Printsiplar va usullar




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana16.05.2024
Hajmi0,69 Mb.
#236977
1   2   3   4
Bog'liq
135-139

www.pedagoglar.uz
 
44-son 6–to’plam may 2023
Sahifa: 137 
E’tibor berilishi lozim bo’lgan navbatdagi masala kichik guruhlarni shakllantirish 
jarayonini yaxshilab o’rganib chiqishdan iborat. O’quvchilar guruhlarda nafaqat o’quv 
masalasini yechishi, balki kommunikativ ko’nikmalarni ko’rsata olishi va 
mustahkamlashlari ham kerakligini yodda saqlash lozim. Shuning uchun avval 
boshdan bir-birining boshlagan ishini qo’llab quvvatlashga xoxishi borligi va tayyor 
ekanligida o’z aksini topadigan guruhning emotsional ilimi to’g’risida ham qayg’urish 
kerak bo’ladi. Kichik guruhlarga birlashishda o’quvchilarning o’z istaklariga qarash 
mumkin. Bunda yondashishning ijobiy tomoni o’quvchilarning o’zaro shaxsiy 
xayrixoxliklarini hisobga olinishidir. Lekin salbiy tomonlari ham bor. Natijada kuch 
bo’yicha bir-biriga teng bo’lmagan guruhlar tashkil qilinishi mumkin va hamkorlikda 
olib borilgan faoliyat natijalari ham keskin farq qilishi mumkin. Bundan tashqari, 
guruhda do’stona, lekin o’zibo’larlikka asoslangan muxit yuzaga kelib, o’zaro 
muloqotda bo’lishga qiziqish, o’quv masalasini yechish jarayonini siqib chiqarishi 
mumkin. Guruhlarni shakllantirganda yechiladigan masalaning mazmunini ham 
e’tiborga olish lozim. Masalan, o’qituvchi har bir guruhga masalaga qarama-qarshi 
nutai nazarda bo’lgan o’quvchilarni kiritishi mumkin. Natijada masalani yechish 
jarayonidagi muxokama jonli va qiziqarli chiqadi. YOki aksincha, a’zolari bir soxaga 
qiziqishlari bo’lgan tavsirlanuvchi gamogen guruhlarni tuzish ham mumkin. Quyida 
sinf o’quvchilarni tez va qiziqarli tarzda kichik guruhlarga bo’lish yo’llaridan bir 
nechtasini keltirib o’tamiz. Ushbu usullar sinfni har birida 6 tadan o’quvchi bo’lgan 6 
ta kichik guruhlarga bo’lishga imkon beradi. Guruhdagi o’quvchilar sinfini 5, 7 yoki 8 
taga o’zgartirib, sinfni 5, 7 yoki 8 ta guruhga ajratish ham mumkin: 
Ø qog’ozning kichik bo’laklariga A1, A2, A3, A4, A5, A6, B1, B2, B3, … va 
xokozo belgilarni yozing. Stollarni A, B, V, G, D, Ye deb belgilang. SHundan so’ng 
qog’ozlarni ishtirokchilarga (o’quvchilarga) tarqating va unda yozilgan harfli stol 
atrofiga o’tirishni tavsiya eting. 
Ø 6 ta rasm tayyorlang va har birini 6 ta bo’lakka bo’ling. Bo’lakchalarni 
aralashtirib stol ustiga qo’ying va ishtirokchidan (o’quvchidan) bittadan bo’lakchani 



Download 0,69 Mb.
1   2   3   4




Download 0,69 Mb.
Pdf ko'rish