www.pedagoglar.uz
44-son 6–to’plam may 2023
Sahifa: 135
INFORMATIKA FANINI O’QITISHNI TASHKILLASHDAGI DIDAKTIK
PRINTSIPLAR VA USULLAR.
Iminova Madina G'anisherovna
Andijon viloyati Jalaquduq tumani 17-sonli umumtaʼlim maktabi Informatika fani
ANNOTATSIYA:
Ushbu maqolada informatiaka fanini o’qitishda ta’lim
samaradorligini oshirish yo’llari haqida fikr yurutilgan. Hozirgi ta’lim
tizimida
bilimlarni egallashning yangi kontsepedagogik texnologiyasi va informatiaka fanini
o’qitishda ta’lim samaradorligini oshirishda o'quvchilarning
bilish faoliyatini tashkil
etishning yo'llari tahlil etilgan.
Kalit so’zlar:
individual, guruhli, frontal, o’qitish shakllari, EHM.
Informatika didaktikasi va o’qitish metodikasida o’qitishning tashkiliy
shakllari markaziy o’rinlaridan birini egallaydi. O’qitishning
tashkiliy shakllari
deganda o’qituvchi va o’quvchining o’zaro munosabatlarini tashkil etish yo’llari
tushuniladi. O’qitishning tashkiliy shakllari bir qator mezonlar bo’yicha tasniflanadi:
o’quvchilar soni, o’qish joyi va boshqalar. Birinchi mezon bo’yicha tasnifni ko’rib
chiqamiz. O’quvchi faoliyati ta’lim jarayoni qatnashchilari orasidagi o’zaro
munosabatlarning bir bo’lagidir. O’quvchilarning individual faoliyatini nazarda
tutuvchi shakllar ham mavjuddir.
Boshqa shakllar esa, masalan EHMda amaliy
mashg’ulot, guruhda ishlashni talab etadi. O’qitishning
tashkiliy shakllarining
ko’pchiligi frontaldir.
www.pedagoglar.uz
44-son 6–to’plam may 2023
Sahifa: 136
O’qitishning guruhli shakli.
«AQSHda ta’lim bo’yicha instrukturalar guruhli ish olib borishni tavsiya
etadilar. Zamonaviy tadqiqotlar, o’qitishning ushbu shakli o’quvchilar
orasidagi
dushmanlik munosabatlarining oldini olishning samarali taktikasi ekanligini
ko’rsatmoqda. Guruhda ishlash tajribasi tafakkur uslubini «biz va ular» «dan» «biz»
ko’rinishiga o’zgartiradi. Guruhda ishlaganda avvalo sinfning o’quv makoniga e’tibor
berish lozim. Kichik guruhlarda ishlash yuzma-yuz ishlashni taqozo etadi. Shu sababli
o’tirish joylarini an’anaviy, ya’ni o’quvchilar o’zidan oldingi o’quvchi boshining orqa
tomonini va o’qituvchining yuzini ko’radigan holatda joylashtirish maqsadga muvofiq
emas. O’tirish joylarining o’rnini o’zgartirish, guruhda
muamola qilish imkonini
beradigan kichik zonalar tashkil etish kerak bo’ladi. Bunda kichik guruhlar va har bir
guruhdagi o’quvchilar sonini hisobiga olish lozim (uch, to’rt, yetti va xokazo). Guruh
bilan ishlash usuliga bog’liq holda o’tirish joylarini joylashtirishning quyidagi
variantlari mavjud: