• Muhim afzalligi
  • Qanday qilib yutuqli o‘yin ishtirokchisi bo‘lish mumkin
  • Onlayn NKM va virtual kassalar qayerga o‘rnatilgan
  • Qimmatbaho sovrinlar o‘ynida kimlar qatnashishi mumkin
  • DSQ Matbuot xizmati
  • Press-reliz yutuqli chek o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish haqida




    Download 0.57 Mb.
    Sana04.04.2021
    Hajmi0.57 Mb.



    PRESS-RELIZ

      

    Yutuqli chek o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish haqida



    Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida 2020 yil 7 iyul kuni “Yutuqli chek o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi.

    Bugun ko‘pgina dorixonalarda, avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari va ayrim savdo nuqtalarida isteʼmolchilarga odatdagi chek o‘rniga onlayn nazorat-kassa mashinalari (NKM) yoki virtual kassa cheklari berilmoqda.

    Bunday cheklarning har biri unikal maʼlumotlar – QR kod, shuningdek, fiskal belgi, sotib olingan tovar nomi, hajmi, narxi, QQS stavkasi va summasi aks etgan.



    Muhim afzalligi – aynan ushbu cheklar O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tashkil etiladigan yutuqli o‘yinlarda ishtirok etadi.

    Yutuqli chek o‘yinlarida unikal QR kodli chek olgan har bir isteʼmolchi qimmatbaho sovg‘a sohibi bo‘lishi mumkin. Sovrin jamg‘amasi 1 mlrd. so‘mni tashkil etadigan o‘yinlar hozircha faqat Toshkent shahrida o‘tkaziladi. Birinchi yutuqli o‘yinlar 2020 yil 22 iyulda o‘tkazilishi rejalashtirilgan. U poytaxtning eng yirik supermarketlaridan birida bo‘lib o‘tadi.

    Yutuqli o‘yinlar mamlakatimiz rahbarining 2019 yil 6 sentyabrdagi “Savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi hisob-kitoblar tizimiga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ushbu sohada jamoatchilik nazoratini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq o‘tkazilmoqda.

    Qanday qilib yutuqli o‘yin ishtirokchisi bo‘lish mumkin?

    Sovrinli o‘yinlarda ishtirok etish uchun olingan kassa chekini “SOLIQ” mobil ilovasi yoki 1077 qisqa raqamiga SMS yuborish orqali ro‘yxatdan o‘tkazilishi kerak.

    “SOLIQ” mobil ilovasi yordamida chekning QR kodi skaner qilinishi lozim, shundan so‘ng mazkur chek o‘yinda ishtirok etadi.

    Shuningdek, chekning 12 sondan iborat fiskal belgisini 1077 qisqa raqamiga SMS tarzida yuborish orqali ro‘yxatdan o‘tkazish imkoni ham mavjud.



    Muhim! Qimmatbaho sovrinlar o‘yinida chekning aslini butun holatda (chek nusxasi hisobga olinmaydi va mukofot berish uchun asos bo‘lmaydi) saqlab qolgan haqiqiy egasi(bevosita tovarni sotib olgan shaxs) ishtirok etadi.

     

    Onlayn NKM va virtual kassalar qayerga o‘rnatilgan?

    Eslatib o‘tamiz, 2020 yil 1 yanvardan boshlab onlayn nazorat-kassa mashinalari alkogol va tamaki mahsulotlari, dori-darmon, avtomobillarga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz yoqilg‘isi savdosi bilan shug‘ullanuvchi 26,7 mingdan ziyod tadbirkorlik subyektlari tomonidan faol foydalanilmoqda. Hozirda Toshkent shahrida onlayn NKM va virtual kassalar bilan jihozlangan savdo nuqtalarining soni 4 mingdan oshadi.

     

    O‘tgan yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti (tushumi) 5 mlrd. so‘mdan oshgan tadbirkorlik subyektlari ham joriy yil 1 avgustdan ular safiga qo‘shiladi. Yil yakunlari bo‘yicha yillik oboroti 100 mln. so‘mdan oshgan yoki yil davomida ushbu chegaraviy miqdorga yetgan subyektlar – 2021 yil 1 yanvardan. Boshqa barcha tadbirkorlik subyektlari 2022 yil 1 yanvardan onlayn NKM yoki virtual kassadan foydalanishga o‘tishi shart.



     

    Isteʼmolchilarga onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa o‘rnatilgan joylarni topish oson bo‘lishi uchun, “SOLIQ” mobil ilovasida xarita bo‘yicha qidiruv (geolokatsiya) funksiyasi yaratildi. Unda smart kassalar bilan jihozlangan barcha savdo nuqtalari aks ettirilgan.

    Shuningdek, har bir savdo nuqtasining kassasida Onlayn NKM mavjudligi to‘g‘risidagi maʼlumot ko‘rsatilgan quyidagi shakldagi maxsus dumaloq stiker yopishtiriladi.

     

    Qimmatbaho sovrinlar o‘ynida kimlar qatnashishi mumkin?

    Birinchi bosqichda faqat Toshkent shahri isteʼmolchilari ishtirok etishi mumkin. Bu kabi sovrinli o‘yinlar kelgusida boshqa hududlar miqyosida ham o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

    Agar g‘oliblar orasida 18 yoshga yetmagan va muomalaga layoqatsiz jismoniy shaxslar aniqlansa, yutuqlar ularning qonuniy vakillari tomonidan vakilligini tasdiqlovchi hujjatlarni ko‘rsatgan holda olinishi mumkin.

    G‘olib bo‘lish ehtimoli xarid miqdoriga bog‘liq emas. Cheklar soni g‘olib bo‘lish imkoniyatini oshiradi. Bitta chek (nusxasi emas) faqat bir marta ro‘yxatdan o‘tkazilishi mumkin.

     

    Muhim! G‘olib bo‘lganda uni olish uchun ro‘yxatdan o‘tkazilgan chek butunligicha saqlanishi shart.



    Agar chek berish rad etilgan bo‘lsa, isteʼmolchi soliq organlarining "ishonch telefoni" – (71) 244-98-98 ga murojaat qilish huquqiga ega. Soliq kodeksining 221-moddasiga muvofiq, chek berishni rad etish 5 million so‘mdan 20 million so‘mgacha jarima solishga sabab bo‘ladi.

    Cheklarni talab qiling, ro‘yxatdan o‘tkazing, saqlab qo‘ying va yutuqli o‘yin ishtirokchisiga aylaning!

     

    DSQ Matbuot xizmati

    Download 0.57 Mb.




    Download 0.57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Press-reliz yutuqli chek o‘yinlarini tashkil etish va o‘tkazish haqida

    Download 0.57 Mb.