• Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari.
  • Me’zonga asoslangan baholash
  • Laboratoriya mashg’ulot-1 Mavzu: Bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish. Mashg’ulot maqsadi




    Download 30.79 Kb.
    bet1/4
    Sana13.04.2024
    Hajmi30.79 Kb.
    #194736
      1   2   3   4
    Bog'liq
    IO\'M 5-kurs 1-laoratoriya. Baxolash.
    19-Amaliy mashg\'ulot, nazorat ishi 2, shchi dastur, 1-mavzu. “O’zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va-fayllar.org, 1711358666 (2), The economy of enterprise, 1669568329 (4), biznes, korxona iqtisodi3, 3-ma\'ruza. baholash, 2-ma\'ruza. Multimediali o\'qitish texnologoyasi, 4- amaliy mashg\'ulot. Sinfdan tashqari ishlar., 2- amaliy. yillik tematik rejalash

    Laboratoriya mashg’ulot-1


    Mavzu: Bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish.
    Mashg’ulot maqsadi: O‘quvchilar bilim, ko‘nikma va malakalarini nazorat
    qilish,unda turli xil usullardan foydalanish va bilim samardorligini oshirish
    usullarini o’rganish
    Bilimlarni nazorat qilish va baholash turlari. Umumiy o‘rta ta’limda ta’limni nazorat va baholashning asosiy maqsadi o‘quvchilarga davlat ta’lim standartlariga javob beradigan bilimlarni yetkazish sifatini tekshirish bo‘lsa, oliy ta’limda esa, kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishdir.
    Baholash-ta’lim jarayonining ma’lum bosqichida o‘quv maqsadlariga erishganlik darajasini oldindan belgilangan mezonlar asosida o‘lchash natijalarni aniqlash va tahlil qilishdan iborat jarayondir. Baholashning mezonga asoslangan va meyorga asoslangan baholash shakllari bo‘lib, axborot texnologiyalari darslarida mezonga asoslangan baholash shakli qo‘llaniladi.
    Me’zonga asoslangan baholash- baholanuvchining ta’lim jarayonida qo‘lga kiritgan natijalarini, bilim, malaka va ko‘nikmalarini oldindan belgilangan o‘quv maqsadlari asosida ishlab chiqilgan, hamma uchun umumiy va bir xil mezonlarga ko‘ra taqqoslash va o‘lchash shaklidir. Bunda natijalar to‘g‘ri va xolis baholanadi, shuningdek, kuchli guruhlardan kuchsiz guruhlarni yaxshiroq farqlash imkonini beradi.
    Baholash natijasida nafaqat ta’lim oluvchining, balki, ta’lim beruvchining kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, o‘quv jarayonidagi kamchiliklar aniqlanadi. Ta’lim vositalari, rejalar, ta’lim jarayonini tashkil etish sifatiga ham baho beriladi .
    Informatika va axborot texnologiyalaridan nimani baholash kerak?- deganda, nazariy bilimlarni baholash, amaliy ko‘nikma va malakalarni baholash nazarda tutiladi
    Nazariy bilimlarni baholash deganda, erishilgan natijalarni aniqlash, uni mo‘ljallangan natijani baholash mezonlari bilan taqqoslash, ta’lim jarayonida qo‘yilgan maqsad natija ko‘rsatkichlarini qanday darajada o‘zlashtirganini aniqlash tushuniladi.
    O’qituvchi savol bergan vaqtda ta’lim oluvchi hamma vaqt to‘g‘ri javob beradi deb kutmaslik kerak, chunki psixik omil (tanglik, erkin bo‘la olmaslik, qo‘rquv) tufayli haqiqiy natija yuzaga chiqmay qolishi mumkin. Nazariy bilimni baholash orqali butun ta’lim tizimi va uning barcha komponentlari tekshirib ko‘rilishi mumkin. Nazariy bilimlarni baholash ta’lim oluvchining o‘zligini anglashi uchun imkoniyatdir
    Amaliy ko‘nikma va malakalarni baholash amaliy mashg‘ulotlar darsida me’zonlar asosida olib boriladi. An’anaviy ta’lim jarayonida baholashning test, og‘izaki so‘rov, yozma ish kabi sakllardan foydalaniladi.

    Download 30.79 Kb.
      1   2   3   4




    Download 30.79 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Laboratoriya mashg’ulot-1 Mavzu: Bilimlarni nazorat qilish va baholashni loyihalashtirish. Mashg’ulot maqsadi

    Download 30.79 Kb.