• Reja: Elektr zanjirlar topologiyasi. Sxema grafi to’grisida tushunchalar Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari.
  • Qabul qildi




    Download 0.5 Mb.
    bet1/6
    Sana18.09.2022
    Hajmi0.5 Mb.
    #26049
      1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    Elekrtotexnika Gulshoda
    leksikologiya o\'qitish metodikasi, Morfemika, Leksikologiya videodars uchun, giperbola va parabola, kombinatorika 1-qism

    O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    NAVOIY KON-METALLURGIYA KOMBINATI
    NAVOIY DAVLAT KONCHILIK INSTITUTI
    ENERGO-MEXANIKA FAKULTETI


    MUSTAQIL ISHI


    BAJARDI: 7 S А - 19 TJA GURUH TALABASI
    Madjidova Gulshoda
    QABUL QILDI:
    Mavzu: Elektr zanjirlari topologiyasi. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari. Bitta manbali tarmoklangan va tarmoklanmagan elektr zanjirlari. Elektr zanjir sxemalarida elektrik kattaliklarning shartli musbat yunalishi.

    Reja:


    1. Elektr zanjirlar topologiyasi. Sxema grafi to’grisida
      tushunchalar


    2. Elektr zanjirlarining asosiy qonunlari.




    3. Elektr zanjir sxemalarida elektrik kattaliklarning shartli musbat yunalishi.



    1. Elektr zanjirlar topologiyasi. Sxema grafi to’grisida
      tushunchalar

      Elektr zanjirni sxemalar yordamida tasvirlashda bir qancha shartli


      belgilar ishlatilishi hammaga ma‘lumdir. Shu belgilar ichida tugunlarni
      yirik (qalin bolgan) nuqtalar bilan belgilash odatda kirgan. Umuman,
      shunday nuqtalar bilan ikkita (yoki bir nechta) elektr tarmoqlarining bir-
      biriga ulangan joyi belgilanadi. Shu tufayli sxemalardagi hamma nuqtalar ham mustaqil nuqtalar rolini oynayvermaydi. Masalan, 2.13-rasmdagi sxemada c, d, e va f nuqtalar mustaqil tugunlarga o’xshab tuzilgan, ammo c va f, shuningdek, d va e nuqtalari o‘rtasida hech qanday qarshilik ulanmagan, ya‘ni ular o’zaro to‘gridan-to’gri biriktirilgan va mustaqil tugun bo’la olmaydi – c bilan f yagona tugundir (d bilan e ham huddi shundaydir). Shu nuqtayi nazardan qaraganda, sxemalarning elementlarini aks etmagan holda, faqat tugun va tarmoqlarni belgilash yo’li bilan ifodalash usulini ko ̳rib chiqish maqsadga muvofiqdir.

    Bunday topologik usul elektr sxemalarni graflash usuliga qarash-
    lidir. Sxemaning mazkur ko’rinishi – uning grafi deb ataladi. 2.15-
    rasmda 2.14-rasmdagi murakkab zanjirning grafi keltirilgan.Topologik
    sxemada eng avval ko ̳zga tashlanadigan xususiyat – e.yu.k. va tok
    manbalari mutlaqo ko ̳rsatilmaydi. Undan tashqari, tok manbai joylash-
    gan tarmoqning o’tkazuvchanligi nolga teng bo’lganligi tufayli,
    tarmoqning o’zi ham grafik tasvirda keltirilmaydi.
    Oddiy sxemaga o’xshash bu yerda ham tugun va graf tarmoqlari deb
    ataladi. Faqat sxema grafida tugunlar aylana ichida olingan raqamlar
    bilan belgilanadi 2.15-rasmda 2.14-rasmdagi a, b, c, d va e tugunlar
    o’rniga tegishlicha 1, 2, 3, 4 va 5 keltirilgan. Ular oralaridagi tarmoqlar
    to’g’ri yoki egri chiziqlar bilan ko’rsatilgan, bular tufayli graf bog’lan-
    gan deb hisoblanadi. Agar sxema grafi tuzilayotganda tarmoqlardagi tok
    va e.yu.k. lar yo ̳nalishi ma‘lum bo’lsa, u holda graf yo'nalishli deb
    ataladi.
    O'z navbatida graf yordamida tasvirlangan sxemalarda tarmoqlar
    oddiy raqamlar bilan belgilanadi: 1, 2,....,8 (2.15-rasm). Har qanday
    grafning daraxti, ya‘ni hamma tugunlarni o'zaro bog'lovchi chiziqlar
    yig'indisi bo'ladi. Sxema grafining daraxti qalinroq chiziq bilan belgilanadi. Ko'rinib turibdiki, Graf daraxti boshqacha shaklda, masalan, 7, 1, 2 va 3 yoki 8, 2, 7 va 4 tarmoqlar yordamida ham tuzilishi mimkin edi. Daraxt tarkibiga kirmay qolgan tarmoqlar – graf aloqalari deb ataladi. Agar graf ―p‖ ta tarmoq va ―q‖ ta tugunga ega bo'lsa, uning daraxti (q-1) tarmoq hisobiga tuzilgan bo'ladi, aloqalar soni n=p-(q-1)
    ga teng bo'ladi.



    Download 0.5 Mb.
      1   2   3   4   5   6




    Download 0.5 Mb.