PEDAGOGNING KASBIY KOMPETENTLIGINI RIVOJLANTIRISH YO‘LLARI
Bolibekov Alisher Abdusalomovich
Guliston davlat pedagogika instituti dotsenti, pedagogika fanlari nomzodi
Annotatsiya: Mazkur maqolada pedagogning kasbiy kompetentligini
rivojlantirish yo‘llari, metodlari muammolariga, xususan, pedagog-tarbiyachi
tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshi
rish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma,
malakalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilishga alohida e’tibor qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
ko‘mpetentlik, kasbiy faoliyat, ijtimoiy kompetentlik, maxsus
kompetentlik, kreativ, ekstremal, kommunikativlik.
“Kompetentlik (ingl. “Competence”- qobiliyat) faoliyatda nazariy bilimlardan
samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni
namoyon eta olish.
Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning
egallanishin
i emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va
harakatlarning ozlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya
mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni,
muhim ijtimoiy talablarni a
nglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta
ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. Kasbiy kompetentlik quyidagi
holatlarda yaqqol namoyon bo‘ladi:
- murakkab jarayonlarda;
- noaniq vazifalarni bajarishda;
- bir-birig
a zid ma’lumotlardan foydalanishda;
-
kutilmagan vaziyatda harakat rejasiga ega bo‘la olishda.
Biz har bir pedagogni ham kasbiy kompetentlikka to‘laqonli ega deb
aytolmaymiz. Kasbiy kompetentlikka ega bo‘lgan pedagog o‘z bilimlarini izchilllik
bilan boyitib boradi, kreativlikka intiladi, yangi axborotlarni tinimsiz ravishda
o‘zlashtirib boradi, takrorlanmas bilimlarni izlab topadi,davr bilan hamnafas yuradi,
bilimlarni qayta ishlaydi va ularni amaliyotda qo‘llashning samarali yo‘llarini o‘ylab
topadi.
Bilamizki, pedagogik kompetentlik pedagogik jarayon asosida namoyon
bo‘ladi. Qachonki pedagogik jarayon to‘g‘ri vujudga kelsagina ta'lim beruvchi o‘z
kompetentligini samarali qo‘llay oladi. Xo‘sh, o‘zi pedagogik jarayon nima? Shu
tushuncha haqida fikr yuritsak.
Pedagogik jarayon -
zarur bo‘lgan bilimlar, amaliy ko‘nikma va malakalar,
shaxs va guruhning axloqiy-siyosiy, psixologik va jismoniy sifatlarini shakllantirish
maqsadida insonlar tomonidan (ta'lim beruvchi va ta’lim oluvchi) tashkil etilgan va
yo‘naltirilgan faoliyat. Pedagogik jarayon boshqa ijtimoiy jarayonlar bilan bog'liq
bo‘ladi.
Shunday ekan, ta'lim oluvchini har bir ijtimoiy jarayondan xabardor qilish,
pedagogik jarayonni boshqa jarayonlar bilan uzviy tarzda bog'lash uchun kasbiy
kompetentlik bir
nechta sifatlarni o‘zida namoyon qilgan bo‘lishi kerak. Ana endi
kasbiy kompetentlik sifatlari haqida so‘z yuritamiz.
1. Ijtimoiy kompetentlik
-
ijtimoiy munosabatlarda faollik ko‘rsatish ko‘nikma,
malakalariga egalik, kasbiy faoliyatda subektlar bilan muloqotga kirisha olish.
2. Maxsus kompetentlik
- kasbiy-pedagogik faoliyatni tashkil etishga
tayyorlanish, kasbiy-pedagogik vazifalarni oqilona hal qilish, faoliyati natijalarini real
baholash, BKMni izchil rivojlantirib borish bo‘lib, ushbu kompetentlik negizida
psixologik, metodik, informatsion, kreativ, innovatsion va kommunikativ
kompetentlik ko‘zga tashlanadi [14]. Ular o‘zida quyidagi mazmunni ifodalaydi:
a) psixologik kompetentlik pedagogik
jarayonda sog‘lom psixologik muhitni
yarata olish, talabalar va talim jarayonining boshqa ishtirokchilari bilan ijobiy
muloqotni tashkil etish, turli salbiy psixologik ziddiyatlarni o‘z vaqtida anglay olish
va bartaraf eta olish;
|