiyatlarini bilmagan va bilishni istamagan kelgindilar, ularga laganbardorlik qilgan ayrim mahalliy amaldorlar xalqning urf-odatlari, an’analarini oyoq osti qildi. Xalqimizning boy madaniyati va ma’naviy qadriyatlari kamsitildi. Ona tilimizning qo‘llanish doirasi sun’iy tarzda yanada cheklab qo‘yildi. Hatto milliy libos kiyib yurish ham qoralandi. Milliy an’analar bo‘yicha to‘y qilgan yoki vafot etgan qarindosh-urug‘larni milliy, diniy qadriyatlar asosida dafn qilganlar tanqid ostiga olindi, shafqatsiz jabzolandi. Bunday vaziyat xalqni ranjitdi, hafsalasini pir qildi, siyosiy loqaydlikni kuchaytirdi. Ko‘plab olimlar, yozuvchilar va boshqa ijodiy xodimlar mislsiz aziyat chekdilar. Ularning ko‘pchiligi mahalliychilikda, milliy cheklanganlikda, xurofot-bid’atga berilganlikda, sinfiy va partiyaviy tamoyillardan og‘ishlikda, o‘tmishni, xonlar va amirlar hayotini bo‘rttirib ko‘rsatishda ayblandilar. Respublika matbuoti xalq turmushiga doir masalalarni, noxush holatlarni, xalq dardi, orzu-armonlarini oshkoralik bilan yorita boshladi, xalqning o‘zligini anglashga ko‘maklashdi.
    Siyosiy va mafkuraviy zug‘umlarga qaramasdan ijtimoiy ong o‘zgara boshladi. O`tmish va hozirgi zamon muammolari to‘g‘risida munozaralar, turli qarashlar, nuqtai nazarlar bildiriladigan bo‘lib bordi. Jamoatchilik paxta yakkahokimligini tugatish, O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, ekologik holatni sog‘lomlashtirish kabi masalalarni ko‘tara boshladi. Norasmiy guruhlar va tashkilotlar paydo bo‘la boshladi. Bularning norasmiy deyilishiga sabab, hali mamlakatda tashkilotlarni ro‘yxatga olish va ularga qonuniy maqom berishga asos bo‘ladigan qonun, huquqiy hujjatlar yo‘q edi. Norasmiy harakat asta-sekin siyosiy tusga kira boshla di. 1989-yilda tashkil topgan “Birlik” xalq harakati respublikadagi dastlabki norasmiy harakat edi. Shuningdek, “O‘zbekiston erkin yoshlar ittifoqi”, xotin-qizlarning “To‘maris” nomli tashkiloti, rusiyzabon ziyolilarning “Intersoyuz” deb atalgan harakati tuzildi. Bu harakatlar dastlabki paytlarda xalqning ma’naviy qadriyatlarini tiklash, Orol fojeasining oldini olish, O‘zbek tiliga davlat tili maqomini berish, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usulidan voz kechish kabi dolzarb masalalarni ko‘tardilar, biroq, bu harakatlar g‘oyaviy, siyosiy, tashkiliy jihatdan yetarli darajada uyusha olmadi. “Birlik” xalq harakati rahbarlari mamlakat manfaatlari dan kelib chiqadigan dasturlar ishlab chiqish va aniq maqsadlarni amalga oshiriash yo‘lida siyosiy kurash olib borish o‘rniga namoyishlar va mitinglar uyushtirish, ko‘cha va maydonlarga to‘plangan olomonda ehtiroslarni avj oldirish bilan shug‘ullandi. Oqibatda “Birlik” bo‘linib ketdi.
    1990-yil boshlarida “Birlik” harakati faollarining Muhammad Solih boshliq bir guruhi siyosiy partiya tuzishga kirishdilar. 1990-yil 30-aprelda “Erk” demokratik partiyasining ta’sis qurultoyi bo‘lib o‘tdi. Qurultoy “Erk”partiyasi tuzilganligi haqida qaror qabul qildi, partiyaning dasturi va nizomi qabul qilindi. Biroq “Erk” partiyasi rahbarlari jamiyatni yangilash uchun bir tuzumdan ikkinchi tuzumga o‘tish zaruriyatini, qanday islohotlar o‘tkazish kerakligini va uning mazmun-mohiyatini, odamlar ongi va psixologiyasini o‘zgartirish lozimligini, buning uchun mashaqqatli o‘tish davrini bosib o‘tish lozimligini anglab, tushunib yetolmadilar.
    Iqtisodiyot tobora tanglik holatiga tushib bordi. 1985-yilda iqtisodiy rivojlanishning negizi sifatida qabul qilingan jadallashtirish konsepsiyasi asossiz ekanligi ma’lum bo‘lib qoldi. Respublikada sanoat korxonalarini, qurilish va transport sohalarini, ko‘pgina kolxoz va sovxozlarni xo‘jalik hisobiga yoki jamoa pudratiga o‘tkazish hech qanday samara bermadi. 1987-yilda iqtisodiy tuzilmalarni qayta qurish, xo‘jalikni boshqarish va xo‘jalik mexanizmini isloh qilish, ma’muriy rahbarlikdan iqtisodiy rahbarlikka o‘tish yuzasidan ko‘rilgan tadbirlar ham natija bermadi. Ma’muriy-buyruqbozlik usuli bilan ishlaydigan vazirliklar va idoralar iqtisodiy islohotlarni yo‘qqa chiqarish, iqtisodiyot taraqqiyotiga to‘g‘anoq bo‘lib qolaverdi. Respublikaning tog‘-kon, metallurgiya, mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoatiga qarashli korxonalar Ittifoq vazirliklari va idoralariga tobe bo‘lib qolaverdi. Ijtimoiy va iqtisodiy ko‘rsatkichlarni avvalgidek Markaz belgilab berardi, aholining ijtimoiy ahvoli nochor edi. Maktab va maorif ishlarini isloh qilish va o‘rta maxsus ta’limni qayta qurish borasidagi sa’y-harakatlar ham behuda ketdi. Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida ham mutaxassislar tayyorlash sifati pasayib ketgan edi. Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida muammolar toplanib bordi, ularni ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan hal qilishga urinishlar hech qanday natija bermadi. Xalq orasida pinhona o‘sib borayotgan ishonchsizlik, loqaydlik kayfiyatlari asta-sekin yuzaga chiqa boshladi. Ruxsat etilmagan mitinglar, namoyishlar o‘tkazish hollari, hatto noxush voqealar ham sodir bo‘la boshladi.
    XX asrning 90 yillarida O'zbekiston ekologiyasining buzilishini quyidagi tabiiy holatlar belgilaydi:

    Download 32.08 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 32.08 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    “Paxta ishi” “O‘zbek ishi” nomli kompaniyalar. Reja

    Download 32.08 Kb.