RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR DAVRIDA TILLARNI INTENSIV OʻQITISHNING PSIXOLOGIK-
PEDAGOGIK JIHATLARI
RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY ANJUMANI
2023-yil 2-iyun
441
TA’LIMDA INNOVATSION PEDAGOGIK TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH
DAVR TALABI BO’LIB, U TA’LIM SIFATINI OSHIRISHGA XIZMAT QILADI
Xasanova Feruza Xurramovna
Shahrisabz davlat pedagogika instisuti Pedagogika va psixologiya mutaxasisligi 1-kurs
magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.7993801
Annotatsiya. Mazkur maqolada ta’limda innovatsion pedagogik texnologiyalardan
foydalanishning mohiyati va ta’lim sifatini oshirishdagi o’rni, hamda ahamiyati yoritib berilgan.
Shuningdek, mazkur maqolada ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalarni
qo’llash samarasi haqida fikr yuritilgan va oliy ta’lim muassasalarida ta’lim jarayoniga
yangicha yondashish borasida takliflar berilgan.
Kalit so’zlar: innovatsiya, pedagogik texnologiya, ta’lim sifati, IT mutaxassislari,
innovatsion yondashuv.
Mamlakatimizning ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish va uning iqtisodiy
xavfsizligini ta’minlashda ta’lim tizimining o’rni beqiyosdir. Dunyoda ta’lim tizimida ro’y
berayotgan ta’limning internatsionallashuvi, talabalarning
xalqaro mobilligi, ta’lim dasturining
tez o’zgaruvchanligi kabi global tendensiyalar qatoriga ta’lim sifatini ta’minlash masalasi
alohida ahamiyat kasb etib bormoqda. Zamonaviy ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar hamda bo’lajak
mutaxassislarning ma’naviy-ahloqiy, intellektual va kasbiy salohiyatiga nisbatan qo’yilayotgan
yuqori talablar ta’lim muassasalari oldiga xalqaro talablarga javob bera
oladigan sifatli kadrlar
tayyorlash vazifasini qo’ymoqda. Bu vazifalarni bajarish yo’lida esa ta’limda innovatsion
pedagogik texnologiyalardan foydalanish talab etiladi. Ammo ta’lim tizimida zamonaviy
tendensiyalarni, ayniqsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlardagi ta’lim
tizimida foydalanayotgan
innovatsion pedagogik texnologiyalarni isloh qilishning zamonaviy tajribalari nisbatan sekin
o’zlashtirilmoqda.
Pedagogik texnologiya - bu o’quv jarayonini zamonaviy tashkil etish tizimi bo’lib, u
ta’limning zaruriy sifatini ta’minlaydi va jadallashgan ilmiy-texnik taraqqiyot talablariga javob
beradigan, ta’lim shakllarini takomillashtirish vazifasini ko’zlagan o’qitish jarayonlarini texnika
va inson omillarida, ularning birgalikdagi harakatlari vositasida yaratish, tadbiq etishning izchil
metodidir. Ta’lim jarayonida innovatsion pedagogik texnologiyalardan
foydalanish davr talabi
bo’lib hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya-texnika resurslari, odamlar va ularning o’zaro ta’sirini hisobga
olgan holda ta’lim shakllarini optimallashtirish vazifasini qo’yuvchi o’qitish
va bilimlarni
o’zlashtirishning xamma jarayonlarini yaratish, qo’llash va aniqlashning tizimli metodi
(YuNESKO).
Ta’lim jarayonida yangi innovatsion texnika-texnologiyalardan
foydalangan holda dars
o’tish, so’nngi texnikalar bilan jihozlangan laboratoriya xonalaridan foydalangan holda
mashg’ulotlar o’tkazish, mutaxasislik bo’yicha, masalan kimyo sohasidagi so’nggi
innovatsiyalar haqida ma’lumotlar keltirib, jahon tajribasidan namunalar keltirib o’tish
talabalarni yangilik yaratish ruhida tarbiyalashga turtki bo’ladi.
Bizning fikrimizcha ta’lim jarayonida avval qiziqish uyg’otib, motivatsiya berib, so’ngra
raqobat muhiti yaratilsa talabalarda innovatsiya yaratishdagi yashirin qobiliyatlari uyg’otiladi va
albatta rag’batlantirish amalga oshirilsa ko’zlangan maqsadga erishiladi. Talabalarga ilm-fan va