|
Payvandlash rejimini tanlash va xisoblash. Payvandalash rejimi
|
Sana | 19.05.2024 | Hajmi | 19,58 Kb. | | #243541 |
Bog'liq payvandlash rejimi
Payvandlash rejimini tanlash va xisoblash.
Payvandalash rejimi deb payvandlash protsessining kechish xarakterini aniqlovchi ko‘rsatkichlar majmuyi tushuniladi. Bu ko‘rsatkichlar payvandalash vaqtida buyumlarga beriladigan issiqlik miqdoriga ta’sir etadi. Payvandalash rejimining asosiy ko‘rstakichlariga: elektrod yoki payvandalash simining diametri, payvandalsh tokining kuchi, yoydagi kuchlanish va payvandlash tezligi kiradi. Ximoya gazlari ostida yarim avtomatik payvandlashda payvandlash simini uzatish tezligi, ximoya gazi sarfi payvandlash rejimining asosiy ko‘rsatkichlaridan xisoblanadi.
Payvandlash rejimining qo‘shimcha ko‘rstakichlari tok turi va qutbiyligi, elektrod qoplamasining tipi va markasi, elektrodning qiyalik burchagi, metallni oldindan qizdirish temperaturasiga kiradi. Ximoya gazlari ostida yarim avtomatik payvandlashda payvandlash simining uchlikdan chiqib tirish uzunligi, elektrod simining garelka uchi(soplo)dan chiqib turish uzunligi va elektrod uchidan payvandlanadigan detalgacha bo‘lgan uzunlik(yoy uzunligi) qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga kiradi.
Ximoya gazlari ostida yarim avtomatik payvandlash rejimini tanlashda ko‘pincha payvandlash sim diametri hamda payvandlash tokining kuchi aniqlanadi. Payvandlash tezligi, simni uzatish tezligi, gaz sarfi va yoy kuchlanishini payvand birikmaning xili, po‘lat markasi, elektrod markasi, chokning fazodagi holati va hokazolarga qarab payvandchining o‘zi tanlaydi.
Payvandlash simi diametri payvandlanadigan metall qalinligiga, payvand birikma xiliga, chok tipiga va boshqalarga qarab tanlanadi.
Ko‘p qatlamli uchma-uch va burchakli choklarda birinchi qatlam yoki o‘tish diametri 2-4 mm li elektrod bilan payvandlanadi, keyingi qatlam va o‘tishlar metallning diametriga hamda qirralarining qiyalik shakllariga qarab katta diametrli elektrod bilan payvandlanadi.
Ko‘p qatlamli choklarda birinchi qatlamni kichik diametrli elektrodlar bilan payvandlash tavsiya etiladi, bunda birikma o‘zagi yaxshiroq suyuqlanadi. Bu uchma-uch hamda burchakli choklarga taalluqli.
Vertikal holatda payvandlash, odatda ko‘pi bilan 4 mm yog‘onlikdagi, ayrim hollarda 5 mm li elektrodlar bilan bajariladi; diametri 6 mm li elektrodlarni yuqori malakali payvandchilargina ishlatishlari mumkin.
Oraliq choklar, odatda, ko‘pi bilan 2 mm yog‘onlikdagi elektrodlar bilan payvandlanadi.
Payvand tokining kuchi elektrod diametriga qarab tanlanadi..
Vertikal va gorizontal choklarni payvandlashda tok pastki holatda payvandlashga nisbatan taxminan 5-10% oraliq choklarni payvandlashda esa 10-15% kamaytiriladi (suyuq metall payvandlash vannasidan oqib ketmaslgi uchun).
Ximoya gazlari ostida yarim avtomatik payvandlash payvandlash tezligining ortishi bilan suyuqlanish chuqurligi hamda chok eni kichrayadi.
Karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash. Uglerodli va kam legirlangan po‘latlarning chetlarini tayyorlash va uchma-uch ulanadigan choklarini taxminiy payvandlash rejimlari jadvalda keltirilgan.
CHetlari payvandlashdan oldin iflosdan, moy, zang va temirchilik kuyindilaridan, shuningdek. kislorod yordamida kesgandan keyin qoladigan shlaklardan yaxshilab tozalanadi. Uglerodli po‘latlardan yasalgan detallarni karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash uchun o‘zaro tutashtirish yoki E42, yoki E42A turidagi elektrodlar bilan yoki karbonat angidrid gazi muhitida yarimavtomatik payvandlab amalga oshirilishi mumkin.Legirlangan po‘latlardan yasalgan detallarni o‘zaro tutashtirish tegishli elektrodlar bilan bajariladi.
Karbonat angidrid gazi muhitida payvandlash hamma fazoviy vaziyatlarda bajariladi.Payvandlashda teskari qutbli o‘zgarmas tokdan foydalaniladi.
YOyning yonish barqarorligini oshirish, metall kamroq sachrashi, chuqurroq erishi hamda ish unumi ortishi uchun elektroddagi tok nihoyatda zich bo‘lishi, ya’ni tanlab olingan tokda nisbatan ancha ingichka sim ishlatib payvandlash ma’qul.
Kuchlanishga qarab ma’lum zichlikdagi tokda ishlatiladigan yoy uzunligi aniqlab olinadi. Kuchlanishni jadvalda ko‘rsatilgan chegaralardan kattaroq yoki kichikroq olish yoyning haddan tashqari kaltalanishiga yoki uzayishiga olib keladi va payvandlash jarayonini buzadi (yoy uzilib qoladi. metall sachraydi, g‘ovaklashish hollari ro‘y beradi va h.k.). YUpqa (kamida 2 mm) metallni payvandlashda kuchlanish kattaligi muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Simni uzatish tezligi amalda mazkur tokda va kuchlanishda yoy barqaror yonadigan qilib tanlanadi. Karbonat angidrid gazi shartli payvandlash vannasining atrofdagi havo ta’siridan yaxshi muhofazalanishini ta’minlashi kerak.Mundshtukning payvandlash vannasi yuzasiga nisbatan eng ma’qul holati (qiyalash burchagi, masofa) ham shu shart-sharoitlarga qarab aniqlanadi.Mundshtuk bilan buyum orasidagi masofa.
tok 60-150 A. kuchlanish 22 V bo‘lganida, odatda, 7-14 mm, lok 200-500 A va kuchlanish 30-32 V bo‘lganida esa 15-25 mm bo‘ladi. Elektrodni vertikalga nisbatan qiyalatish burchagi 15-200ni tashkil etishi lozim.
Payvandlashdan oldin gaz uzatila boshlanadi va uning sarfla- nishi sarf o‘lchash asbobi bo‘yicha rosllanadi, shlanglar va tutgich havo qoldiklaridan puflab tozalanadi.
Payvandlash boshlanishida elektrod 25-30 mm chiqib turishi kerak.
Elektrod bir tekisda surilishi lozim. YUpqa metallni payvandlash jarayonida elektrod faqat chok uzra ilgarilanma suriladi. Ancha qalin metallni payvandlashda esa elektrodning uchi bilan ko‘ndalang harakatlar ham qilinadi. Payvandchi elektrodni chapdan o‘ngga (burchagi bilan orqaga), yoki o‘ngdan chapga (burchagi bilan oldinga) yohud elektrod chok tekisligiga nisbatan tikkasiga joylashtirilganda «o‘ziga tomon» surib borishi mumkin. Elektrodni 5—200 chamasi oldinga yoki orqaga qiyalatsa ham bo‘ladi.
Payvandlash vannasining diametri 30 mm dan katta bo‘lmasligi kerak.Keng choklarni ingichka valiklar hosil qilib, katta tezlikda payvandlash lozim. O‘ngdan chapga (burchagi bilan oldinga) payvandlaganda asosiy metallning erish chuqurligi kamayadi, valik esa kengroq chiqadi. Bu usuldan yupqa metall yoki payvandlash hamda sovish jarayonida darz ketishga moyil bo‘lgan legirlangan po‘latlarni payvandlashda foydalanilgan ma’qulroq.
Tavr birikmalaming burchak choklarini payvandlashda elektrod bilan tavrning vertikal devori orasidagi burchak 25-35° olinadi.
Metall qalinligi 2 mm dan kam bo‘lganida yoy gazlarining bosimi erigan metallning oqishiga yo‘l qo‘ymasligi uchun gorizontga nisbatan 60° dan ortiq burchak ostida joylashadi.
Karbonat angidrid gazlari muhitida payvandlash rejimi asosiy parametrlariga quyidagilar kiradi: payvandlash toki, yoydagi kuchlanish, payvandlash tezligi, payvandlash simini uzatish tezligi, karbonat angidrid gazini sarfi.
1. Payvandlash toki kuchini formula bo‘yicha aniqlanadi
Irau=Qo/Kox100, A
Ko qiymat jadval bo‘yicha aniqlaymiz
de, mm
|
1,2
|
1,4
|
1,6
|
2,0
|
3,0
|
4,0
|
5,0
|
Ko,mm/A
|
2,1
|
2,0
|
1,75
|
1,55
|
1,45
|
1,35
|
1,2
|
2. Elektrod simi diametri, mm
Bu erda j-tok zichligi chegarasi, A/mm2.
3. YOydagi kuchlanish:
Uyoy = 20 + + 1
4. Karbonat angidrid gazini sarfini
|
| |